Tirsakli vallarga ishlov berishni avtomatlashtirish
Terakli vallar konstruktsiyalari murakkab bo'lganligi va bajariluvchi operatsiyalarning turli tumanligi va ko'pligi tufayli bunday vallarni tayyorlash operatsiyalarini aloxida avtomatik uchaska-liniya yaratish bilan avtomatlashtiriladi. Bunday liniyalar:
1.Tayanch va shatunli bo'yinlarini tokarlik ishlash
2.Parmalash – frezalash operatsiyalari
3.Bo'yinlarini jilvirlash
4.Dinamik balansirlash
Birinchi liniyaga vallar yon yuzalari frezalanib va markazlar ochilib, va tirsak yuzlaridagi bazaviy maydonchalari frezalanib keladi.
Ikkinchi liniyada ketma-ket tartibda: chanbarak teshiklari ishlanadi, shatunli bo'ynilaridagi teshiklar parmalanadi og’ishgan moylash teshiklarini parmalash (103 rasm.) shpon ariqchalarni frezalash, shatunli bo'yinlaridagi va val chekalaridagi teshiklarda rezba ochish. Liniya kuchli kollakli agregat dastgohlaridan toshkil topgan. Tayanch bo'yinlari liniyadan tashqarida ko'ptoshli dastgohlarda kesib kiruvchi jilvirlash usulida va aktiv nazorat ostida jilvirlanadi.
Uchinchi liniyada shatunli bo'yinlari jilvirlanadi. Liniya uchta avtomatdan tashkil topgan qaysining har birida bitta bo'yin jilvirlanadi.
To'rtinchi liniyada val dinamik balansirlanadi. Liniya balansirlash avtomatlardan, parmalash dastgoxlaridan va nazorat qiluvchi avtomatlardan tashkil topgan. Avtomatik balansirlashdan keyin valning teng muvozanatda emasligi to'g’rilanadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
Tirsakli vallar qanday dvigatellar uchun qo’llaniladi? va ahamiyati?
Tirsakli vallarning xizmat vazifasi va ularni tayyorlash uchun texnik talablarini izohlab bering?
Tirsakli vallarning materiali va tanavorlarini olish usullari?
Tirsakli vallarga ishlov berish amallari va bazalar tanlash qaysi tartibda bajariladi?
Tirsakli valning texnologik marshrutini izohlang?
Tirsakli vallarga ishlov berish texnologik jarayonini avtomatlashtirishda qanday liniyalar qatnashadi?
Qo’shim tushunchasini ta’riflab bering!
Qo’shimlarni aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
Qo’shimning tarkibiga qanday omillar kiradi? Izohlab bering.
“Hisoblash-analitik” (prof. V.M.Kovan) usulida hisoblashning
mohiyati nimadan iborat?
Qo’shimcha adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari ro’yxati
1. A.F.Gorbatsevich, V.A.SHkred Kursovoe proektirovanie po texnologii
mashinostroeniya, Minsk «Visshaya shkola», 1983, 256 b.
2. http://www.tehdoc.ru/
3.htt://techmash/stankin.ru/
Do'stlaringiz bilan baham: |