Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Asosiy atamalar va tushunchalar


Download 114.23 Kb.
bet7/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Asosiy atamalar va tushunchalar




Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo’ladi.Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
Odatda standartlashtirish ob’ekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
"Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun "mahsulot,jarayon,xizmat" iboralari qabul qilingan bo’lib, buni har qanday materialga,tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.

Standartlarning turlari va toifalari


O’zbekiston Respublikasi hududida standartlashish ob’ektlariga qo’yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- O’zbekiston Respublikasining standartlari;
- Tarmoq standartlari;
- Texnikaviy shartlari;
- Korxonalarning standartlari;
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo’yicha) shug’ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo’lgan hujjatdir.
Milliy standart - bu standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bulgan standartdir.
Korxona standarti - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo’llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’llanishi ham mumkin.
Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo’yicha tavsiyanomalar, yo’riqnomalar (qoidalar) ham mavjuddir.
Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushaniladi.



Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling