Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


 Globallashuv davrida axborotlashuv sharoitida ma’naviy tah-didlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

6.4. Globallashuv davrida axborotlashuv sharoitida ma’naviy tah-didlar 
61
Ўсаров О. Ахборот хавфсизлиги мафкуравий таҳдидларга қарши курашиш унда оммавий ахборот
воситаларининг ўрни муҳим аҳамият касб этмоғи лозим. Миллий тикланиш газетаси, 26 июнь 2013 йил


84 
Globallashuv, o‘ziga hos tushuncha bo‘lib, mazmun va mohiyatini anglash 
uchun unga nisbatan bir tomonlama emas balki, har tomonlama baho berishni 
taqazzo qiladi.
“Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo” degan 
ibratli naql bejiz aytilmagan. Kimdir botqoqda ham oyni ko‘rsa, yana kimdir faqat 
loyni ko‘radi. 
Avvalo, har qanday mamlakat o‘zining tashqi va ichki xavfsizligi va 
barqorligini ta’minlash uchun ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy 
immunitetni mustahkamlash masalasida o‘tmish ajdodlaridan meros bo‘lgan ta’lim 
va tarbiya metodlarini zamon bilan hamohang tarzda rivojlantirish bo‘yicha jiddiy 
o‘qib, izlanishlar talab etiladi. Mamlakat aholsi, yoshlardan faqatgina talab qilish 
emas balki, vatanparvarlik fazilatini tarbiyalashda, shaxsiy namuna ko‘rsatishi 
lozim, chunki hozirgi zamon so‘zda uqtirishni emas amalda ko‘rsatishni taqazzo 
qiladi. Dunyo, doimo turli qarama-qarshilik-lardan iborat bo‘lganidek, mafkuraviy 
kurash ham har doim mavjud bo‘lish barobarida turlicha namoyon bo‘ladi. Inson, 
ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri, dunyoqarashini boyitib, yanada takomillashtirish 
orqali bu tarzdagi xavfni yengishiga zamin yaratadi. 
Tarbiya, bu uzluksiz davom etuvchi jarayon, inson butun umri davomida 
olishi lozim bo‘lgan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5-6 yoshgacha oladi, 
uni qanday tashkil etish esa u yashab turgan muxitdagi yaratilgan shart-sharoitga 
boqliq.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoev maktabgacha ta’lim 
sohasini yuksak darajaga ko‘tarish uchun alohida ahamiyat qaratmoqda. Bu esa yosh 
avlodning ilk go‘daklik chog‘idan boshlab, oila bilan hamkorlikda ma’naviyatini 
shakllantirish, rivojlantirishga bosqichma-bosqich metod-larini ishlab chiqilmoqda. 
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya” trilogiyasining birinchi qismi, chaqaloq-lik va 
go‘daklik davri 0-3 yosh oralig‘ini qamrab oladi. Ikkinchi qismi go‘daklik va ilk 
bolalik davri, ya’ni 3-7 yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Uchinchi qismi-maktabgacha 
ta’lim 7-18 yosh oralig‘ini qamrab oladi. 
Trilogiyaning birinchi kitobi-“Yosh ota-ona kitobi” deb nomlanib, mazkur 
qo‘llanmada 0-3 yoshli go‘dak bolalarni jismonan va ruhan parvarish qilish bo‘yicha 
ko‘proq amaliy metodlarga e’tibor qaratilgan. Qo‘llanma xrestomatik xususiyatga 
ega bo‘lib, rangli rasmlar, hayotiy, ibratli voqea va misollarni mutaxassislar 
tavsiyasi asosida taqdim etilgan. Qo‘llanma, Sharq xalqlarining milliy tarbiyamiz 
metodlari bilan bir qatorda jahonning rivojlangan Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, 
Fransiya, Gollandiya va Italiya kabi davlatlarning bolalar tarbiyasi sohasida 
to‘plangan tajriba metodlari o‘rin olgan. 
Mazkur tadbirni samaradorligini oshirish uchun nikohga ariza beruvchi yosh 
bilan “Oila maktabi” deb nomlangan qisqa muddatlik o‘quv kurisida o‘qish tashqil 
etiladi. O‘qish davomida oilalada sotsial, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni 
yuritish, er-hotinlik, kelin va kuyovni oila a’zolari oldidagi vazifalari bo‘yicha 
ruhshunoslar qisqa muddatlik o‘qish tashkil etiladi.
Bulg‘usi yosh ota-onalarning qo‘llanmadan samarali foydalanishlari uchun 
mahallardagi “Ota-onalar universitet”lari ishini ushbu maqsadga yo‘naltirish taklif 


85 
qilindi. Shuningdek, “Oila” ilmiy markazi tegishli jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro 
hamkorlikda 3-7 va 7-18 yoshli bolalar va o‘smirlarning ma’naviy tarbiyasiga 
bag‘ishlangan qo‘llanmalarni amalga tadbiq etish borasida faoliyat olib borilmoqda. 
Kelgusida 11 yillik maktabni bitiruv marosimida har bir bitiruvchi o‘z xalqi, 
prezidenti oldida o‘z hayotini yuksak ma’naviyat asosida qurishga ont ichadi. Bu esa 
hayotimizda uchrayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, ajrimlar, firibgarlik, 
loqaydlik, yot g‘oyalarga berilish va boshqa ma’naviy illatlar-ning oldi olinishini 
ma’naviy kafolatlashga xizmat qiladi. Rus etnografi S.P.Polyakov “Etnografik 
tadqiqotlardan ma’lum bo‘l-diki, o‘tgan asrning 60–70- yillari ota-onalari bola 
tarbiyasida ko‘proq o‘zi namuna bo‘lib yoki boshqalarni namuna qilib ko‘rsatishdan 
ko‘proq foydalanishgan. Xalq tar-biyasi an’analarida so‘zdan emas, ko‘proq, 
namuna va harakatlardan foyda-langanligi haqida” ma’lumot beradi 
Falsafa bu fikrlash, tafakkur qilish madaniyati, fikrlash madaniyati-dir. Inson 
to‘g‘ri, adolatli fikrlashi, fikr yuritishi uchun mantiqiy qonunlarga suyanadi. Bu 
falsafaning asosiy qonuni bo‘lib, bolalarga mantiqiy fikrlash, mushohada yuritishni 
maktabdan boshlab o‘rgatishimiz lozim. Bir vaqtlar Marksizm namoyondalari 
dialektik mantiq bilan formal mantiqni qarama-qarshi qo‘yishdi, bu juda qaltis xato 
yondashuv edi, chunki, dialektik mantiqning zamirida ham formal mantiq yotadi.
“Falsafa hur fikrlovchi, o‘z aql idrokiga o‘zi egalik qiluvchi insonga xos tafakkur 
madaniyati sifatida o‘zining- intellektual mustaqil va ichki ruhiy dunyosi erkin 
insonning tanlovidir dir”. 
62
Qadimgi Sharq adabiyoti, formal mantiq asosiga 
qurilgan bo‘lib, u o‘qish yoki tinlash davomida befarq bo‘lmay uylash, fikrlashga 
chorlaydi, inson fikrlar ekan u hayotga nisbatan befarq emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Biz yoshlarga doir 
davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom 
ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab 
qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, 
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z 
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, 
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyati-mizning bor kuch va imkoniyatlarini 
safarbar etamiz” deya ta’kidlaganlar. 
63
Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviy hayot sohasida vujudga 
kelayotgan muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, 
yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash 
va himoya qilish masalalarini dolzarblashtirmoqda. 
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez suratlarda shiddat bilan chuqur 
kirib kelayapti. Har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi boshqa mintaqa hamda 
hududlar bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu o‘rinda, biror mamlakat bu 
voqelikdan chetda turib ijobiy natijalarga erisha olmasligini anglash qiyin emas. 
Jamiyatda har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, 
62
Поляков С. П. Традиционализм в современном среденеазиатском обществе. – М., 1989. – С. 68 
63
Мирзиёев Ш.М.Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.-
Т.,Ўзбекистон:НМИУ, 2016. 14-бет. 


86 
globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat 
o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. 
Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining yuqori 
suratlarda rivojlanishi, jamiyat va davlat hayotida keskin ijobiy o‘zgarish-larning 
yuz berishiga sabab bo‘lib insoniyat taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqdi. 
Insoniyat axborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, qayta 
ishlash va uzatish bilan chegaralanmay, jamiyatda iqtisodiy, siyosiy, xarbiy va 
boshqa sohalarni boshqarish, ularga ta’sir etish va istiqbolini belgilash imkoniyatiga 
ham ega bo‘lib bormoqda. 
Bu jarayonlar negizida davlatlararo hamkorlik yangi bosqichga kirib, bir-
biriga o‘zaro bog‘liq munosabatlarning tobora kuchaytirmoqda. Shu boisdan 
axborot, ma’lumot davlatning milliy boyligi, xalqaro maydonda esa strategik 
resursga aylanadi. Ammo, zamonaviy axborot texnologiyalari jamiyat, insoniyat 
hayotida muhim va qulay imkoniyatlar yaratadi, shu bilna birga ayrim muammolarni 
ham keltirib chiqaradi. Aksariyat holatlarda muammolar, axborot komunikatsiya 
vositalari imkoniyatlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanish tufayli kelib 
chiqmokda. Bu esa axborot xuruj-lariga qarshi kurashning zarur yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish, axborot xavfsizligini ta’minlashning yagona tizimini yaratish, 
atrofimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni har taraflama chuqur tahlil qilish va 
axborot sohasida ilmiy izlanishlar olib borish vazifasini qo‘yadi. O‘zbekiston 
Rspublikasida xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor vazifalaridan biri axborot 
xujjatlarining ortishi sharoitida jahon axborot tizimiga integratsiyalashish, axborotni 
erkin olishning kafolatini yaratish va axborot tahdidlariga qarshi kurashishning 
samarali tizimini ishlab chiqishdir. Har bir davlatning axborot makoni shaxs, jamiyat 
va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularga tegishli bo‘lgan axborotni 
o‘zgartirish, ruxsatsiz tarqatish, ma’naviy va ruhiy borlig‘iga ta’sir ko‘rsatish, 
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi bo‘lgan g‘oyalardan millatlararo va diniy 
konfessional, kuch ishlatish va boshqa ko‘rinishdagi harakatlardan qonuniy ravishda 
himoyalangan. 
Xulosa o‘rnida aytish ma’lumki bugungi kunda axborot-komunikatsion 
texnologiyalaridan jamiyat sohalarining barcha jabhalarida foydala-nishning 
kengayib borilayotganligi axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi hamda 
axborot xurujlarining kuchayib borishi va ularning yopiq xarakterga ega ekanligini 
inobatga olib, u bizdan axborotga bo‘lgan taqchillikning oldini olish (milliy axborot 
makonini rivojlantirish), sodir bo‘lgan voqelikka to‘g‘ri va xolis baho berish 
(amalga oshirilayotgan axborot hujumlarini tahlilqilish va bashoratlar berish), turli 
yot g‘oyalarga (qo‘poruvchilik ruhidagi) qarshi kurashish va bu sohada yetuk 
mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Har bir axborotni qabulqilayotgan shaxslar 
uni haqiqat yoki yolg‘on ekanligini dastlabki o‘qishda ajratish darjasiga yetkazish 
talab qilinadi. Ushbu omillar shakllanganda turli destruktiv kuchlar tomonidan 
amalga oshirilayotgan targ‘ibot va qo‘poruvchilik harakatlariga barham berishimiz 
mumkin. 
Har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda, ya’ni ezgulik 
vayovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv 


87 
dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham 
rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. 
Yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun 
ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga 
hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. 
Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas 
bo‘lib tuyuladigan kichkina har qanday xabar ham axborot olamidagi globallashuv 
shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab 
bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin 
- ommaviy axborot vositalarida milliy ma’naviyatimiz aks etgan turli xil sifatli 
hamda qiziqarli raqobatbardosh ko‘rsatuvlar, seriallar, kino va badiiy filmlar 
namoyishini omma e’tiboriga taqdim qilish; 
- raqobatbardosh telekanallarni ko‘paytirib, haqiqiy raqobat maydonini 
vujudga keltirish; 
- internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko‘paytirish hamda 
yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g‘oyalarni singdirib borishni 
ta’minlash; 
- jamiyatda ma’naviyatni takomillashtirish imkoniyatlari va istiqbollari 
mavzuida ilmiy loyihalar joriy etish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash zarurdir. 
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat 
jihatdan yangi ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki 
dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloqodobini ezgulik sari 
yetaklaydi. 
Shu nuqtai nazardan XXI asrda davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda 
salohiyati ko‘p jihatdan xalq ma’naviyatining yuksakligi va pokligiga, 
yoshlarimizning intellektual savodxonligiga, ular ongida va qalbida milliy 
g‘oyaning shakllanganligiga bog‘liqdir

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling