Ma’ruza: bino va inshootlarni yer ustida barpo etishdagi geodezik ishlar reja


-shakl. Kolonnalarni o‘rnatishni tekshirish


Download 1.63 Mb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1330235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 Ma\'ruza Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi

2-shakl. Kolonnalarni o‘rnatishni tekshirish.
Buning uchun kolonnalar o‘qiga parallel bo‘lgan A A1chiziq yasaladi. A A1 chiziqning A nuqtasiga teodolit o‘rnatiladi va A1 nuqtasiga vizirlanadi [6].

3-shakl. Kolonnalar holatining ijroiy sxemasi.
Keyingi har bir kolonnaga ishchi ko‘tarilib, kolonnaning yuqori o‘q o‘rniga reyka ushlaydi. Reykadagi sanoqlar a1, a2 – va kolonna o‘qidan A A1 chiziqqacha a masofalar farqlari kolonnaning tik holatdan og‘ishi bo‘ladi.
O‘lchash natijalari bo‘yicha kolonnalarning haqiqiy holatining ijroiy sxemasi tuziladi (3-shakl)
3. Fazoviy geodezik to‘rlar to‘g‘risida ma’lumotlar
Qurilish-montaj va montaj to‘rlari qurilayotgan ko‘p qavatli bino yoki inshoot qavatlari chegarasida barpo etiladi. Bunday o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yarusli (qavatli) geodezik tuzilmalar fazoviy geodezik to‘rni tashkil etadi. Boshlang‘ich yarusda, boshqacha aytganda nol yarusda, bir yoki bir nechta bazis shaklidan tashkil topgan, bazis tizimi barpo etiladi. Bazis shakllarining uchlarida, stvor bo‘ylab yarus shakllarining punktlari joylashgan tik yo‘nalish quriladi. Tik yo‘nalishni tuzish uchun yopma to‘sin konstruksiyasida maxsus geodezik tirqishlar hosil qilinadi (ø≈ 15sm).
Agarda bazis tizimi bir bazis shaklidan iborat bo‘lsa, fazoviy geodezik tarmoq bir seksiyali, bazis tizimi ikki va undan katta sondagi bazis shaklidan tashkil etilgan bo‘lsa ko‘p seksiyali hisoblanadi. Fazoviy geodezik tarmoqlar bir yarusli va ko‘p yarusli bo‘lishi mumkin.
Bir seksiyali va bir yarusli fazoviy geodezik tarmoq oddiy hisoblanadi. Qolgan holatlarda u murakkab hisoblanadi.
Tik va og‘ma kesmalar (uzunliklar va ularning yo‘nalishlari) fazoviy geodezik to‘rning bog‘lovchi elementlari deyiladi. Fazoviy geodezik tarmoq qurilish-montaj ishlarini bajarilish bosqichi bo‘ylab barpo etib boriladi. Bazis tizimi binoning poydevorida barpo etiladi, uning punktlari bino yoki inshootlarning ichki qismida, vertikal kommunikasiya o‘tkazilgan joylarda belgilanadi. Bunday punktlar inshoot tashqarisida ham joylashtirilishi mumkin, faqat uning yaqinida bo‘lishi kerak.
Birinchi qavat orayopmasida fazoviy geodezik tarmoqning 1- yarusi barpo etiladi. Shu tarzda tarmoqning ikkinchi va keyingi yaruslari tuziladi
Vertikal yo‘nalishlarni qurish usuliga bog‘liq ravishda uzluksiz va tutash fazoviy geodezik turlarga bo‘linadi. Birinchi holatda yarus punktlari bazis punktlariga nisbatan aniqlanadi. Ikkinchi holatda vertikal yo‘nalishni ketma-ket proyeksiyalash usuli qo‘llaniladi. Bunda har bir yarus punktlarining holati oldingi yarus punktlariga nisbatan aniqlanadi. Zamonaviy proyeksiyalash asboblari mavjud bo‘lmagan hollarda fazoviy geodezik to‘rlarni tutash usulida barpo etishda lotoapparat yoki teodolit- larning optik markazlashtirgichlaridan foydalaniladi. Qisqa masofalarda tashqi sharoit ta’siri xatoligi sezilarsizligi hisobiga tutash usul uzluksiz usulga nisbatan aniqroq bo‘lishi mumkin. Fazoviy geodezik to‘rlarning vertikal yo‘nalishlarini tutash proyeksiyalash usulida aniqlanadigan punktlari tutash, uzluksiz proyeksiyalash usulida aniqlanadigan punktlari esa uzluksiz punktlar deyiladi.
Nolinchi yarusda bazis tizimi punktlari tutash va uzluksiz punktlarning ortogonal proyeksiyasi hisoblanadi. Biroq har bir yarusda boshqa yopiq va yarim yopiq punktlar aniqlanishi mumkin. Yopiq punktlarda vertikal yo‘nalishlar hosil etilmaydi (qurilmaydi). Fazoviy geodezik to‘r konstruksiyasini tanlash inshoot turiga, qurilish-montaj ishlarini bajarish texnolo- giyasiga, ishlatiladigan geodezik asboblar va rejalash ishlarining talab etiladigan aniqligiga bog‘liq.
Misol tariqasida 4 - shaklda fazoviy geodezik to‘r konst- ruksiyasining ko‘rinishi keltirilgan. Bu murakkab, uch seksiyali, uch yarusli tarmoq, ochiq, yopiq va yarim yopiq punktlardan iborat.
Bino va inshootlarni barpo etish jarayonida ularning loyihaviy shakli va o‘lchamlarini saqlab qolish mukammal geodezik rejalash ishlarini bajarish orqali ta’minlanadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling