Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
O‘zingiz javobini biladigan savollar bering
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agar savol bermasangiz, javob ololmaysiz
- Aniqlik kiritadigan to‘ldiruvchi savollar
O‘zingiz javobini biladigan savollar bering
Agar suhbatdoshingiz gapni chalg‘ituvchilardan bo‘lsa, uning nuqtai nazarini aniqlash yoki tasdiqlash maqsadida bir nechta savol bering. «St.Petersburg times» gazetasining muxbiri Sandra Tomson keltirgan misolga e’tibor bering: «Men Sankt-Peterburgning yaxt-klubi yangi a’zolarni qanday qabul qilgani haqida lavha tayyorlamoqchi bo‘ldim. Klubning barcha a’zolari oq tanlilardan iborat edi. Men ulardan «Sizlarda qora tanli a’zolar bormi?» deya so‘radim. Ular kulib, noaniq tarzda: «Boshqa xususiy klublarda bo‘lganidek»,- deb javob berishdi. So‘ng men yana qitmirlik bilan, «Boshqa xususiy klublar qanaqa yo‘l tutishayotgan ekan?», deb so‘radim. Bu savollar axmoqona tuyulishi mumkin, ammo u so‘rashim muhim bo‘lgan savollardir. Bu shunchaki savol berish uchun emas, balki manba uchun, ya’ni shu odamning fikrini bilib olish va uni yetkazish uchun muhimdir. Agar savol bermasangiz, javob ololmaysiz Ko‘pgina jurnalistlar bilimsiz bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqib, oddiy savollardan qochishadi, chiroyli va jimjimador savollar tuzishadi. Oddiy savollar orqali qiziq javoblar olish imkoniyati borligini bilganlarida esa vaqt o‘tgan bo‘ladi. Bu haqda ABC telekanalining sobiq teleboshlovchisi va shu kunlarda „Discovery” kanalida faoliyat ko‘rsatayotgan 65 yoshli mashhur jurnalist Ted Koppel shunday deydi: „Intervyu oladigan kishi o‘zini go‘lday, hech narsani bilmagandek tutishi kerak”. Jurnalist intervyu olishdan oldin „iqtisod to‘g‘risida hech narsa bilmaydigan yoki tashqi siyosatni sariq chaqaga olmaydigan yohud hech qachon siyosatga aralashmaydigan bir necha million kishi doimo topiladi”, degan taxminga asoslanishi kerak. Bularning hammasi o‘sha odamlarning tushunchalari va xabardorligi doirasidan tashqarida. Bu narsa ularni u qadar jalb etmaydi». Shuning uchun juda kam savol bergandan ko‘ra, ko‘p savol berish yaxshiroqdir. Aniqlik kiritadigan to‘ldiruvchi savollar Siz savol berganingizda, suhbatdoshingiz bir necha soniyalar ichida ongli yoki ongsiz ravishda (1) javob berish-bermaslik; (2)qanday javob berish haqida bir xulosaga keladi. Siz ham xuddi shu tezlikda berilgan javob to‘la-to‘kisligi haqida bir to‘xtamga kelishingiz kerak. Agar javob sizni qoniqtirsa, keyingi mavzuga o‘tishingiz mumkin. Aksincha javob to‘liq bo‘lmasa, shu mavzuni ochib berishi mumkin bo‘lgan bir nechta to‘ldiruvchi savollar bilan murojaat qiling. Deylik, aerokosmik korporatsiya direktoridan intervyu olishga to‘gri keldi. U sizga zavod yonidan oqib o‘tadigan daryoga quyilgan zaharli kimyoviy moddalar manbaini bilmayman», – deyapti. Bu vaziyatda «Siz raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarishda zaharli ximikatlardan foydalanasizmi?» deya yaxshi to‘ldiruvchi savol berishingiz mumkin. So‘ngra: «Bu zaharli moddalar daryoga oqizilayaptimi?» – deb so‘rang. Undan keyin «Mutaxassislaringiz daryodagi zaharlanish darajasini kuzatib boradilarmi?», eng oxirida esa «Bu mutaxassislar hisobotida nima deyilgan?» deya savol berishingiz mumkin. Direktor «eslay olmayapman» deyishi tayin. Lekin hech bo‘lmaganda siz bir qancha sabab va bahonalrni oshkor qilgan bo‘lasiz. Agar u savolga javob berishdan bosh tortsa yoki gapni olib qochsa, lavhangizda uning xotirasi pastligini havola qilishingiz mumkin. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling