Voqealarni izchillik bilan gapirib berishini so‘rang
«Keyin nima bo‘ldi?», «Shundan so‘ng nima bo‘ldi?». Agar siz voqelikni qismlarga bo‘lib tashlasangiz, suhbatdoshingiz ko‘proq detallarni eslaydi. Bu usul «Aytingchi, nima bo‘ldi?», deb so‘raganingizdan ko‘ra samaraliroqdir. Kimdir, „Kuchli сeл quydi”, – deyishi mumkin. Agar shu yerda to‘xtab, voqeaning izchilligini so‘ramasangiz, sizda hech qanday foydali va qo‘llab bo‘ladigan tafsilotlar bo‘lmaydi.
Suhbatdoshingiz his-tuyg‘ularini tasvirlang
Faraz qiling, suhbatdoshingizning uyi bir oy oldin qasddan yondirilgan bo‘lsa-da, bugun u «Men hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman», – deyishi mumkin. Shunda siz undan „Kecha juda qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz kerak-a?”, – deb so‘rasangiz, uning kechagi ruhiy holatini yana jonlantirishingiz mumkin. Insonga ruhiy holati haqida eslatish uning xotirasida nafaqat o‘tgan voqeani, balki uning kechagi kechinma va o‘ylarini ham jonlantiradi.
O‘zingizni hamdard kishidek ko‘rsating
Ba’zi bir jurnalistlar «Sen menga dardingni ayt, men ham senga dardkash bo‘laman» usulidan foydalanishadi. Suhbatdoshingiz bilan dildan gaplashsangiz, u ham yuragidagi gaplarini sizga aytishi mumkin. Biroq, bu ruhiy konsultatsiyaga aylanib ketishi ham mumkin. Shuning uchun bu usuldan unchalik ko‘p foydalanmaganligingiz ma’qul.
O‘zingizni go‘ldek tuting
Xuddi shunday «bechoragina men» usulidan ham foydalanishingiz mumkin. O‘zingizni yaxshi tushunmayotgan qilib ko‘rsating. Bilmasligingizni kamtarona «Men huquqshunos emasman, ammo menimcha…» tarzida ifodalang. Bexabarligingiz sababli sizda paydo bo‘lgan ikkilanishni hal qilish uchun suhbatdoshingiz yanada oddiyroq tushuntirishga harakat qiladi va shu tariqa u yangi ma’lumot beradi.
Suhbatdoshingizni o‘z hissiy ta’sirchanligingiz bilan hayron qoldiring
Bu usul g‘ayrioddiy, ammo ba’zida ish beradi. Masalan, «Naqadar qabihlik!», «Qanday qo‘llaridan keladi-a?». Sizdan tasdiq emas, savol kutgan suhbatdoshingiz bu «nafrat»ingizga javoban o‘z-o‘zidan ta’sirlanib ketishii va masalaning siz kutmagan barcha tafsilotlarni aytib berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |