Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Download 114.23 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Zichlikni aniqlash.
Moddaning zichligi deb shu modda massasining (m) uning xajmiga (v) bo’lgan nisbatiga aytiladi. Moddaning zichligi ρ bilan belgilanadi va xalqaro birliklar (SI) sistemasiga asosan kg/m3 da ,SGS sistemasiga ko’ra gr/ sm3 da o’lchanadi. ρ = gr/ sm3 Zichlik doimiy birlikdir va ushbu moddaning xossasidir. Moddaning massasi tarozida tortish yo’li bilan aniqlanadi, xajmi esa xajm o’lchagich asboblar yordamida aniqlanadi. Ishni osonlashtirish uchun zichlikning ro (ρ) absolyut miqdori emas, balki dastlabki moddaning nisbiy zichligi degan tushuncha ishlatiladi. Sinaluvchi moddaning zichligini standart moddaning zichligiga nisbati nisbiy zichlik deb ataladi. Suyuq moddalar uchun standart modda sifatida suv olinadi. Moddaning nisbiy zichligi cheksiz miqdordir. Sinaluvchi suyuqlikning nisbiy zichliginitopish uchun bir xajmdagi ayni suyuqlik va suvning massasini aniqlab bir yuiriga bo’lish kerak: d= = = bu erda: d – sinaluvchi suyuqlikning suv zichligiga bo’lgan nisbiy zichligi; ρ1 – sinaluvchi suyuqlikning zichligi, gr/sm3 ρ2 – suvning zichligi, gr/sm3 m1 – sinaluvchi moddaning massasi, m2 – suvning massasi v - sinaluvchi moddaning va suvning xajmi, sm3 sinaluvchi moddaning va suvning xaroratiga ko’ra ularning nisbiy zichligi o’zgarib turadi, shu sababli ularning nisbiy zichligining belgisiga (d) indekslar qo’yish kerak: d= = = t1 – sinaluvchi suyuqlikni xarorati t 2 – suvning xarorati Berilgan eritmaning xaroratidan mustasno ravishda suvning xarorati o’zgarsa, eritmaning xajmi xam o’zgaradi. Zichlik miqdorini keltirganda, o’lchov xaroratini ko’rsatish kerak. Sharob (suslo) zichligini aniqlash uchun 4 xil usuldan foydalaniladi: Piknometrik usul Areometrik usul Gidrostatik tarozi yordamida Gidrostatik bosim yordamida Download 114.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling