Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Download 114.23 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6–MA’RUZA KORXONA LABORATORIYALARIDA ISHLATILADIGAN IDISH VA ASBOBLAR
Tayanch so’z va iboralar: titr, potensial, konsentratsiya, yodometriya, ekvivelent, permanganometriya, bixromatometriya, katalizator, elektron, oksidlanish-qaytarilish, fil’tr, tigel, analitik, voronka, sentrifuga, indikator, fiksanal, ishqoriy muhit, ishchi eritma, fenoftalein.
Nazorat savollari: 1. Analitik reaksiyalar turlarini tavsiflang. 2. Analitik titrlashda eritma qanday tayyorlanadi? 3. Indikator nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 4. Permanganotometriya, bixromatometriya, yodometriya usulla-rining mohiyati nimada? 6–MA’RUZA KORXONA LABORATORIYALARIDA ISHLATILADIGAN IDISH VA ASBOBLAR «Bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasining nazarаt qilish» yo‘nalishdagi korxonalar texnologiyasining nazariyasi, jarayonlari, kelib chiqish tarixi va zamonaviy texnologiyalarni takomillashtiruvchi omillarni o‘rganib o‘zlashtirishga yordam beradi. Texnologiya - xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotgacha etkazadigan qayta ishlash jarayonlari va uslublaridir. Bundan ishlov berish va qayta ishlash jarayonlari natijasida qayta ishlanayotgan xom-ashyo sifat o‘zgarishi bilan tavsiflansa ushbu jarayonlar - texnologik jarayonlar deb ataladi. Texnologik jarayonlar nazariyasini o‘rgatuvchi fan - bu «qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasining nazariy asoslari» fanidir. SHu bilan birga u fizik-kimyoviy, fizik va kolloid kimyoviy, biokimyoviy, mikrobiologik jarayonlarni, ixtisoslik bo‘yicha nazariy fanlar qonunlari va uslublarini o‘rgatadi. Laboratoriya mashg‘ulotlariga ajratilgan reyting bali o‘quv rejasida belgilangan umumiy soatning 40 % ini tashkil etadi. Laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha talabaning reyting bali uning nazariyotdan topshirgan kollokviumi, laboratoriya ishini bajargani va tayyorlagan hisoboti bo‘yicha belgilanadi. Laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha reyting bali kuyidagicha taksimlanadi: kollokvium topshirish – 30%, ishni bajarish – 30%, xisobot topshirish – 40%. Laboratoriya ishlarida kollokvium topshirish, ishni bajarish va hisobot topshirishni baholashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi. Laboratoriya ishini mavzusining nazariy asoslari bo‘yicha har tomonlama chuqur va mukammal bilimga ega. Laboratoriya ishlarini ijodiy va ilmiy yondoshgan xolda nazariy bilimlar asosida tushintira oladi. Olgan natijalarni mustaqil tahlil qila oladi. Hisobot to‘liq rasmiylashtirilgan. Olingan natijalar tahlili to‘g‘ri va aniq. Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bo‘yicha bilimga ega. Laboratoriya ishlarini tushunadi. Hisoblash tajribalarini o‘qituvchi yordamida o‘tkazib, olgan natijalarni tushintira oladi. Hisobot yaxshi rasmiylashtirilgan. Olingan natijalar tahlili to‘g‘ri. Qoniqarli, Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bo‘yicha bilimi to‘liq emas. Laboratoriya ishlarini tushunadi. Tajribalarni o‘qituvchi yordamida o‘tkaza oladi. Hisobot rasmiylashtirishda va olingan natijalar tahlil qilishda kamchiliklar mavjud. Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bo‘yicha bilimi juda kam. Tajribalarni o‘tkaza olmaydi. Hisobotda keltirilgan maъlumotlarni tushintirib bera olmaydi. Qand va bijg‘ish mahsulotlariga quyidagilar kiradi. 1.Qandlar: saxaroza, glyukoza, fruktoza, glyukoza - fruktoza qiyomi. 2.Bijg‘ish mahsulotlarga: 1) sharob mahsulotlari (nordon, quvvatlangan, desert va shampan sharoblari) 2) pivo mahsulotlari. 3) konyak, viski, rom mahsulotlari. 4) likyor arok mahsulotlari. 5) organik kislotalar (limon, sirka, sut kislotalari) va boshqalar. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosan uzum, qand lavlagi, shakar kamish, donli mahsulotlar (bug‘doy, arpa, suli, makkajuxori, tariq), kartoshka, melassa va uglevodli boshqa xom ashyolar qullaniladi. Bijg‘ish deganda organik moddalarni mikroorganizm fermentlari yordamida modda almashinuv jarayoniga aytiladi. Bijg‘ishni 2 ta turi mavjud: aerob va anaerob bijg‘ish. Anaerob bijg‘ish deganda organik birikmalarni (qandlarni) oddiy moddalarga kislorodsiz muxitda parchalanish jarayoniga aytiladi. Anaerob bijg‘ishga spirtli, atseton-butil va sut kislotali bijg‘ish kiradi. Aerob bijg‘ish bu qandli moddalarni shunday parchalanish turiki, bunda jarayon kislorod ishtirokida yuz beradi. Aerobli bijg‘ishga sirka kislotali va limon kislotali bijg‘ish kiradi. Bijg‘ish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari asosan 3 guruxga bo‘linadi. 1. Achitqilarni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (etil spirt, glitserin, xamirturush, achitqi emi, vino, pivo va kvas) 2. Bakteriyalarni qullashga asoslangan ishlab chiqarish (organik erituvchilar – atseton va butil spirti, uksus, sut kislotasi, moy kislotasi, propion kislota). 3. Mog‘or zambrug‘larni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (limon, glyukon va fumar kislotalar). SHarob mahsulotlari ishlab chiqarishni tarixi. Arxeologik maъlumotlarga ko‘ra uzumni vatani bo‘lib, Kavkazni janubiy rayonlari va O‘rta Osiyo, shu bilan birga SHarq mamlakatlari (Eron, Afg‘oniston, Xitoyni sharqiy qismi) xisoblanadi. Bundan 5-7 ming ilgari uzum Kavkazda, O‘rta Osiyoda, Suriyada va Misrda etishtirilgan. 3 ming yil ilgari uzumchilik Gretsiyada rivoj topgan. O‘rta Er dengizi bo‘ylab, Italiyaga va keyinroq Fransiyaga tarqalgan. Keyinchalik XV-XIX asrlarda uzumchilik butun dunyoga tarqalgan. O‘zbekistonda vinochilik VII asrlargacha taqiqlanmagan, lekin Arablar istilo qilgandan so‘ng taъqiklangan. Bu davrlarda asosan uzumchilik rivojlangan. Arabistondan, Xindistondan, Erondan xurraki uzum navlari keltirilgan. Vinochilik asosan XIX asrda, ruslar istilo qilgandan so‘ng YAna rivojlangan. Spirt ishlab chiqarish tarixi. SHarob ishlab chiqarish ancha oldin paydo bo‘lishiga karamasdan, etil spirti ishlab chiqarish ancha keyin paydo bo‘lgan. Qadimiy manbalarga ko‘ra sharobni xaydash korxonasi 1174 yilda qo‘rilgan (Vityassda). Italiyada birinchi spirt mahsulot sifatida XIII asrda chiqarilgan. Ikki yuz yillik ichida boshqa davlatlarga xam tarqalgan. 1813 yillarda spirtlarni rektifikatsiyalashni takomillashgan usullari yaratila boshlangan. SHakar ishlab chiqarish tarixi. SHakar kristall xolatda XII asrda olingan. Bu davrlarda uni narxi juda qimmat bo‘lgan va kumushni narxi bilan bir xil bo‘lgan. XVIII asrga kelib unga bo‘lgan talab oshib ketgan va sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Bu davrga kelib vakuum apparatlar, bug‘latuvchi apparatlar, filtr-presslar, sentrifuga, quritish apparatlari va qadoqlovchi mashinalar yaratilgan. Xozir dunyoda 1500 ta shakar kamishdan va 1000 ga yaqin qand lavlagidan shakar ishlab chiqaruvchi zavodlar mavjud. SHulardan 800 ta zavod Evropaga to‘g‘ri keladi. Rossiyada bir yilda 15 mln.t shakar ishlab chiqariladi. Uzbekistonda Xorazm-shakar korxonasida kuniga 1000 t shakar ishlab chiqarish yulga kuyilgan. Jaxonda 1 yilda 120-124 mln.tonna shakar ishlab chiqariladi. Uni 60% shakar kamish va 40% qand lavlagi shakariga to‘g‘ri keladi. Bijg‘ish maxsulolotlari ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va eng umumiylashtirilgan jarayonlardan biri – bijg‘ish jarayoni xisoblanadi. Bijg‘ish jarayoni yoki moddalar almashinuv jarayoni, bu mikroorganizm fermentlari tasirida organik muxitga kuchadigan o‘zgarishlardir. Mikroorganizmlar faoliyati Mikroorganizmlar faoliyatini 5 - ta rivojlanish davrlarga ajratish mumkin: 1 – LAG davri 2 – Eksponensial davri 3 – Rivojlanishni sustlashgan davri 4 – Statsionar (turg‘unlik) davri 5 – Achitqilarni o‘lish davri Xar bir davr achitqi xujayralarini holati, fiziologik va morfologik tuzilishi, bijg‘ish jarayonining fizikaviy va kimyoviy o‘ziga xos o‘zgarishlari va muxitning malum bir tarkibga egaligi bilan tavsiflanadi. Lag davr - mikroorganizmlarni muxitga endi kirib kelishi, unga o‘rganish va ko‘nikish davri xisoblanadi. Bu davrda mikroorganizmlar dona – dona xolatda bo‘lib, xujayralarni ko‘payishi kuzatilmaydi. Mikroorganizmlar soni bu davrda o‘zgarmaydi. Mikroorganizmlar faoliyati, ularni o‘stirish sharoitiga, muxit tarkibiga, pH va xaroratga, ozuqa moddalarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Achitqi va mikroorganizmlarni yangi sharoitga ko‘nikish davri bir necha daqiqadan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Eksponensial davr – achitqi xujayralarini intensiv ko‘payish davridir. Bu davrda xujayralar aynan shu mikroorganizmga xos bo‘lgan ko‘payish tezligini maksimal darajada namoyon etadi. Xujayraning rivojlanish tezligi «generatsiya davomiyligi» degan kattalik bilan tavsiflandi. «Generatsiya davomiyligi» - ona xujayradan aloxida ajralib chiqqan xujayraning, rivojlanib, o‘z navbatida yosh xujayrani katta qilib bo‘linishigacha bo‘lgan davrdir. Mikroorganizmlar biomassasining vazni aynan shu davrda shakllanib yig‘iladi. Statsionar davr. Statsionar - so‘zi lotin tilidan olingan bulib mutassil, o‘zgarmas, doimiy va turg‘un degan maъnolarni bildiradi. Bu davr yangi paydo bo‘lgan xujayralar soni o‘lgan xujayralar soniga teng bo‘lgan davrdir. Bu davrda xujayralarni umumiy soni o‘zgarmaydi, rivojlanish tezligi, xujayralarning o‘lish tezligiga teng bo‘ladi. Bu davrda muxitdagi ozuqa asosan bijg‘ish jarayonini asosiy mahsulotini xosil qilishga sarflanadi. Nazorat savollari: 1.Bijg‘ish mahsulotlariga nimalar kiradi? 2.Bijg‘ish mahsulotlari ishlab chiqarishda qanday mikroorganizmlardan foydalaniladi? 3.SHarob mahsulotlari ishlab chiqarish tarixi. 4.Spirt ishlab chiqarish tarixi. 5.SHakar ishlab chiqarish tarixi. Tayanch so‘z va iboralar: qayta ishlash, jarayonlar, texnologiya, aerob va anaerob bijg‘ish, bijg‘ish, texnologik jarayonlar Download 114.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling