Ma’ruza. Kirish. Mashinalar puxtaligi asoslari fanining tarihi, maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar va atamalar
Download 312.22 Kb.
|
1-Ma’ruza
Dastlab buyumlarning puxtaligi haqidagi bilimlar faqat tajribaga asoslangan bo‘lib, hunarning sirlari tariqasida avloddan avlodga o‘tib kelgan. Mustahkamlik haqidagi fan XIX asrda jadal rivojlandi, chunki bu davrda mashina va qurilmalar yaratish ommaviy tus oldi. Dastlabki vaqtlarda hisob - kitoblar detallarni qo‘yilgan yuklanish ta’sirida sinmaydigan qilish uchungina xizmat qilardi, xolos. XIX asrning ohiriga kelib buyumlarning xizmat muddati to‘g‘risida tasavvur paydo bo‘ldi. Detallarning ishqalanish sababli yeyilishini tekshirish, bu yeyilishni kamaytirish usullarini izlash ishlari boshlab yuborildi. Masalan, agar aravaning o‘qi mo‘ljaldagidan oldin ishdan chiqadigan bo‘lsa, uni avvalgidek, faqat yo‘g‘onroq qilib yasashar va shu bilan muammoni hal qilingan deb hisoblashar edi. Bunday yondashuv aviasiya paydo bo‘lguniga qadar hukm surib keldi. Samolyotning qanotini qalin po‘latdan juda mustahkam qilib tayyorlash mumkin, ammo bunday samolyot yerdan ko‘tarila olmagan bo‘lur edi.Puxtalik muammosi qanday paydo bo‘ldi degan savol tug‘iladi. Ma’lumki, mashinalardagi unumdorlik, samaradorlik ortib borishi bilan, ular murakkablashib boradi. Masalan, o‘roq bilan g‘alla o‘rish kombayni taqqoslab ko‘rilsa, og‘ir qo‘l mehnatining yo‘qolishi, samaradorlik, yuqori unumdorlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘roq o‘tmas bo‘lib qolsa uni charxlash bilan kifoyalanadi, g‘alla o‘rish kombayni ishlamay qolsa, uning ko‘p sonli detallaridan qaysi biri ishdan chiqqanini aniqlash kerak bo‘ladi. Mashinaning murakkablashib borishi, uning o‘lchamlari va og‘irligining kamayishi, mustahkamlik zaxirasini iloji boricha kamaytirish, tezlik, kuchlanish, bosim ortishi, mashinani tayyorlashda juda ko‘p sonli ishchilar va korxonalar qatnashishi, yangi materiallar va texnologiyalar paydo bo‘lishi, texnikaning yangilanish davrining qisqarishi va boshqa sabablar puxtalik muammosini keltirib chiqargan.Puxtalik muammosi qanday paydo bo‘ldi degan savol tug‘iladi. Ma’lumki, mashinalardagi unumdorlik, samaradorlik ortib borishi bilan, ular murakkablashib boradi. Masalan, o‘roq bilan g‘alla o‘rish kombayni taqqoslab ko‘rilsa, og‘ir qo‘l mehnatining yo‘qolishi, samaradorlik, yuqori unumdorlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘roq o‘tmas bo‘lib qolsa uni charxlash bilan kifoyalanadi, g‘alla o‘rish kombayni ishlamay qolsa, uning ko‘p sonli detallaridan qaysi biri ishdan chiqqanini aniqlash kerak bo‘ladi. Mashinaning murakkablashib borishi, uning o‘lchamlari va og‘irligining kamayishi, mustahkamlik zaxirasini iloji boricha kamaytirish, tezlik, kuchlanish, bosim ortishi, mashinani tayyorlashda juda ko‘p sonli ishchilar va korxonalar qatnashishi, yangi materiallar va texnologiyalar paydo bo‘lishi, texnikaning yangilanish davrining qisqarishi va boshqa sabablar puxtalik muammosini keltirib chiqargan.Download 312.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling