Ma’ruza. Kirish. Mashinalar puxtaligi asoslari fanining tarihi, maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar va atamalar

Download 312.22 Kb.
bet1/13
Sana13.11.2023
Hajmi312.22 Kb.
#1771831
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Ma’ruza

Ma’ruza. Kirish. Mashinalar puxtaligi asoslari fanining tarihi, maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar va atamalar.

Ma’ruza rejasi:

  • Mashinalarning ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi.
  • Puxtalik nima?
  • Asosiy atamalar, ta’riflar va puxtalik ko‘rsatkichlari

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar, traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari va turli texnologiya jihozlarining halqaro bozorda raqobatbardoshligi ularning puxtaligiga bog‘liq. Mashinalarning puxta ishlashini ta’minlash uchun ularning tuzilishini muntazam ravishda takomillashtirish, ishlash qobiliyatini kerakli darajada tutib turish tadbirlarini ishlab chiqish zarur.

Mashinalar puxtaligi fanining asosiy vazifasi ishlamay qolish qonuniyatlarini o‘rganib, kam xarajat qilgan holda, mashinalarning belgilangan vazifalarini bajarishini ta’minlashga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Fanni o‘zlashtirishda davlat ta’lim standartlari talablari darajasida puxtalik nazariyasining asosiy tushunchalari va qoidalari o‘rganiladi, puxtalikning tabiiy hamda matematik asoslari, miqdoriy ko‘rsatkichlarining xususiyatlari, mashinalarni puxtalikka sinash, puxtalik ko‘rsatkichlarini oldindan aniqlash usullari va puxtalikni oshirish asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

Puxtalik nima?

Odatda buyumlarning, shu jumladan mashinalarning ham sifati turli ko‘rsatkichlar: puxtalik, texnologiyaboplik, tejamlilik, birxillashtirish darajasi, qulaylik, patent talablariga javob berishi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Puxtalik mashinaning xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning sifatini ko‘p jihatdan belgilab beradi.

Download 312.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling