Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 245.54 Kb.
bet47/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

Maxsus atamalarga izoh bering
Agar suhbatdoshingiz o‘z nutqida akronimlardan (masalan, QFG, ya’ni qayd qilinmagan foiz uchun garov xat) yoki shu kabi noma’lum atamalardan foydalansa, uning mantiqiy fikrini tugatishini kuting. So‘ngra esa undan bergan javobiga aniqlik kiritishini so‘rang. «Menga bu so‘z notanish. Uning qanday ma’no anglatishini tushuntira olmaysizmi?» deyishingiz mumkin. Bu uslub «Siz men uchun juda ham qiyin tilda gapiryapsiz» deyishdan ko‘ra yaxshiroq.
Raqam va sanalarni aniqlashtiring hamda tekshiring
Odatda intervyu berayotganlar o‘z tug‘ilgan kuni yoki yoshi haqidagi aniq raqamlarga nisbatan boshqa ma’lumotlardagi raqam va sanalarga beparvolik bilan qarashadi. Shuning uchun intervyu davomida raqam va sanalarni qaytadan tekshiring. Intervyu so‘ngida esa suhbatdoshingizdan sizga kerak bo‘lgan informatsiyaning ishonchli va tekshirilgan yozma versiyasini qayerdan olish mumkin ekanligini so‘rang.
Umumiy xulosani aniqlashtiring
Suhbatdoshingiz: «Oxirgi 6 oy ichida bizning tumanimizda o‘n ikkita o‘g‘irlik sodir etildi. Bu hol jinoyatchilikning keskinlashuvini anglatadi”,- deyishi mumkin. Shunda siz undan bu ma’lumotni tasdiqlaydigan yana boshqa qanday isbot va dalillar borligini so‘rang. Balki u ishonchli va tekshirilgan yozma axborotlarga ega bo‘lmasdan, aksincha o‘z shaxsiy tajribasiga tayangan holda umumiy xulosa chiqarayotgan va raqamlarni taxminiy keltirayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Axborotning aniq manbaini keltirishini so‘rang
Agar suhbatdoshingiz savolingizga javob berolmasa, undan «Siz bu savolga javob olishni istasangiz, kimga murojaat qilgan bo‘lardingiz?» deb so‘rang. Bu ma’lumotni olishingiz mumkin bo‘lgan biror bir idora, firma yoki davlat organining umumiy nomi bilan cheklanib qolmasdan, aniq ism-sharif, telefon raqamlari va elektron manzilini ham berishini so‘rang.
Kengaytirilgan qo‘shimcha savollar
Ba’zi bir intervyu beruvchilar qisqa javob berishga harakat qilishadi. «Ha», «Yo‘q» yoki «Bo‘lishi mumkin» kabi javoblar intervyu oluvchilar uchun xuddi «tungi bosinqirash»ga o‘xshaydi. Jurnalist Ted Koppelning aytishicha, suhbatdosh qisqa javob berib, savoldan qochishi mumkin. “Uning zahirasida sizning savolingizdan ham ko‘proq «Ha» va «Yo‘q» degan javoblar topiladi. Bundan tashqari, u qanchalik kam gapirsa, undan siz uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha informatsiyani olish imkoniyati ham shunchalik kamayadi”, – dedi Ted Koppel. Quyida «Ha», «Yo‘q» yoki «Bo‘lishi mumkin» degan javoblardan qutulishingizga yordamlashadigan qo‘shimcha savollar turlari ko‘rsatilgan.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling