Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Sharq xalqlari mentalitetning uzviyligi va o‘ziga xosligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК
4.2. Sharq xalqlari mentalitetning uzviyligi va o‘ziga xosligi
Sharq nuqtasi- quyoshning ufq(gorizont)qa ko‘tarilish tomoni yoki dunyo tomonlari, ya’ni dunyoning to‘rt asosiy nuqtasidan biri bo‘lib, shimolga qarab turgan kuzatuvchining o‘ng tomonida joylashgan. O‘zbek tilidagi xaritalarda Sharq, nemischada O (Ost) yoki ingliz tilida Ye (East) harfi bilan belgilanadi. Teng kunlik paytida quyosh Sharqiy nuqtasiga yaqin yerdan chiqadi. Osmon sferasida Sharq nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesishadigan ikkita nuqtaning biridir. Sharq xalqlari nafaqat turli tillarda so‘zlashadi balki, e’tiqodi ham turlicha bo‘lgan millat, xalqlarning har birining o‘z o‘tmish tarixi, sotsial-madaniy turmush tarzi bor. Bu kabi Sharq olamiga hos turlicha tasavvur, tafakkur va dunyoqarashga ega bo‘lganlik goho tanazzul va goho esa yuksa-lishlarga sabab bo‘lgan. Odamzod paydo bo‘lgandan buyon kurrai zamini ikki xil ehtiyoj, moddiy talab va ma’naviy ehtiyojning o‘zaro qarama-qarshiligi harakatga keltiradi. Bu kabi qarama-qarshilik yoki ziddiyat ham insonlar-ning turmush sharoitini belgilaydi. Bashariyat ibtidosida ya’ni, dastavval moddiy zaruriyat, hayotiy ehtiyoj tufayli ustivor ahamiyat kasb etgan edi. Sharqda insoniyatning ma’naviy dunyosi, tafakkurida yuksalish yasagan omillardan biri tabiat va odamzod hayotidagi o‘zaro uyg‘unlikning mavjud-ligi hamda mutanosiblikni idrok etish, bu olamning o‘ziga xos tartibotga egaligidir. Jumladan, tunning tong bilan o‘rin almashinuvi, daryolarning yuqoridan quyiga shiddat bilan yoxud ohista, sokin oqishi va yil fasil-larining bir-biri bilan tartbli tarzda o‘rin almashadi. Bu an’anaviy madaniyatga xos hayoti, turmush tarzi ammo ilm-fan va texnikani rivoji inson hayoti, turmush tarzini tubdan o‘zgartirdi. “Xitoy aholisi 1443981565 nafar, nafaqat aholi soni va zichligi bo‘yicha ham dunyoda yetakchi hisoblanadi. Xususan, 2021 yilgi ko‘rsatkichi bo‘yicha Xitoy aholisining 218 milliondan ortig‘i oliy ma’lumotli, 700 milliondan ko‘prog‘i esa o‘rta maxsus va 350 millionini boshlang‘ich ma’lu-motli hamda savodsizlar tashkil etadi. Shunga qaramay aholining jon boshiga yalpi mahsulot ishlab chiqarish darajasi 9770,85 dollar bo‘lib, aholi-ning jon boshiga o‘rtacha daromad 2700 dollarga to‘g‘ri keladi, o‘rtacha umr ko‘rish 74,8 yosh. Aholining qashoqlik darajasi 0.8 % ni, infilyatsiya ko‘rsatkichi esa 3 % tashkil etdi. Xitoyda hozirgi kunda har 4 kunda bitta qiymati 1 milliard AQSh dollarga teng bo‘lgan startap loyha yaratiladi. Eng kam oylik ish haqi 3900 yuan, bu 600 AQSh dollariga teng”-bu haqida halqaro valyuta fondining 2021 hisobotida keltirilgan. Mentalitet tushunchasi mazmun va mohiyatiga ko‘ra shaxs, sotsial gurux- larning aqliy qobilyati va ma’naviy-madaniy salohiyati bilan bog‘liq ekan. Demak, mentalitet ko‘plab omillar negizida shakllanadi, xususan, tafakkur, ma’naviyat va madaniyatga iqtisodiy omillarni ta’siridan turli tafovut-ning mavjud bo‘lishi tabiiy holdir. 49 Avvalom bor, har qanday shaxsni o‘z shaxsiy ehtiyoj va manfaatlari harakatga chorlaydi, o‘rta asrlarga hos chanqash, charchash yoki jismoniy ochlikni qondirishning ma’lum chegarasi mavjud bo‘lgan. Ammo yangi davrga kelib to‘kin, serhasham hayot tarzi va boylikka talpinish kabi moddiy ehtiyojlar egalladi. Shu tariqa mayishiy hayot ehtiyoji va zaruriyatlaridan ko‘ra, sabr, quvonoch va zavq- shavq kabi his tuyg‘ular o‘rnini o‘tkinchi his-tuyg‘ularga intilishlar egallab, inson ma’naviy qiyofasini o‘zgartirib yubordi. 2020-yil ko‘rsatkichlarga ko‘ra Xitoyning mehnatga layoqatlik aholisi-ning 43,5 foizi xizmat ko‘rsatish, 28,8 foizi sanoat va 27,7 foizi agrar soxada faoiyat yuritadi. Xitoyning yillik byudjet daromadi 3 622 313 dollar bo‘lib, AQShdan keyingi ikkinchi o‘rini egallaydi. Xitoy bank moliya sohasida ham yetakchi o‘rinda: ICBC, KVC, AboC va Bank of China kabi jahonda yuqori 10 talikdan o‘rin egallagan moliya, finans banklari mavjud. Shuningdek moliya aktivi 100 milliard dollardan yuqori bo‘lgan 30 dan ortiq bank moliya institutlari xalqaro miqyosda faoliyat olib boradi.. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling