Ma’ruza №9 Mavzu: Detallarning rezbali sirtlariga ishlov berish. Reja


Tirsakli vallarning materiali va tanavorini olish usullari


Download 0.55 Mb.
bet8/11
Sana30.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1141062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9. Маъруза - МТА.

Tirsakli vallarning materiali va tanavorini olish usullari
Tirsakli vallar kuchlanganliklariga bog’lik holda 45, 45А, 40х, 45Г2, 50Г va boshqa uglerodli po'latlardan tayyorlanadi. Dizelli ko'proq yuklangan dvigatellar tirsakli vallari uchun 18 ХИМА, 40ХИМА, 42 ХМФА, 18Х2ni va boshqa legirlangan po'latlar qo'llaniladi. Xromnikel volframli po'lat 18Х2 Н4 va boshqa legirlangan po'latlar qo'llanadi, xrom nikel folfram-li po'lat 18Х2 Н4 va ayniqsa yuqori mustahkamligi (qattiqligi NV 321...381) va urishga qovishqoqligi bilan ajralib turadi. Uglerodli po'latlarning sirtqi qatlamlarini qattiqligini va eyilishga chidamliligi yuqori chastotali tok bilan qizdirib termik ishlov berish orqali oshiriladi. 40 XMA, 18X2N4 va 8 yuqori legirlangan po'latlardan tayyorlanuvchi vallarning sirtqi qatlamlarining qattiqligi va charchash mustahkamligi azotlashtirish orqali ta'minlanadi.
Tirsakli vallarning materiali sifatida yuqori mustahkam sharsimon shakilli grafitli cho'yan qo'llaniladi. Bunday cho'yanlar tarkibida 0,2...0,25% Sr, 1,15...,1,4% Mp, 0,002...0,14% ko'p emas S, va shuningdek ahamiyatsiz sonda oltingugurt va boshqa legirlovchi elementlari bor. Bunday cho'yanlarning mexanik hususiyatlari yuqori kremniylik po'lat hususiyatiga yaqindir. Materiali yuqori eksplutatsion sifatga ega va keskich asboblarda yaxshi ishlanadi. Shuningdek ferrotseriyni magniy bilan modefitsirlashtirilgan qotishmali kulrang cho'yanlar ham qo'llaniladi.
Avtotraktor dvigatellarining tirsakli vallari tanavorlari sifatida avtomatik liniyalarda tayyorlangan-shtamplangan homakilar ishlatiladi. Masalan KAMAZ dvigatelning tirsakli vali uchun homakini issiq yumolatilgan qiyin ishlanuvchi, vannadiy bilan legirlangan 42ХМФА po'latdan olinadi. Avtomatik liniyada induktsion qizdiriladi, voltsovkalab homakiga dastlabki shakl berish, krivoship issiq shtamplovchi pressda shtamplash, chiqiq-qsimtalarini kesish va gidravlik pressda tirsaklarni burash, tayyorini to'g’rilash, termik ishlov berish pokovkani qattiqligini nazorat qilish, homakidan kuyindi (окалины) qirindilarni olib tashlashlar bajariladi. Zavodlarda qo'llaniluvchi homakilarni tayyorlash TJ yuqori aniqlikdagi parametrlarni ta'minlaydi. Ko'proq yirik tanavorlar, masalan teplovoz dvigatellari uchun. «O'tqazishli egish» usulida tayyorlanadi, qaysining asl mohiyati quyidagicha. Dastlabki homaki-slitka gazli pechda qizdiriladi va kuchli quvatga ega pressda cho'ziladi, qaysining natijasida doiroviy uzun homaki olinadi.
Bu tanavorni bolg’alashdan keyingi nuqsonini olib tashlash maqsadida mexanik sexida tashqi diametri bo'yicha yo'niladi. Bitta tirsagi uchun homaki qismini keyingi shakllantirish uchun sanoatda chastotali tok bilan qizdiriladi va press tagiga uzatiladi, qayerda avval shtampda O'tqazish, keyin esa egish bilan tirsakka shakl beriladi. har bir tirsak shunnday ketma-ketlikda olinadi. Bu, kamroq quvvatli jihoz qo'llab, sezilarli kichik qo'shimli, sifatli homaki olish imkonini beradi va tolalari qulay joylashadi. Yirik kemalar dvigatellarining tirsakli vallarining homakilari seriyalab ishlab chiqarishda universal asboblar bilan erkin bolg’alash usulida tayyorlanadi, bu holda material ishlatish koeffitsienti Кми= 0,20...0,25 ni tashkil etadi.
Quyma vallarning homakilari qumli yoki qobiqli qoliplarga quyish orqali olinadi. Qobiqli qoliplarga quyish IT12...IT14 kvalitet aniqlikni ta'minlaydi, ishlov berish qo'shimi 1,5...3 mm. atrofida bo'ladi. Bu aloxida sirtlarni qora qoldirib bo'yinlarini jilvirlashni boshlash imkonini beradi. Cho'yanni yuqori yeyilishga chidamliligi etiborga olinib vallarning bo'yinlariga ba'zi bir paytlarda termik ishlov berilmaydi.
Avtomobil va traktor dvigatellarining tirsakli vallari yirik seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda potokli yoki avtomatik liniyalarda tipoviy TJ bo'yicha tayyorlanadi. Tayanch bo'yinlari va boshqa yuzalarga ishlov berish uchun baza sifatida markaziy teshiklar qo'llaniladi, qaysinda, ba'zalar doimiyligi tamoilini saqlagan holda qora, toza va pardozlov ishlari bajariladi. Tegishli ravishda shatunli bo'yinlariga, tayanch bo'yinlariga ba'zalab ishlov beriladi, negaki bu holda ularning paralleligi va krivoship radiusining aniqligi ta'minlanadi. Burchaklar bazasi bo'lib, qarshi oraliqdagi yoki krivoshiplarning sirtlaridagi ishlov berilgan maydonchalar xizmat qiladi. Uzunligi bo'yicha baza sifatida o'rta tayanch bo'yinining yuzasi qo'llaniladi. Seriyalab ishlab chiqarishda maxsus javobgarligi yuqori dvigatellar tirsakli vallarini tayyorlashda TJ batafsil ishlab chiqiladi. Ular 40, 60 va undan ham ko'proq operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Alohida sirtlari 3-yoki 4-marotalab jilvirlanadi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling