Ma`ruza Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari


Download 412.99 Kb.
bet4/7
Sana27.01.2023
Hajmi412.99 Kb.
#1132570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`ruza-1 (1)

UNIVERSAL O’LCHASH VOSITALARI.

O’lchash vositalari klassifikatsiyasi.


Mashinasozlikda ishlatilayotgan o’lchash vositalarini ishchi vazifasi bo’yicha universal va maxsus turlarga bo’lish mumkin. Maxsus vositalar muayyan turdagi detallarni bir yoki bir nechta parametrini tekshirish uchun mo’ljallanadi. Detalni bir o’rnatishda tekshiriladigan parametrlar soni bo’yicha o’lchash vositalari bir o’lchamli va ko’p o’lchamli bo’ladi. Mexanizatsiyalash darajasi bo’yicha o’lchash vositalari dastaki, mexanizatsiyalashgan, yarimavtomatik va avtomatik bo’lishi mumkin.

Universal o’lchash asboblar.


Bu asboblar qatoriga tashqi va ichki o’lchamlarga mo’ljallangan shtangentsirkullar, teshiklar va ariqchalar chukurligini o’lchash uchun shtangen o’lchagichlar, shtangenreysmuslar hamda mikrometrik asboblar kiradi.
SHtangenasboblarda o’lchamni o’qib olish qurilmasi sifatida lineyka (chizg’ich) ko’rinishidagi asosiy shkala va u buylab xarakatlanuvchi nonius shkalasi ishlatiladi. Nonius asosiy shkala bo’linmlarinining kasrli kismla- rini o’qib olish uchun ishlatiladi. Noniuslar 0,1 yoki 0,05 mm bo’linmalar qiymati bilan tayyorlanadi.
Nonius quyidagicha hisoblanadi. Asosiy shkala bo’linmasining uzunligi S, nonius bo’linmlar qiymati i, nonius shkalasining bir bo’linmasiga to’g’ri keladigan asosiy shkala bo’linmalari soni (nonius moduli) berilgan bo’lsa, nonius bo’linmalari soni n, nonius shkalasining bo’linma uzunligi b ham nonius shkalasining uzunligi l topiladi:
Masalan, shtangenasboblarni ko’pchiligida i=0,1mm ,C=1mm va .
SHuning uchun ularda n=10; b=1,9; l=19 mm. 1-500 mm o’lchamlari uchun shtangenasboblar o’lchash xatoliklari 0,05-0,2 mm oraligida. SHtangentsirkullar uch ko’rinishda ishlab chiqiladi: tashqi va ichki o’lchashlar uchun ikki tomonlama labli ham chukurlik o’lchash chizg’ichi bilan; o’lchash va belgilash uchun ikki tomonlama labli; tashqi va ichki o’lchashlar uchun bir tomonlama labli. SHtangenreysmuslar belgilash ishlari va detallar balandligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Mikrometrik asboblar mikrometrik vintning aylanish xarakatini ilgarlanma xarakatga o’zgartiruvchi vintli juftlikda asoslangan. Bu asboblarning bo’linma qiymati 0,01 mm. Bular quyidagicha ko’rinishlarda ishlab chiqiladi: tashqi o’lchashlar uchun silik mikrometrlar; teshik o’lchagichlar; chukuro’lchagichlar; maxsus mikrometrlar - listlar, quvirlar, tishlar,rezbalar uchun va b.
Mikrometrni o’lchash kuchi 3-7 n. O’lchamni o’qish qurilmasi bo’ylama va doiraviy shkalalaridan tashkil topadi. Buylama shkalada millimetrlar, bo’linmalar soni n=50 bo’lgan doira shkalasidan millimetrni kasrli bulaklari o’qib olinadi. Rakamli ko’rsatgich bilan jihozlangan mikrometrlar ham mavjud. O’lchash chegaralari 0-25 mmga teng mikrometrlarning o’lchash xatoligi mkm, 400-500 mmga teng mikrometrniki mkm.

Download 412.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling