Ma’ruza. Kirish. Mashinalar puxtaligi asoslari fanining tarihi, maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar va atamalar

Mashinalarning puxtaligi tez aylanuvchi detallari

Download 312.22 Kb.
bet6/13
Sana13.11.2023
Hajmi312.22 Kb.
#1771831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Ma’ruza

Mashinalarning puxtaligi tez aylanuvchi detallari kardanli va tirsakli vallari, maxoviklari, shkivlari, ilashish muftalarining disklari ishlaganda mashinalarning titrashiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Katta burchak tezlik bilan aylanadigan va anchagina og‘ir bo‘lgan bunday qism hamda detallar traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida juda ko‘p. Bundan tashqari, ayrim detallarni tuzatish va almashtirish chog‘ida ularning muvozanati buziladi, bu esa mashina ramasining titrashiga olib keladi. Tez aylanuvchi detallar ishlaganda yuzaga keluvchi titrash turli detallarda, shu jumladan, podshipniklarda ham qo‘shimcha yuklanishlar hosil qiladi, natijada mashina ishlamay qolishi mumkin.

Mashinalarning puxtaligi tez aylanuvchi detallari – kardanli va tirsakli vallari, maxoviklari, shkivlari, ilashish muftalarining disklari ishlaganda mashinalarning titrashiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Katta burchak tezlik bilan aylanadigan va anchagina og‘ir bo‘lgan bunday qism hamda detallar traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida juda ko‘p. Bundan tashqari, ayrim detallarni tuzatish va almashtirish chog‘ida ularning muvozanati buziladi, bu esa mashina ramasining titrashiga olib keladi. Tez aylanuvchi detallar ishlaganda yuzaga keluvchi titrash turli detallarda, shu jumladan, podshipniklarda ham qo‘shimcha yuklanishlar hosil qiladi, natijada mashina ishlamay qolishi mumkin.

Detallarning muvozanatlanmaganligi bir qancha sabablarga: ularning o‘lchamlari noto‘g‘riligiga, materialning zichligi notekisligiga, yig‘ish paytidagi xatoliklarga (bu xatoliklar detallarning valga o‘tkazilishi buzilishida, qiyshayishlar, siljishlar va hokazolarda namoyon bo‘ladi) bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘qdoshlikning buzilishi oqibatida vallarning podshipniklarida yuklanish keskin ortib ketadi, ilashish muftalarining disklari va burilish muftalari shataksiraydi, bu esa detallarning foydali ish koeffisientining kamayishiga hamda ularning ortiqcha yeyilishiga olib keladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling