ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – soat


Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qodir al-Farg’oniy


Download 2.21 Mb.
bet16/19
Sana09.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1695714
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
portal.guldu.uz-Taqdimot 2 Arab alkimyosi

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qodir al-Farg’oniy

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qodir al-Farg’oniy

 

  • Bag’dod observatoriyasi xodimlaridan biri, Xorazmiyning zamondoshi edi. Farg’oniy geodeziyaga doir kitoblar, jumladan “Usturlob tog’risida mukammal ma’lumot” (“Al Komil fil usturlob”), “Usturlob san’ati to’g’risida” (“Fi sanoat ul-usturlob”), “Yetti iqlim” va astronomiyaga doir kattagina (“Javomi ilm al-nujum val harakat as-samoviya” de­gan) kitob yozgan. Farg’oniyning xizmatlaridan biri shuki, u 861-yili al-Mutavakkilning buyrug’i bilan Nil daryosidagi suv sathini o’lchovchi moslama o’rnatish uchun Qohira shahriga borgan va bu asbobdan hozirgacha foydalanib kelishlari bizni hayratga qoldiradi.

Boshqa kimyogarlar haqida

Boshqa kimyogarlar haqida

X asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan Abu Mansur Muvaffas al-Haraviy farmakopeyaga doir tojik tilida yozgan kitobi eng qadimiy asar sifatida bizgacha yetib kelgan. U 585 ta har xil dorilar to’g’risida ma’lumot keltiradiki, bu kimyo fani uchun katta ahamiyat kasb etadi.Ibn Sino va Beruniygacha yashab o’tgan yana ikki xorazmlik olimlar kimyoga doir ilmiy ishlar qilishgan. Ulardan biri Abu Abdullo Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiy X asrning ikkinchi yarmida yashagan va mashhur “Fanlar kaliti” (“Miftoxil al-Ulum”) asarining muallifidir. Bu asarda alkimyoga alohida bob ajratilgan bo’lib, unda o’sha davrda kimyoda qo’llaniladigan barcha birikmalar, asbob-uskunalar, jarayonlar haqida ma’lumot beradi. Ikkinchisi Abdulhakim Muhammad ibn Abdumalik al-Xorazmiydir. U 1034-yili o’rta Osiyodagi barcha kimyoviy kashfiyotlar tarixini yig’gan asarini yozib tugatadi.O’rta Osiyo va arab olimlari qadimgi misrliklar va yunonlar ishlatib kelgan shayinli tarozini ancha takomillashtirdilar va o’lchov aniqligini 5 mg chegarasigacha tushira oldilar. Sobit ibn Qora “Qarastun haqidagi kitob” risolasida qarastun-rimliklar tarozisi haqida ma’lumot bergan. Xorazmlik alloma Abdurahmon Xaziniyning 1121-yilda yozidgan “Donishmandlik tarozilari haqida” nomli risolasida har xil tarozilarning (hatto gidrostatik tarozilar ham tavsiflangan) konst­ruksion tuzilishi va o’lchash usullari batafsil yoritib berilgan. Asarda ikki elementdan tarkib topgan har xil metall qotishmalarining tarkibini aniqlash usullarini ko’rsatib o’tilgan, bunda olim qotishmani suyuqlantirish va ajratishdan tashqari ularning solishtirma og’irligini aniqlash orqali ham bu natijalarga erishish mumkinligini izohlaydi. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning tajribalaridagi natijalarini o’rganib chiqqan Xaziniyning har xil jismlar, birikmalar, ma’dan va metallarning solishtirma og’irliklarini aniqlashga doir keltirgan ma’lumotlari hozirgi aniqlangan kattaliklardan juda kam farq qiladi (2-jadvalga qarang). Yevropa olimlarining asarlarida bunday yuqori aniqlikdagi ma’lumotlar ko’rsatilgan jadvallar XVIII asrga kelib, faqatgina fransuz olimi A.Lavuazyening “Kimyo kursi” asaridan keyingina paydo bo’la boshladi.


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling