Ma`ruza Kirish. Metrologiya asoslari. Universal o‘lchash priborlari


Nazorat shaklini va o’lchash vositalarini tanlash


Download 412.99 Kb.
bet7/7
Sana27.01.2023
Hajmi412.99 Kb.
#1132570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`ruza-1 (1)

Nazorat shaklini va o’lchash vositalarini tanlash.




Nazoratning tashkiliy-texnik shaklini tanlash.


Saralab yig’ish usuli bilan yig’iladigan detallar 100% nazorat qilinadi. Mashinani ekspluatatsiya ko’rsatkichlarini belgilovchi funktsional parametrlar va xavfli parametrlar bo’yicha ham yoppasiga nazorat o’tkaziladi. Stabil kechadigan texnologik jarayonlarda saralab nazorat qilish o’tkazilgani ma’kul.




O’lchash vositalarini ishlab chiqarish turiga va detal konstruk tsiyasiga qarab tanlash.


Yakkalab ishlab chiqarishda xar bir operatsiyadan keyin batafsil nazorat o’tkazilishi kerak. Bunda universal o’lchash vositalari va yuqori malakali nazoratchilar ishlatiladi.


Seriyalab ishlab chiqarishda nazorat bir qator operatsiyalardan keyin yoki detal ishlab yakunlangandan keyin o’tkaziladi. Bunda universal o’lchash vositalari, maxsuslashgan nazorat moslamalari va kalibrlar ishlatilgani afzal.
Ko’lab ishlab chiqarishda yuqori unumli mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan nazorat-o’lchash vositalari, nazorat avtomatlari keng ishlatiladi.
O’lchash vositalari tanlanganda detallarning konstruktiv uziga xosliklari hisobga olinishi kerak. Masalan, nazorat qilinadigan parametrlar ko’p bo’lsa ko’pparametrli vositadan foydalanish kerak. Yupka devorli detallarni kontaksiz usulda nazorat qilgan ma’kul.


Maxsulot aniqligiga qarab o’lchash vositalarini tanlash.


Joiz o’lchash xatoliklarining qiymati u maxsulotni ishlash dopuskiga bog’liq. ST SEV 303-76 bilan 1 mmdan 500 mmgacha bo’lgan o’lchamlar uchun 15 qator joiz o’lchash xatoliklari kiritilagn. Bu o’lchash xatoliklarining qiymatlari maxsulotni ishlash dopuskini 20% dan 35%gacha tashkil etadi.Standart talabi bo’yicha o’lchash vositasini yig’ma o’lchash xatoligi standartda keltirilgandan oshmasligi kerak. Lekin bu xatolikni tasaddufiy qismi joiz o’lchash xatoligini 60% dan oshmasligi kerak.


Agar o’lchash xatoligini ta’siri mashina ekspluatatsion ko’rsatkichlariga kuchli bo’lib uni salbiy ta’siriga yo’l qo’yilmasa:
1) maxsulotni ishlash uchun boshqa, aniqrok kvalitet tanlanadi.
2) ishlab chiqarish dopuski kiritiladi (8 rasm).





8-rasm
Birinchi usuldan foydalangani afzalrok. Agar texnologik jarayon aniqligi noma’lum bo’lsa, maxsulot o’lchami chekli og’ishlarini joiz o’lchash xatoligini yarmiga kisqartirish yo’li bilan ishlab chiqarish dopuski kiritiladi.
Download 412.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling