Ma’ruza: bino va inshootlarni yer ustida barpo etishdagi geodezik ishlar reja


Baland binolarni qurishdagi rejalash ishlari


Download 1.63 Mb.
bet5/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1330235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 Ma\'ruza Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi

5. Baland binolarni qurishdagi rejalash ishlari
Baland injenerlik inshootlari konstruksiyalarining elementlarini montaj qilish aniqligi, boshlang‘ich (nolinchi) gorizontdagi bazis tuzilishini tuzish aniqligiga bog‘liq. Boshlang‘ich gorizont bazis tizimidan foydalanib, inshootning barcha elementlarini montaj o‘qlari ko‘chiriladi va ularga nisbatan birinchi qavat konstruksiyalari elementlari loyihaviy holatda o‘rnatiladi. Tayanch belgilar odatda, inshootlarning bosh va asosiy o‘qlari kesisish nuqtalarida joylashgan bo‘ladi.
Birinchi qavat ko‘tarilgandan keyin ikkinchi qavat konstruksiyalari elementlarini o‘rnatish uchun ikkinchi qavat poliga bosh, asosiy va montaj o‘qlarini rejalash kerak bo‘ladi. Xuddi shunday bu vazifa ikkinchi qavatni tugatib, uchinchi qavatni boshlashda ham yuzaga keladi[6].
Barcha qavatlardagi konstruksiyalar elementlarini loyihaviy holatda o‘rnatish uchun, har bir montaj gorizontida yarus tuzilma- larini hosil qilish talab etiladi. Buning mohiyati shundan iboratki, boshlang‘ich gorizont bazis tizimining punktlari verti- kal bo‘ylab barcha keyingi montaj gorizontlariga berilgan aniqlikda ko‘chirilishi kerak bo‘ladi.
Yuqori yarus to‘rini barpo etishda bazis tizimining punktlari tayanch asos hisoblanadi. Yarus tayanch asos punktlaridan foydalanib, nisbatan sodda to‘ldirish to‘ri tuziladi. Uni tuzish aniqligi burchak va chiziq yoki faqat chiziqli o‘lchash yo‘li bilan tekshiriladi. Barcha hollarda yarus tuzilmasi punktlarining balandliklari geometrik nivelirlash usulida aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda binolarning montaj gorizontida yarus tuzil-malarini barpo etishning ikki xil usuli qo‘llaniladi. Bu usulni tanlash konstruksiya elementlarini montaj qilishni aniqligiga, montaj usuliga va qurilish maydoni o‘lchamlariga bog‘liq.
Yarus tuzilmasi inshootning asosiy o‘qini qiya proyeksiyalash usulida, aksariyat hollarda boshlang‘ich gorizont tayanch punktlari- ni vertikal proyeksiyalash usuli bilan tegishli yarusga ko‘chiriladi. Har qanday holatda ham qurilish ishlarini boshlashdan oldin inshootning asosiy yoki bosh o‘qlari maxsus belgilar bilin mahkamlanadi.
Yuqorgi yaruslarga o‘qlarni uzatish teodolit yordamida qiya proyeksiyalash usulida bajariladi (2-shakl).
Teodolit bino o‘qini mahkamlash nuqtasiga yoki unga yaqin joyga o‘rnatiladi va qarash trubasini poydevorda belgilangan nuqtaga qaratiladi. Keyin trubani vertikal tekislikda aylantirib montaj gorizontiga qaratiladi va vizir o‘qining holati betonda belgilanadi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling