Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Boshga kiyiladigan (taqiladigan) zeb-ziynat buyumlari


Download 108.44 Kb.
bet20/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

Boshga kiyiladigan (taqiladigan) zeb-ziynat buyumlari. Bunday buyumlarga toj, chanbar, takyado‘zi (takyatuzi), xilma-xil jig‘a, to‘g‘nag‘ichlar kiradi. Ayollarning zargarlik zeb-ziynatlari bilan bezatilgan va to‘y libosi sifatida kiyiladigan zeb-ziynat buyumlari orasida eng asosiysi hisoblanadi.

Toj, chambara, podshohlarning hokimiyati, hukmronligi ramzi bo‘lgan. Har bir podshoh, sulton, amir, bekning toji betakror va nihoyatda serbezak, qimmatbaho bo‘lgan. Bir qator yozma manbalarda miloddan oldingi IV – III asrlardagi Xorazm dubulg‘alari, milodning III asriga oid tojlar haqida qimmatli ma'lumotlar saqlanib qolgan.

Temuriylar davrida asosiy bosh kiyim-qalpoq, nodir zeb-ziynat buyumi hisoblangani to‘g‘risida mojor sayyohi H. Vamberining “Buxoro yohud Movarounahr tarixi” asarida shunday hikoya qilinadi: “Qizil movutdan dubulg‘aga o‘xshash uchli qalpoq kiyilgan. Qalpoq usti qizil yoqut, zabarjad, durlar bilan bezatilgan, atrofida tishli qosh bo‘lib, undan go‘yo oq patlar tikilib turgan. Bu patlarning ba'zilari to ko‘zlarigacha tushib, yurgan vaqtdagi harakati bilan yuzga o‘zgacha go‘zallik berar edi”.

Zeb-ziynatlangan bosh kiyimi takyaduzning Xorazm namunalari saqlanib qolgan. “takyaduzi” sirtiga tikilgan yoki qadab chiqilgan degan ma'noni anglatsa kerak. Takyaduzi usti ochiq yoki yopiq ko‘rinishda ishlangan bo‘lib, turli rangdagi toshlar va shishalar bilan ziynatlangan.

Boshga taqiladigan zeb-ziynatlardan jig‘a, har xil to‘g‘nag‘ichlar ayniqsa ko‘p ishlatilgan. Jig‘ani nafaqat ayollar, ayni vaqtda erkaklar ham taqishgan. Hatto, amir, sulton, beklarning otiga ham jig‘a tikilgan.

Buxoro jig‘asi qiyg‘oz ochilgan gul butog‘iga “aylanib qolgan” qush yoli shaklidagi uzun to‘g‘nagich ko‘rinishida bo‘lib, o‘rtasiga har xil toshlar va shishalar qadalgan, islimiy va “tole zanjiri” naqshlari bosilgan yupqa tillarang plastinkadan yasalgan. Ustida pat qadaydigan naychasi bor. Jig‘a singari ishlangan to‘g‘nag‘ichlardan yana sanchoq, sarsuzaklarni, shuningdek bobishoh yoki ot tuyog‘i, mohitillo degan ziynat buyumlarni ham eslatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Sanchoq bilan sarguzak to‘g‘nog‘ichlar ro‘molga, do‘ppi, qalpoqqa qadash uchun mo‘ljallangan. Xorazmda uning naycha ko‘rinishdagi parxona deb ataladigan turi saqlanib qolgan.

Bibishoh ikki shohli oyga o‘xshaydi. Ba'zilar uni ot tuyog‘iga o‘xshatishsa, boshqalar darveshlarning muqqaddas boltasiga, qurbonlik jonivorlarini so‘yadigan oyboltaga o‘xshatishadi. Bibishoh taqinchok juda ajoyib ishlangan. Yarim oy ko‘rinishdagi bibishohning ikkala uchidan bittadan qushbosh mavjud bo‘lib, qoq o‘rtasida romb yoki g‘uncha gul qo‘ndirilgan.


Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling