Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
boshlagan axborot urushining asoschisi Allen Dallesdir tomonidan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1976 yilda “Axborot xuruji” iborasi ilk marta Tomas Ronning “Boeing” kompaniyasi uchun mo‘ljallangan “qurollar tuzumi va axborot urushi”
boshlagan axborot urushining asoschisi Allen Dallesdir tomonidan
qo‘llanilgan. Axborot urushi nazariyasining asoschilaridan biri Uinn Shvartou fikricha: “Zamonaviy jamiyat axborotga asoslanganligi sababli, ertami, kechmi, har kim axborot hurujining qurboniga aylanadi”-deb ta’kidlaydi. Uinn Shvartou axborot urushi olib borishda barcha xatti-harakatlarini uchta sub’ektga qaratilganini ta’kidlaydi: shaxs (indi-vidual)ga, tashkiliy tuzilma va global miqyos(davlatlar o‘rtasi)dagi ziddiyatga qaratilgan. 1976 yilda “Axborot xuruji” iborasi ilk marta Tomas Ronning “Boeing” kompaniyasi uchun mo‘ljallangan “qurollar tuzumi va axborot urushi” nomli hisobotida qayd etgan. Tomas Ron fikriga ko‘ra infratuzilma AQSh iqtisodiyotida asosiy komponent, biroq vaqti kelib, harbiy, siyosiy soxalarda u, zaif nuqta bo‘lib qoladi. Axborot xurujining muhim xususiyati “davlat yoki korxona rahbariga psixologik bosim o‘tkazib, ularni “kerakli” qarorni qabul qilishga majbur qilshdir” deydi. Shu sababli “axborot xuruji” nima, degan savolga, raqibni, ya’ni shaxs, jamiyat yoki davlatga nisbatan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa shu kabi qabul qilingan qarorga nisbatan qarshi ta’sir ko‘rsatishdir. Ijtimoiy faktga tayangan holda jamoatchilik fikrini o‘z istak, hoxi-shiga ko‘ra o‘zgaritirib, ongini o‘ziga kerakli yo‘nalishga burishga urinishdir. Axborot xurujlarini amalga oshirishda raqiblar asosan quyidagi usul-lardan keng foydalanadi: Dezinformatsiya, yolg‘on axborot tarqatish-psixologik ta’sir ko‘rsatish-ning bir ko‘rinishi bo‘lib, raqib tarafni asosiy fikrdan chalg‘itish maqsadida yolg‘on axborot tarqatiladi. Bunda haqiqiy axborot bilan yolg‘on axborot aralash ko‘rinishida bo‘ladi. Sho‘rolar xukumati barpo etilgan ilk kunlardan, Markaziy Osiyo xalqlari: o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkmanlarni o‘tmish tarixini nafaqat OAV balki, ilmiy-tarixiy manbalarda ham o‘zlari istagan tarzda talqin etdi. Katta sovet ensiklopediyasi Markaziy Osiyoda yashovchi millatlar ichida o‘zbeklar to‘rt millionga yaqini tashkil qilib, aksariyat aholi tarqoq qishloq sharoitida istiqomat qiladi. Turmush sharoiti yakka sug‘orma va lalmi dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Aholining uch foizigina savodli holos.... 60 60 Большая Советская Энциклопедия, БСЭ. 1-изд 1926-47 годы 82 Ensiklopediyani nashr qilingan davriga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, 1926- 1947 yillar oralig‘ida yaratildi, aholi soni 3.475.340 nafarni tashkil qilmoqda. Tarixni o‘rganishning ikki ya’ni, tarixiy ma’lumotlar va og‘zaki tarix (Oral history) ga tayangan holda o‘rganish metodi bor. Ana shu ensiklo-pediyada keltirilishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston xududlari 1956 yilga kelib to‘liq belgilangani ko‘rsatilgan. Shu vaqtda yashagan aholini ma’lumotiga ko‘ra 1957-1962 yilda O‘zbekiston SSRda barcha yoshdagi aholi to‘liq ro‘yhatga olingan, bu to‘g‘rida arxiv ma’lumotlarida ham ko‘rsatilgan. Endi, aholining atiga uch foizi savodli bo‘lgan degan ma’lumot esa rus tilini biluvchilarga ta’luqli bo‘lib, arab yozuvida savod chiqarganlar e’tiborga olinmagan ekan. Sovet ideologiyasi o‘z o‘rnida “Turkistonga biz hurlik, ozodlik, tenglik va ma’rifat olib keldik” degan targ‘ibotini amalga oshirishda qo‘l kelar edi. Manipulyatsiya, omma ongini boshqarish-omma ongini turli g‘oya, ko‘rsatma, motiv, stereotip va taqlid orqali sub’ekt manfaatlariga moslashtiriladi. Voqelikni noto‘g‘ri idrok qilish orqali soxta, yolg‘on tushuncha yoki tasavvur hosil qilinadi. 1978 yil 27 aprelda sobiq Ittifoq tomonidan Afg‘onistonda Savr inqilobi amalga oshirildi. Afg‘onistonda kechayotgan davriy voqealar dunyo-ning ikki kuchli davlati AQSh va SSSR o‘rtasidagi siyosiy raqobatni yanada kuchaytirdi, har ikkisi ham yangi hukumat bilan yaqin munosabat o‘rnatishga urinar edi. Mafkuraviy targ‘ibot qanchalik kuchli bo‘lmasin, ammo, mamlakatda Tarakiy va Aminning qarashlariga qo‘shilmaydigan, AQSh va SSSR bilan birday oraliq masofa saqlagan holda munosabat o‘rnatish tarafdorlari bo‘l-gan odamlar ham ko‘p edi. Bu hol tabiiyki, SSSR hukumatiga yoqmaydi. Moskva Aminni taxtdan ag‘darish va uning o‘rniga Afg‘oniston hukumati rahbarligiga Babrak Kormalni tayinlash rejasini tuza boshlaydi. Har ikki siyosiy raqib, Afg‘onistonda yangi siyosiy tuzumni barqaror bo‘lishi, xalqning tinch, osuda hayot kechirishi uchun hayrixoxdek edi, ammo har biri o‘z yashirin maqsadini amalga oshirish istagida edi. Bu yashirin maqsad, har ikki davlat siyosatchilari tomonidan o‘z mamlakatini o‘zlari istagandek talqin etishga siyosat maydonini yaratish bo‘lsa OAV ham bu fikrlarni dunyo ommasiga yetkazish borasida keskin raqobatga kirishdi. Shu tariqa mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi, mana deyarli 44 yildirki Afg‘onistonda usha birodarkushlik urushi uchqunlari o‘chgani yo‘q. “Targ‘ibot-omma ongida OAV yordamida ma’lum g‘oyalarni tarqatish va ommalashtirishsha xizmat qiladi: -inqirozli holatlarni boshqarish-asosan iqtisodiy va siyosiy soha-larga qaratilgan bo‘lib, ma’lum guruh yoki davlat qiziqishlarini ko‘zlaydi. Avvaldan tanlab olingan shaxslarga yashirin ko‘rinishida ta’sir ko‘rsatiladi; - ig‘vogarlik - ma’lum guruhlar va shaxslar tomonidan davlatning konstitutsion tuzumiga yokiqonuniy asoslariga qarshi harakatlarni amalga oshirish; -tuxmat (bo‘hton)-biror ob’ektni obro‘sizlantirish, sha’nini bulg‘ash maqsadida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish; 83 - diskreditatsiya (obro‘sizlantirish) - omma orasida davlat raxbarlari, jamoat tashkilotlari, ayrim shaxslar obro‘sini, siyosiy yechimlar, tadbirlar ahamiyatini tushuntirish va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatish; -omma diqqatini jalb etish - biror voqea, hodisa, ish yuzasidan huquqiy ma’lumot panadaqoldiriladi, shov-shuvga sabab bo‘ladigan tadbirlar amalga oshiriladi; - mish-mish gaplarni tarqatish - mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatish. Asosan davlat va jamiyadagi bo‘shliq joylarga asosiy zarba beriladi hamda siyosiy va ma’naviy yetuk bo‘lmagan shaxslar ob’ekt sifatida tanlab olinadi; - fitna - maxsus axborot harakati bo‘lib raqib muvaffaqiyatsizlikka (mag‘lub bo‘lish) olib boruvchi variantni tanlashga majburlanadi”. 61 Demak, yuqorida keltirilgan usullar ma’lum amallar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ularni amalga oshirishdan axborot xurujining ob’ekti va sub’ekti, kuch va vositalar, resurslar va vaqt omilini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori darajada axborot xurujidan ko‘zlangan asosiy maqsad-raqib davlat axborot maydonini egallab olish, xalqaro maydonda davlat imidjini tushurish, jamiyat hayotini beqarorlashtirish, shaxsni obrusizlantirishgaqaratilgan axborotlarni tarqatish kabilardir. Hozirgi bosqichda maqsadga erishish uchun asosiy vositalar sifatida OAV va axborot-komunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda biror-bir davlatda axborot xurujlarini amalga oshirish usullariga qarshi yagona bir kompleks tadbirlar ketma-ketligi, tizimini ishlab chiqilmagan. Bunga sabab qilib axborot-komunikatsion texnologiyalarining juda tezkor sur’atlarda rivojlanib borayotganligi, tezkorligi, turlichaligi, chegara bilmasligi, millat tanlamasligi va yashirinligi kabilarni keltirish mumkin. Har bir xalq, millat o‘zining milliy qadriyat, milliy o‘zlik va madaniyatini chuqur singdirishi, bu turli axborot xurujlariga nisbatan qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirsa, zamonaviy bilim ko‘nikmasiga ega bo‘lish esa o‘zgalar yaratuvchiliga nisbatan qaramlikdan qutqaradi. Texnologiyani ta’lim jarayonida qo‘llash uchun oliy ta’lim tizimida axborotlashtirilgan ta’lim muhitini shakllantirish lozim: -informatsion axborot muhitini tashkil etish; -axborotlashtirilgan ta’lim muhitini rivojlantirish; axborotlash-tirilgan ta’lim muassasasida axborot resurslarini tashkil etish; -axborot zahiralarini shakllantirish kabilar ta’lim jarayonini yanada mukammallashtirib tarakkiy ettiradi. Buning uchun yoshlarimizga ta’lim tarbiya berishning ta’sirchan usul-larini ishlab chiqishimiz hamda talaba-yoshlarimiz yangi bilimlar egallash-lari uchun zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanishlarini va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini e’tiborga olgan holda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling