Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


 Inson evolyusiyasida til va yozuvning ahamiyati


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

6.2. Inson evolyusiyasida til va yozuvning ahamiyati 
Til, insoniyat hayotida qachon, qay tarzda, qanday talab va ehtiyojlar 
asnosida vujudga kelgan.... degan savolga javob topish uchun hozirgi kunda 
insoniyat tarixi evolyusiyasiga doir manbalar bilan bir qatorda tilshunoslika oid 
imliy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish, qiyosiy o‘rganish vahokazolar orqali bu 
savolga javob topish mumkin bo‘ladi.
Bu bir qarashda zamonaviy inson ehtiyoj sezgan savolga javob topishga 
unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmaydi biroq, biz zamonaviy axborot internet tizimi 
yordamida hech bir qiyinchiliksiz savolga javob topish imkoniyati bor. 
Tarixiy manbalarga murojaat etsak ilk ibtidoiy inson o‘z fikrini o‘zi uylab 
topgan turli belgi vositalar yordamida va turli tasvirlar bilan o‘z fikrini bayon etishga 
harakat qilgan. Inson hayotida muhim ahamiyat kasb etgan til, yozuv va muloqot 
shakli shu tariqa paydo bo‘lgani to‘g‘risida mulohazar bor. 
Agar tilni paydo bo‘lish tarixi,evolyusiyasi haqida fikr yuritmoqchi bo‘lsak 
ilmiy o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Tilning ilk paydo bo‘lish masalasi, insoniyatni qadim zamonlardan beri 
qiziqtirib keladi, ammo, qadim davrlardan boshlab, tilning kelib chiqishi haqida 
ko‘plab nazariya va ta’limotlar bor. Lekin bu nazariya va ta’limotlar asosan ilmiy 
faraz sifatida tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzilkesil hal qilib bera 
olgani yo‘q. 
Til, insonlar o‘rtasida, jamiyatda aloqa va o‘zaro fikr almashishning muhim 
vositasi; tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va 
ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq a’zolari tomonidan aslidagiday 
tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga ma’lum va maqbul bo‘lgan 
tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida 
birga qo‘shilishi, birikishi haqidagi qoidalar to‘plami. Til-ijtimoiy hodisa, kishilar, 


78 
jamoalar o‘rta-sidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va 
G‘arb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan ta’kidlab kelinadi.
56
Biroq, 
bu til, nutq, yozuv va uning muhim elementlari inson evolyusiyasida muhim 
ahamiyat kasb etishi bilan birga million yillar davomida vujudga kelib, shakllangan. 
Nutqning paydo bo‘lish jarayonida har tovush yoki nutq bilan bog‘liq 
hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush, tilning universal xususiyatini 
ko‘rsatadi. Til, xususiyatiga ko‘ra uni tashkil etuvchi element-larning cheksiz 
muqobillashuvi, bu elementlarning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabati kuzatiladi. 
Til inson faoliyati mehnat jarayonida takomiliga yetib, mukammala-shib 
boradi, chunki inson o‘z faoliyati borasida so‘z yuritmoqchi bo‘lsa ko‘proq shu 
mehnat turiga oid so‘zlardan foydalanadi. Shu sababdan til, nutq va yozuv kabilar 
ijtimoiy ong bilan o‘zaro uzviylikda rivojlanib, so‘z va ifoda shakli boyib boradi. Til 
va nutq ifodalash jarayonida insonning ruhiy xolati, fikr dunyosi va tafakkuri ham 
bevosita, yoki bilvosita ishtirok etadi.
Til, tafakkur,dunyoqarash va ijtimoiy ong bilan aloqador va nihoyatda uzviy
chambarchasdir. Til belgilari-so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar- moddiy shakllar 
bo‘lib, ularda ongning ideal mahsullari-aniq tasavvur-lardan tortib eng mavhum va 
umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’ektiv tarzda o‘z aksini 
topadi. Shunday kilib, Til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki 
ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. 
Til - jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, 
insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro‘y beradigan barcha voqea hodisalar 
haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi.
57
Til, ayni ma’noda asrlar mobaynida shakllani, takomillashib borgan, bu 
borada halq og‘zaki ijodi namunalari ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Tumaris- massagetlar malikasi, milliy qaxramonimiz, tahminan erradan 
avvalgi 570- 520- yillar yashagan, ko‘chmanchi massagetlar va skif qabilalari 
sardori bo‘lgan. O‘rta Osiyo teritoriyasida yashagan, asosan ko‘chmanchi 
chorvadorlar bo‘lishgan, Tumaris xakida Gerodot, Strabon va Ior-dan singari 
qadimgi grek tarixchilari yozib qoldirgan. 28-yil xukmronlik qilgan buyuk Axmoniy 
Kir II bosqinchilik maqsadida keladi, uni asl maksadidan xabardor oqila va dono 
malika fors elchilari olib kelgan sovg‘alarini qaytaradi. Kir II makkorlik qiladi, u 
massagetlar yeriga lager qurib oz sonli qo‘shin va juda ko‘p sharob qoldiradi, 
malikaning o‘g‘li Spargapis bosh bo‘lgan oz sonli ko‘chmanchilar qo‘shini forslarni 
qirib tashiydi, umrida sharobni tatib ko‘rmagan massagetlar ichib mast bo‘lib 
kolishadi va jangsiz asr olinadi. Shaxzoda Srargapis Kirdan qo‘lidagi kishanlarni 
yechishni iltimos qiladi, kishandan ozod bo‘lgan Spargapis, darhol soqchiga xujum 
qilib qilichini tortib oladi va o‘zini o‘ldiradi, qaxrlangan malika o‘g‘li o‘limi uchun 
qasos olishini va Kir boshini qonga tuydirishni quyosh xudosi nomini o‘rtaga qo‘yib 
qasam ichadi. Gerodotning yozishicha bu tarixda ko‘chmanchi varvarlarni eng katta 
g‘alabasi edi.
56
Усмонов С, Умумий тилшунослик, Тил, 1972. Будагов Р. А., Человек и его язык, М., 1974 
57
Березин Ф. М., Головин Б. Н., Общее языкознание, М., 1979 


79 
Endi ushbu yozma manbani tahlil qilishga kirishamiz, avvalo ushbu tarixiy 
manba afsona, rivoyat yoki tarixiy haqiqatmi degan savolga javob izlab ko‘ramiz. 
Qadimgi gresiyada insoniyat tarixiga asos solgan Gerodot nafaqat o‘z yurti 
tarixiga doir, balki ularga yaqin xududda yashagan xalqlar hayotidan ko‘plab tarixiy 
manbalarni yozib qoldirgan. Jumladan, forsiylar va unga tutash xududlarda 
yashagan Markaziy Osiyo xalqlari, qolaversa o‘z mard va jasurligi bilan Gerodotni 
e’tiborini tortgan ko‘chmanchi masaget hamda sak qabilari tarixini chuqur 
o‘rgangan lekin, o‘zi bu yurtlarga kelmagan, sayohatchi, savdogar va yurtim tarixiga 
oid manbalarga tayanib yozgan. 
Aleksandr Makedonskiy tomonidan Markaziy Osiyo ishg‘ol qilinib, u 
hukumronlik qilgan davrda ikki xalq, davlat o‘rtasida savdo-sotiq va yahshi 
qo‘shnichilik a’loqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘plab grek savdogar, sayyoh va 
ziyolilari Markaziy Osiyo xududi bo‘ylab sayohat qilib, u to‘g‘risida ko‘plab tarixiy 
manbalar yozilgan. Jumladan, Strabon ham georgrif sifatida o‘z asarlarida yurtimiz 
iqlim sharoiti, relfi, tabiati va xalqlari ijtimoiy madaniy hayoti haqida qimmatli 
ma’lumotlar yozib qoldirgan. 
Chunki, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bilan shug‘ul-lanayotgan 
tarixchi olimlarning qarashlari bilan tilshunoslarning qarash-larida ma’lum darajada 
farq qiladi. Bu kabi bir xalq, millat o‘tmishiga qarashlarning o‘zgacha, farqli jihatini 
mavjudligi, birinchi navbatda, o‘zbek tilining manbalariga munosabat va 
qarashlarda ayon bo‘ladi. Tilshunoslar uchun o‘zbek xalqining etnogenezi dalillari 
ro‘yxatida birinchi bo‘lib yozuv va tilning paydo bo‘lish davri bilan bog‘liq bo‘ladi.
“Yozuvga alohida e’tibor qaratishning sabab shuki, uning ostida shu xalqning 
tili yashaydi. Birinchi navbatda, qadimgi turkiy tilga asos bo‘lgan dialektlardagi 
fonetik, grammatik va leksik birliklarning eski o‘zbek tilida davom etganiga
tayangan holda aniqlash mumkin. Qadimgi turkiy tilning qaysi dialektlar asosida
shakllanganini birinchi bo‘lib mashhur turkolog V.V.Radlov ilgari surgan
qadimgi turkiy dialektlarni tasnif qilgan edi. Bugungacha uning qarashlari
turkologiyada katta salmoqqa ega. Uningcha, qadimgi turkiy til uchta dialektdan
tashkil topgan: birin-chisi-qadimgi shimoliy dialektdir. Bu dialektda O‘rta Osiyo 
turkiy qabilalari so‘zlashgan bo‘lib, turk-sir dialekti degan nom bilan ham 
yuritiladi; sir-bu qipchoqlardir degan fikr turkologiyaga kirib keldi va o‘rnashdi
(o‘zbek xalqining katta qismini qipchoqlar tashkil qilganini bu o‘rinda isbotlab 
o‘tirishga urinish ortiqcha).
58
Demak, insoniyat tarixida yozuv, nutq va so‘zni kashf etishi bu tilning 
saqlanib qolishi va taraqqiy etishiga birinchi kafolat yozuv va undan keyin xalqning 
etnik jarayonidagi uzluksizlikdir. 
Yozuv-muayyan bir til negizida yuzaga kelgan ma’lum bir shakl, belgi yoki 
ifoda vositasiga nisbatan qabul qilingan va kishilar o‘rtasidagi muloqot-ning paydo 
bo‘lishiga xizmat qilgan. Yozuv- kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom 
ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi 
omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan 
58
Раҳмонов Н. “Минг йиллик, туман кунлик ёзувим” “Шарқ юлдузи” журнали, 2018 йил, № 2


80 
(tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga 
esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). 
Insoniyat o‘tmish hotiralari bilan barhayot, o‘tmishga bexurmat munosabatda 
bo‘lish shaxsning qanchalik manfur qilsa, ezgu maqsadga xizmat qiluvchi yangilikni 
ham tan olmaslik o‘zlikdan adashtiradi.
Hozirda oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun ularning 
kasbiy mahoratlarini oshirish borish, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakaga ega 
bo‘lish kerak. Yangi axborot texnologiya va dasturiy vosita-larni samarali qo‘llash, 
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyatini chuqur egalash zarur, soxaga doir 
so‘ngi yutuq va yangiliklardan habardor bo‘lishga esa xorijiy tilni o‘rganish, davr 
talabiga aylandi.
E’tirof etilganidek, yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiya-lash-
O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish-laridan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidla-ganidek, “yuksak 
ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta 
egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat 
hissini yuksaltirish, farzand-larimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni 
shakllantirishdan iborat”. 
59
Inson o‘z kelajagini porloq bo‘lishi uchun kelajagi to‘g‘risida bugun 
qayg‘urib, rivojlangan mamlakatlar yoshlaridan aslo kam emasman degan fikrga 
ishontirib, buning uchun mukammal ta’lim va tarbiya olish kerak bo‘ladi. 
Shuningdek fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integra-siyasini 
ta’minlash orqali, o‘qitishning zamonaviy vositalaridan foyda-langan holda ta’lim 
sifatini yaxshilash, talaba yoshlarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish 
va rivojlantirishga katta yordam beradi. Xususan, zamonaviy ilm-fan va axborot-
kommunikatsiyaning so‘nggi yutuq-lariga tayanish, yirik moliyaviy mablag‘lar va 
yuksak kasbiy mahoratga ega mutaxassislarning mavjudligi, bu boradagi yutuqlarni 
kafolatlaydi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling