Ma’ruza №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja
Download 0.55 Mb.
|
9. Маъруза - МТА.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
MA’RUZA №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja Qo’shimlarni "Hisoblash-analitik" usuli Detalning qo’shimlarini va qo’yimlarini aniqlash Tanavorni oraliq qo’shimlarini va oxirgi o’lchamlarini aniqlash Texnologik o’tuvlar bo’yicha ishlov berish va chegaraviy o’lchamlar uchun oraliq qo’shimlarni hisoblash tartibi Qo’shimlarni va chegaraviy o’lchamlarni hisoblash misollari Tirsakli vallarning xizmat vazifasi va ularni tayyorlash Tirsakli vallarning materiali va tanavorini olish usullari Tirsakli vallarga ishlov berish marshruti va bazalar tanlash Tirsakli vallarga ishlov berishni avtomatlashtirish Tayanch iboralar Texnika, ishlab chiqarish jarayoni, texnologiya, texnologik jarayon, mashina, mashina tasnifi, buyum–mahsulot, asosiy, yordamchi va qo’shimcha buyumlar, qism, detal, tanavor, yig’ma birlik, agregat, resurs, puxtalik, umrboqiylik, amal, ishlab chiqarish, bog’lanish koeffitsienti, ommaviy, seriyali, yakka ishlab chiqarishlar, o’rnatish, texnologik o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, me’yorlash, donabay vaqt, asasiy vaqt, amaliy (operativ) vaqt, yordamchi vaqt, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, kalkulatsiya vaqti. Tanavorlarga mexanik ishlov berib, konstruktorni chizmada bergan detal o’lchamlarini olish uchun bu o’lchamlarga texnolog tamonidan ma’lum miqdorda mazkur detal aniqligini ta’minlash uchun yetarli qatlamlar qo’shilib, tanavorlarning dastlabki o’lchamlari aniqlanadi va natijada bu tanavorlar chizmalari ishlab chiqilib, homaki mahsulotlar tayyorlov sexlariga yoki jihoz zavodlarga buyurtmalar beriladi. Mashinasozlikda qo’shimlarni aniqlashning amaliy-statistika usuli keng qo’llaniladi. Bu usulda oraliq qo’shimlar, ilg’or zavodlarning ishlab chiqarish jarayonida tajriba-kuzatishlar asosida olingan qo’shimlarni umumiylashtirib joylashtirilgan ma’lumotnomalar yoki me’yoriy adabiyotlar jadvallaridan olinadi. Bu usulning kamchiligi texnologik jarayonlar ishlab chiqishning konkret sharoitini hisobga olmasdan detallarning u yoki bu yuzalariga qo’shimlar tayinlanadi. Ya’ni, umumiy qo’shimlar berilgan shu yuzani ishlash marshrutini hisobga olmasdan, oraliqlari esa tanavorni o’rnatuv sxemasini va oldingi ishlovning xatoligini hisobga olmasdan tayinlangan bo’ladi. Qo’shimlarning amaliy-statistik miqdori ko’p hollarda ortiqcha olingan bo’ladi, chunki ular ishlov berishning shunday sharoitiga yo’naltirilganki, ishga yaroqsiz detallar bo’lmasligi uchun qo’shim eng katta miqdorda bo’lishi kerak degan fikr yuritiladi. Qo’shimni tayyor miqdorini beruvchi, me’yoriy jadvallarini tuzish usuli, texnologni dogmatik ravishda qo’shim tayinlashiga majbur qiladi, uni, amallarni bajarish sharoitini tahlil qilishdan va qo’shimni kamaytirish yo’lini qidirib topishdan chalg’itadi. Shunga bog’liq holda qo’shimlarni minimal miqdorini topish masalasi paydo bo’ladi, bu esa, ishlov berishning qo’shimlarini ilmiy asoslangan aniqlash masalasi hisoblanadi. Amaliy-statistik usulni rivojlantirib borish asosida prof. V.M. Kovan qo’shimlarni "Hisoblash-analitik" usulini taklif etdi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling