Ma’ruza №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja
Detalning qo’shimlarini va qo’yimlarini aniqlash
Download 0.55 Mb.
|
9. Маъруза - МТА.
Detalning qo’shimlarini va qo’yimlarini aniqlash
Tanavorni oraliq qo’shimlarini va oxirgi o’lchamlarini aniqlash Oraliq qo’shimlarni hisoblash asosida tanavorning hamma texnologik o’tuvlari yoki oraliq amallari bo’yicha tayyor detaldan boshlab, to dastlabki tanavorigacha, tanavorning chegaraviy o’lchamlari aniqlanadi. Dastlabki sozlangan dastgohda bir o’tuvli ishlov berishda, kesish kuchi ta’siridan texnologik tizim elementlarining elastik deformatsiyalanishi natijasida nusxalanish hodisasi sodir bo’ladi. 7.3-rasm. Sozlangan dastgohda ishlov berishda, oraliq minimal va maksimal qatlamlarni aniqlash sxemasi Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi, ya’ni tanavorni eng kichik chegaraviy o’lchami amin ga ishlov berganda (7.3-rasm), ushlanuvchi o’lcham ham shuningdek eng kichik bo’lib chiqadi, tanavorni eng katta o’lchami amax ga ishlov berganda ushlanuvchi o’lcham ham eng katta bo’lib tayyorlanadi. Bu sharoitda oraliq minimal qo’shimning oldinroq olingan qiymati quyidagi ayrima kabi aniqlanadi, . (7.7) Eng katta yoki maksimal qo’shim , (7.8) Sxemadagilarni hisobga olib, ya’ni va lardan quyidagilarni olamiz: yoki , (7.9) bu formulalarda: - tanavor o’lchamining qo’yimi; - bajariluvchi detal o’lchamining qo’yimi. 7.4-rasmda misol sifatida tanavorni oraliq va oxirgi o’lchamlari uchun oraliq qo’shimlar va qo’yimlar joylashish sxemasi ko’rsatilgan. Tashqi silindrik yuzaga qora, toza va yupqa yo’nish marshruti bo’yicha ishlov beriladi. Sxemani tuzishda, birinchi bo’lib konstruktor chizmasida berilgan tayyor detalning 3-nchi texnologik o’tuvdan (amaldan) hosil bo’luvchi d3min va d3max chegaraviy o’lchamlari, ya’ni yupqa ishlovdan hosil bo’lgan o’lchamlari belgilanadi. Tayyor detalning eng kichik o’lchamiga yupqa yo’nish amali uchun Z3.min-minimal qo’shimni belgilaymiz va toza ishlov berilgandan keyingi tanavorni minimal o’lchami d2min ni belgilaymiz. 7.4 -rasm. Sozlangan dastgohlarda ishlashda texnologik o’tuvlar bo’yicha val tanavori oraliq qatlamlari maydonlarining va chegaraviy o’lchamlarining sxemalari Tanavorni qora yo’nishdan keyingi eng kichik o’lchami d1min ni belgilash uchun d2min o’lchamga, toza yo’nish uchun hisoblangan Z2min-minimal qo’shimni qo’shimcha qilib belgilaymiz. Oxirgi tanavorning eng kichik chegaraviy o’lchami Dzmin ni chiqarish uchun, d1min o’lchamga qora yo’nish uchun hisoblangan minimal qo’shim Z1.min ni qo’shimcha qilgandan keyin hosil bo’ladi. Texnologik o’tuvlar bo’yicha tanavorni eng katta chegaraviy o’lchamlari d2max, d1max va oxirgi Dzmax lar tegishli minimal chegaraviy o’lchamlariga texnlogik qo’yimlar T2, T1 va Tz larni qo’shimcha qilishdan olinadi. Keltirilgan sxemadan, ishlov berish uchun umumiy minimal qo’shim Zumin ni aniqlash oson, qaysiki barcha texnologik o’tuvlar bo’yicha oraliq minimal qo’shimlarni qo’shishdan olinadi va umumiy maksimal qo’shim Zumax ham, shuningdek barcha oraliq maksimal qo’shimlarni qo’shishdan hosil bo’ladi. Sxemadan ko’rinib turibdiki, ya’ni oraliq maksimal qo’shim qaysi bir o’tuvni bajarish uchun bo’lmasin tanavorni oldingi o’tuv va bajariluvchi o’tuvdagi eng katta o’lchamlarining ayirmasiga teng. Qo’shimlar va qo’yimlar maydonlarini joylashishini ko’rib chiqilgan sxemalari shunday ishlov berish sharoitlariga tegishliki, qachonki ishlov berish sozlangan dastgohlarda bajarilib, oraliq qo’shimlar bitta o’tuvda olib tashlanuvchi holat uchun xarakterlidir. Boshqa sharoitlar uchun jihozcha xulosalar chiqarish mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling