Ma’ruza. Kirish. Mashinalar puxtaligi asoslari fanining tarihi, maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar va atamalar


Download 312.22 Kb.
bet3/13
Sana13.11.2023
Hajmi312.22 Kb.
#1771831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Ma’ruza

Puxtalikni oshirish qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun alohida ahamiyat kasb etadi, chunki bu sohada texnikadan qisqa muddatlarda foydalanishga to‘g‘ri keladi. Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarini tuzatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatishga juda katta mablag‘ sarf etiladi. Texnikaning buzilgan holatda bekor turib qolishi oqibatida ko‘riladigan zarar ham kam emas. Ishlamay qolishlarni bartaraf etishga qishloq xo‘jaligi mashinalari umumiy ish vaqtining yer haydashda 35 % gacha qismi, hosilni yig‘ib-terib olishda esa 50 % gacha qismi sarflanadi.

Ma’lumki, yer qa’ridagi ma’danlarning tabiiy zaxiralari cheklangan, mashinasozlikda esa nisbatan ko‘p metall ishlatiladi. Shu sababli, yangi yaratiladigan mashinalar metall sarfini va tannarxini kamaytirish, ayni chog‘da ularning quvvatini oshirish puxtalik ko‘rsatkichlarini baholashni talab qiladi.

Ma’lumki, yer qa’ridagi ma’danlarning tabiiy zaxiralari cheklangan, mashinasozlikda esa nisbatan ko‘p metall ishlatiladi. Shu sababli, yangi yaratiladigan mashinalar metall sarfini va tannarxini kamaytirish, ayni chog‘da ularning quvvatini oshirish puxtalik ko‘rsatkichlarini baholashni talab qiladi.

Mashinalar puxtaligi vaqtga bog‘liq. Detallar yeyilib borgani sari ularning puxtaligi kamayib boradi. Barcha buyumlar, shu jumladan, mashinalar ham ertami – kechmi buziladi. Mashinalar puxtaligi nazariyasi mashina ishlash qobiliyatini asta – sekin yo‘qotish hodisasi haqidagi fandir. U ishlamay qolishlar qonuniyatlari va kelib chiqish sabablarini, shuningdek mashina puxtaligini oshirish vositalarini ko‘rib chiqadi.

Dastlab buyumlarning puxtaligi haqidagi bilimlar faqat tajribaga asoslangan bo‘lib, hunarning sirlari tariqasida avloddan avlodga o‘tib kelgan. Mustahkamlik haqidagi fan XIX asrda jadal rivojlandi, chunki bu davrda mashina va qurilmalar yaratish ommaviy tus oldi. Dastlabki vaqtlarda hisob - kitoblar detallarni qo‘yilgan yuklanish ta’sirida sinmaydigan qilish uchungina xizmat qilardi, xolos. XIX asrning ohiriga kelib buyumlarning xizmat muddati to‘g‘risida tasavvur paydo bo‘ldi. Detallarning ishqalanish sababli yeyilishini tekshirish, bu yeyilishni kamaytirish usullarini izlash ishlari boshlab yuborildi. Masalan, agar aravaning o‘qi mo‘ljaldagidan oldin ishdan chiqadigan bo‘lsa, uni avvalgidek, faqat yo‘g‘onroq qilib yasashar va shu bilan muammoni hal qilingan deb hisoblashar edi. Bunday yondashuv aviasiya paydo bo‘lguniga qadar hukm surib keldi. Samolyotning qanotini qalin po‘latdan juda mustahkam qilib tayyorlash mumkin, ammo bunday samolyot yerdan ko‘tarila olmagan bo‘lur edi.


Download 312.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling