O’lchash vositalari bir nechta turlarga bo’linib, ular qatoriga etalonlar ќam kiradi.
O’lchovlar - talab qilingan o’lchamdagi fizikaviy kattalikni ifodalash uchun ishlatiladi ( yassi-parallel uch o’lchovlari, tarozi toshlari va x.)
Namunaviy o’lchash vositalari - bu namunaviy vosita sifatida tasdiqlangan o’lchovlar, o’lchash priborlari va o’zgartirgichlar. Bular aniqligi bo’yicha 4 razryadga bo’linib, o’lchash vositalarini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Ishchi o’lchash vositalari - bu ish joyida ishlatiladigan o’lchovlar, kurilmlar va priborlar.
O’lchashlar turli usullarga asoslangan bo’lishi mumkin. O’lchash usuli - bu o’lchash vositalaridan foydalanish qoidalari va yo’llarining to’plami.
Bevosita o’lchash - o’lchanayotgan kattalik qiymatini bevosita tajriba natijasidan olish usuli (termometr, shtangentsirkul).
Bilvosita o’lchash - o’lchanayotgan kattalik qiymatini bevosita o’lchangan kattalik orkali ma’lum boђlanish yordamida ќisoblab topish usuli.
O’lchash usuli kontaktli va kontaktsiz bo’lishi mumkin. O’lchash priborini o’lchov bilan takkoslab ishlatishda asoslangan usul takkoslash usuli deyiladi.
Nazorat qilish o’lchashdan farq qilib, ikki turga bo’linadi. Nazorat jarayonida maxsulot o’lchamining qiymati aniqlanmasdan uni faqat talablarga to’ђri kelishi aniqlanadi. Differentsial nazorat maxsulotning xar bir parametrini aloxida baќolash bilan xarakterlanadi. Kompleks nazorat yordamida maxsulot yarokligi bir vaqtni uzida bir necha parametr bo’yicha baќolanishi mumkin.
1.1. O’lchash vositalarining asosiy metrologik ko’rsatkichlari.
Bo’linmalar qiymati - shkalani ikkita qo’shni belgilariga muvofiq kattaliklar qiymatlarining ayirmasi.
Ko’rsatishlar (shkala bo’yicha o’lchash) diapazoni - boshlanђich va yakuniy qiymatlari bilan cheklangan shkala qiymatlarining doirasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |