Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari


Download 114.23 Kb.
bet3/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari.

Belgilangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko’rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo’luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o’z ichiga oluvchi ishlarning yig’indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo’linadi:


- foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
- o’z resursini sarflaydigan mahsulot.
Mahsulot sifatining ko’rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
- mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini;
- iste’molchilar talablarining tahlilini;
- mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
- sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to’rt toifaga bo’lish mumkin:

  • texnikaviy;

  • tashkiliy;

  • iqtisodiy;

  • ijtimoiy.

Nazorat qilish deganda mahsulotni sifat ko’rsatkichi texnik talablarga javob berish tushuniladi. Nazorat qilish usullari quyidagilarga bo’linadi.
Kirish nazorati- korxonalarga kirib kelayotgan mahsulotlar sifati nazarda tutiladi. Bunga texnik ko’rik (ko’rinishi va orgonaleptik nazorat) va jixozlar orqali nazorat tushuniladi.
Ishlab chiqarish nazorati- bunga ishlab chiqarish jarayonidagi nazorat kiradi. U yordamchi, tayyorlovchi va texnologik operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi hamma texnologik va kimyoviy nazorat amalga oshiriladi.
Sistema nazorati - bu nazoratlar yig’indisi bo’lib, bunga jixozlarga, priborlarga, reaktivlarga va bajaruvchilarga qo’yiladigan nazorat talablarini o’z ichiga oladi.
Qabul qilish nazorati - bu tayyor mahsulot ustida olib boriladigan nazorat turi bo’lib, GOST ga to’g’ri kelishi tekshiriladi. Ushbu nazorat orqali mahsulot iste’molga yaroqligi tekshiriladi. qabul kilish nazorati korxona laboratoriyasida amalga oshiriladi.

Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling