Ma’ruza №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja


Qo’shimlarni va chegaraviy o’lchamlarni hisoblash misollari


Download 0.55 Mb.
bet5/11
Sana30.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1141062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9. Маъруза - МТА.

Qo’shimlarni va chegaraviy o’lchamlarni hisoblash misollari


7.1-misol. Diametri Ø50 – 0,05 mm li val bo’yniga aniqlik darajasi, sifati va texnik talablaridan kelib chiqqan holda to’rtta texnologik o’tishda ishlov berish (qora va toza yo’nish hamda shilib va toza jilvirlash) lozim bo’lsin.
Qo’shim elementlarini texnolog ma’lumotnomasidan topib 7.1-jadval-xaritani to’ldiramiz (yuqorida keltirilgan tartib bo’yicha).
Detalni nomi – val va korpusli detal teshigi, materiali po’lat 40. Qo’shimni hisoblash uchun elementar sirtlar: tashqi – diametri Ø50 – 0,05 mm li val bo’yni; ichki - diametri Ø50H9 (+0,062) mm korpusli detal teshigi bo’lsin. Val tashqi sirtini 7.1-jadval bo’yicha o’tuvlar (amallar) aro qo’shim va qo’yimlar joylashish sxemasi 7.5, a-rasmda va korpus (7.6-rasm) ichki teshiginiki 7.5, b-rasmda keltirildi.
7.2-misol. 7.6–rasimda ko’rsatilgan korpusni diametri Ø50H9 (+0,062) mm li teshigiga ishlov berish uchun o’tuvlararo ( amallararo) qo’shimlarni va chegaraviy o’lchamlarini hisoblang! Qolgan (2, 3, 4) ishlanuvchi sirtlarga qo’shim va qo’yimlarni DAST 1855-95 bo’yicha tayinlang.
Tanavori 1–nchi sinf aniqligidagi quyma, massasi 3,5 kg. Ø50H9 (+0,062) mm teshikka ishlov berish texnologik marshruti ikki amaldan iborat: qora va toza ichki yo’nish, detalni bir o’rnatishda bajariladi. Tanavor uchun baza xizmatini asosining yassi sirti va Ø10H7 mm.li ikkita teshik bajaradi. Ishlov berishdagi o’rnatish sxemasi 7.6–rasimda ko’rsatilgan. Ø50H9 (+0,062) mm.li detal teshigiga ishlov berish qo’shimlarning hisobi 7.1 jadvalda keltirilgan. Quyma detallarni sirtlarini sifatini tavsiflovchi Rz i-1 va T i-1 larning yig’indi qiymati 600 mkm (7.1 jadval). Birinchi texnologik o’tuvdan keyin Ti-1 ning qiymati quyma cho’yan uchun hisoblashda inobatga olinmaydi, shuning uchun qora va toza ichki yo’nish uchun 4.5 jadvaldan topamiz [2], ya’ni faqat Rz i-1 qiymati (tegishlicha 50 va 20 mkm), ularni hisoblash jadvaliga yozib qo’yamiz.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling