E’tiboringizni «Qanday?» va «Nima uchun?» kabi savollarga qarating
Bu turdagi savollar suhbatdoshni xayolidagi fikrlarini tasvirlab ifodalashga chorlaydi. Ular sizga intervyu beruvchi shaxsning shaxsiy qarashlarini baholashga va o‘ylaganingizdan ham kengroq axborot manbalarini topishga yordam beradi.
Atamalarga aniqlik kiriting
Akronimlar (qisqartma so‘zlar) va texnik atamalarni barcha ham tushunavermaydi. Shuning uchun savollaringizda qisqartmalar va kasbiy jargonlar bo‘lishi kerak emas. Ularni qo‘llashni lozim, deb topsangiz, izoh berishni unutmang. Shuningdek «Yaqinda siz ishtirok etgan o‘sha konferensiyada…» degan umumiy misollardan ham qoching. Aynan o‘sha voqea haqida aytayotganingizni bildirish uchun konferentsiya nomi va u bo‘lib o‘tgan sanani to‘liq keltirishingiz muhimdir.
Suhbatdoshingiz qarashlarini e’tiborga oling
Savol berishdan oldin kim bilan gaplashayotganingizni o‘ylab ko‘ring. Uning savollaringizga munosabati va reaksiyasi qanday bo‘lishi mumkinligini oldindan taxmin qilib, savollaringizdagi unga tushunarli bo‘lmagan nozik tomonlarini aniqlang. Shundagina suhbatdoshingiz savollaringizga javob berishi uchun yaxshi sharoit yarata olasiz. Masalan, «Parik taqib yuradigan erkaklar haqida qanday fikrdasiz?» – deyishdan oldin albatta intervyu beradigan odamning boshiga razm soling.
Suhbatdoshingiz asosli javob bera oladigan savollar bering
Ma’lum bir sohaning professionali bo‘lgan suhbatdoshni tanlash javoblarning ham imkoni boricha foydali va kerakli bo‘lishi garovidir. Yetarli bilimga ega bo‘lmagan kuzatuvchining taxminiy fikrlari to‘g‘ri keladigan yoki aksincha to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. («Men voqea guvohi emasman, ammo shunaqa bo‘lishi mumkinki…»). Odatda bunday informatsiyani berish mumkin emas. Maqolada «mish-mish»larni keltirish kechirilmas holatdir.
O‘zingizni suhbatdoshingiz haqidagi tanqidlarga aralashtirmang
Suhbatdoshingizga og‘irroq savol berishdan uchun uni tanqid qiluvchilar tomoniga og‘ib ketmang. «Tanqidchilar fikricha,…», yoki «Sizga qarshi taraflarning ta’kidlashlaricha» kabi iboralar bilan suhbatdoshga murojaat qilganingiz ma’qul.
Bu bilan ham suhbatdoshingiz fikrini bilasiz, ham unga qarshi bo‘lganlar emas, balki haqiqat tarafda qolasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |