Gyugens prinsipi.
Gyuygens printsipi yordamida to’lqinlarning tarqalish hodisalarini kuzatish osonlashadi. Bu
printsipga asosan, to’lqin harakati yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi:
bu to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziq keyingi momentdagi to’lqinlar fronti
holatini beradi (4 - rasm).
Gyuygens printsipidan foydalanib, ikki muhit chegarasidan to’lqinlarni
qaytish va sinish qonunlarini keltirib chiqarish mumkin.
To’lqinlarning burchak ostida tushganidagi sinishi har xil muhitdagi,
ularning har xil tezliklarga ega bo’lishi bilan tushuntiriladi.
Gyuygens printsipi, to’lqinlarga xos bo’lgan, ularning to’g’ri chiziqli
tarqalishidan og’ishini tushuntirib bera oladi.
Agarda to’lqinlar chegaralanmagan fazoda tarqalsalar, ular o’zlarining to’g’ri
chiziqli yo’nalishini saqlab qoladilar. O’z yo’lida
to’siqlarga duch kelsa, uni o’rab o’tishga
intilishadi. Bu hodisa difraktsiya hodisasi deb
ataladi.
Masalan, ko’p teshikli yassi to’siqqa unga parallel bo’lgan to’lqin
fronti tushayotgan bo’lsin (5 - rasm).
Gyuygens printsipiga asosan, yassi to’lqinning har bir teshigiga to’g’ri
kelgan nuqtalar ikkilamchi to’lqinlar markaziga aylanadilar. Bu
ikkilamchi to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziqni chizsak, u ikkilamchi
to’lqin fronti geometrik soya sohasini ham egallay boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |