Ma’ruza 9 Turli jinsli sistemalarni ajratish
Sentrifugalash qurilmalari
Download 102.98 Kb.
|
Маъруза 9 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho`ktiruvchi sentrifuga
Sentrifugalash qurilmalari
Sanoatda, emulsiya va suspenziyalarning tarkibiga qarab, ularni ajratish uchun turli xildagi tsentrifugalar ishlatiladi. Filtrlovchi sentrifuga. Bu sentrifuga barabandan yoki rotordan iborat. Barabanning ichki yuzasi katta teshikli to`r va uning ustki yuzasi mayda teshikli material bilan qoplangan (9.1- rasm). Truba orqali barabanga turli jinsli suspenziya beriladi. Baraban elektr dvigatel yordamida aylanma tsarakat tsiladi. Baraban ichidagn suspenziya aylanma harakat qilganda unga markazdan qochma kuch ta’sir qiladi. Bunda suyuq fazada gidrostatik bosim hosil bo`ladi. Bu bosim tsentrifugada filtrlashning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bu kuch ta’sirida suyuq faza filtr to`siqlar ustida hosil bo`lgan cho`kmadan o`tib tozalanadi. Filtrlovchi sentrifugada boruvchi jarayon uchta fizik jarayonlar yig`indisidan iborat: cho`kma hosil qilish bilan filtrlash, cho`kmaning zichlanishi, cho`kmadan suyuqlikni chiqarish. Filtrat (fugat) qurilmadan patrubka orqali chiqariladi. Ajratishdan so`ng cho`kma suv bilan yuviladi. Barcha jarayonlar tugagach sentrifuga to`xtatiladi, konus yuqoriga ko`tariladi va cho`kma tushiriladi. Cho`ktiruvchi sentrifuga. Cho`ktiruvchi sentrifuganing barabani yaxlit bo`ladi. Bunday sentrifuganing ishlash printsipi cho`ktirish qurilmalarining ishlashiga o`xshash. Turli jinsli sistema barabanga truba orqali beriladi. Barabanning aylanishida markazdan qochma kuch ta`sirida zichligi kattaroq bo`lgan komponent barabanning ish yuzasiga yig`iladi, zichligi kamroq bo`lgan komponent esa aylanish o`qiga yaqinroq joyda yig`iladi. Fugat truba orqali (9.2- rasm) tashqariga chiqariladi. Cho`kma qatlami amaliy jihatdan barabanni to`ldirgandan so`ng, qurilma to`xtatiladi, so`ngra cho`kma tushiriladi.
Download 102.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling