Ma’ruza. Kirish. Mashinalar puxtaligi asoslari fanining tarihi, maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar va atamalar

Mashinalarning ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi

Download 312.22 Kb.
bet5/13
Sana13.11.2023
Hajmi312.22 Kb.
#1771831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Ma’ruza

Mashinalarning ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi.

Ishlatish va saqlash paytida har qanday mashina turli xil ichki va tashqi ta’sirlarga duchor bo‘ladi. Natijada uning asosiy parametrlari va xususiyatlari buziladi. Mashinaning boshlang‘ich xususiyatlari buzilishiga asosiy sabablar sifatida uning ish sharoiti buzilishini, unga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmasligini, tuzatish sifatining pastligi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Mashinani ishlatish qoidalarining buzilishi detallarning egilishi va bukilishi, ishchi sirtlarining tirnalishi, darz ketishi, uvalanishi va sinishi kabi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Asta – sekin ishlamay qolishga olib keladigan sabablar material va konstruktsiyalarda turli davrlarda sodir bo‘luvchi fizik – kimyoviy jarayonlar bilan bog‘liqdir.

Detallarda (tutashmalarda) eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri ularning yeyilishidir. Bu nuqson material, buyumning yeyilishi, qatlamlarga ajralishi yoki qoldiq deformasiyalanishi natijasida paydo bo‘ladi. Odatda, detallarning shikastlanishi mashinalarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi natijasida va ayrim hollardagina metallning toliqishi yoki undagi yashirin nuqsonlar (darzlar, bo‘shliqlar va hokazo) oqibatida yuz beradi. Ishlatish qoidalariga amal qilinganda, tutash detallarning yeyilishi ularning ishlash vaqtiga bog‘liq ravishda asta–sekin ortib boradi. Eng oxirgi statistika ma’lumotlari mashinalar detallarining 15 % gacha sinishi mumkinligini, 85 % dan ortig‘i esa yeyilish natijasida ishdan chiqishini ko‘rsatmoqda.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling