Ma`ruza Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari
Download 412.99 Kb.
|
Ma`ruza-1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prujinali va prujinali-optik uzatmali priborlar.
Mexanikaviy o’lchash priborlari.Bular qatoriga tishli uzatmali priborlar - soatsimon indikatorlar kiradi.(13 rasm). Bu priborlarda tishli reyka ko’rinishida ishlangan o’lchash sterjeni 2 xarakati tishli g’ildiraklar orkali kuchaytirilib ko’rsatish strelkasining aylanishiga olib keladi. 13-rasm. Pribordagi spiralsimon prujina 1 tishli uzatmalarni profilning bir tomoni bo’yicha ishlashini ta’minlaydi. SHuni hisobiga o’lchash sterjenini strelkani aylantirmasdan xarakatlanishi bartaraf qilinadi. Priborni o’lchash kuchi 0,8-2 n bo’lib, u prujina 2 yordamida ta’minlanadi. O’lchash xatoligi 10 mkm gacha bo’lib aniqligi baland bo’lmagani bilan o’lchash chegaralari katta bo’lgani uchun bu priborlar keng tarqalgan. Richagli-tishli priborlar qatoriga richagli mikrometrlar va skobalar kiradi (14 rasm). 14-rasm. Bu priborlarda ko’zg’aluvchan tovon 1 xarakati richag 2 orkali tishli uzatma va ko’rsatish strelkasi 3 ga beriladi. Pribor nominal o’lchamga mikrometrik vint 4 bilan sozlanadi. Richagli mikrometr va skoba bo’linmalar qiymati 0,002 mm. SHkala bo’yicha ko’rsatishlar diapazoni skoba uchun 0,08 mm, mikrometr uchun 0,02 mm. Richagli-tishli priborlar qatoriga bir aylanishli va ko’p aylanishli o’lchash kallaglari ham kiradi, shuningdek Sankt-Peterburg asbobsozlik zavodida chiqadigan 1- IG kallagi. Bularning bo’linmalar qiymati 1 va 2 mkm, o’lchash diapazoni 1 va 2 mm (3rasm). 3-rasm. Prujinali va prujinali-optik uzatmali priborlar.Sankt-Peterburg asbobsozlik zavodi bularning 4 turini ishlab chi-qaradi: mikroqator IGP; miqator IPM; miniqator IRP va optiqator. Bularni birinchi uchovining bo’linmalar qiymati 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 2,0 mkm. SHkala bo’yicha o’lchash diapazoni mikroqator uchun 30, optiqator uchun 120 bo’linma. Mikroqator uzatish mexanizmi buralgan prujina tasmasiga asoslangan. (16 rasm). 16-rasm 4-rasm O’lchash sterjeni 1 xarakatlanganda bikir uchburchak 2 ga ta’sir ko’rsatadi. Uni bilan bog’liq prujina tasmasi 3 chuzilganda strelka 4 buralib shkala 5 bo’yicha o’lcham uqiladi. Bu priborni asosiy kamchiliklari: ingichka (50 – 80 mkm) strelka bo’yicha o’lchamni o’qish qiyinligi va strelkani vibratsiyasi. Mikroqator asosida yaratilgan optikator bu kamchiliklardan holi. Prujina tasmasida strelka o’rniga ko’zgi 1 o’rnatilgan (17 rasm). Nurlar okimi yorug’lik manbai 2 dan chiqib, 3 kondensordan o’tadi va ko’rsatuvchi shtrix chizilgan 4 plastinkani yeritadi. Keyin ob’ektiv 5 da sinib 1 ko’zgudan qaytadi va 6 shkalada shtrix tasvirini beradi. Bu priborlar uzatish mexanizmi soddaligi,zvenolarda ishqalanishlar yukligi sababli uzoq muddat davomida xizmat qiladi. Bular optimetrlar va ultraoptimetrlarni urnini bosishi mumkin. Download 412.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling