Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Jo‘rttaga noaniq yoki xato faktlarni keltiring


Download 245.54 Kb.
bet50/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

Jo‘rttaga noaniq yoki xato faktlarni keltiring
Intervyu beruvchi javob berishdan qochsa, uni soxta faktlar orqali suhbatga chorlang. «Eshitishimcha, bu yil hamkor tashkilot bilan avtomobil savdosidan bor-yo‘g‘i 500 ming dollar foyda ko‘ribsizlar. (Siz bilasizki, foyda 2 milliondan 3 milliongacha bo‘lgan). Odamlar suhbatdoshining xatosini tuzatishdan o‘zlarini tiya olmaydilar, ayniqsa, bu xatolar ularga shaxsan tegishli bo‘lsa.
Aytilmagan narsa esingizdan chiqmasin
Aqlli va tajribali suhbatdosh savollaringizga javob berishda gapni olib qochishi mumkin. Intervyu davomida vaqti-vaqti bilan bir necha sekundga xayolan chetga chiqib, nima unutilib qolganligi haqida o‘ylang. So‘ng tilga olinmagan mavzuga doir savol bering: «Menimcha, Siz … haqida eslatmadingiz».


Savolingizni takrorlang
Suhbatdoshingiz bilmagan holda yoki jo‘rttaga siz so‘ramagan savolga javob berishi mumkin. Agar u intervyuga qadar suzga taqdim qilishi uchun ma’lum bir informatsiya tayyorlagan bo‘lsa, undagi barcha ma’lumotlarni o‘rni bo‘lsa – bo‘lmasa, aytishga harakat qiladi. Bu ma’lumotlar sizga kerakli bo‘lmasa yoki mavzu doirasidan chetda bo‘lsa, «Lekin men bu haqda so‘ramagan edim» yoki «Savolimni qaytarishga ruxsat eting. Aminmanki, siz men nimani bilmoqchi ekanligimni tushunmadingiz», deb ayting. Agar intervyu beruvchi chindan ham javob berishdan qochayotgan bo‘lsa, «Kechirasiz, siz mening savolimga javob bermadingiz. Mening savolim…dan iborat edi», deya murojaat eting.
Tanqidchiligingizcha qolavering
Intervyu davomida suhbatdoshingiz javob bermasligi yoki chalg‘itishiga sabab bo‘ladigan narsalar haqida o‘ylab ko‘ring. «Siz menga buni jurnalist bo‘lganim uchun aytmayapsiz, shunday emasmi?» degan savol suhbatdoshingizni o‘z javobini izohlashga majbur etishi mumkin.
Besh soniyalik jimlikdan foydalaning
Og‘ir savoldan keyin besh soniyalik tanaffus suhbatdoshingizga o‘ylash, tahlil qilish va ko‘pincha siz kutmagan informatsiyani qo‘shish imkoniyatini beradi. Agar intervyu «non stop», ya’ni to‘xtovsiz shaklda o‘tsa, suhbatdoshingizning yana bir bor o‘ylab ko‘rish va kengroq javob berishiga vaqt bo‘lmaydi. Siz tomoningizdan qiziqqonlik va sinchkovlik nigohi bilan qilingan pauza orqali hayratda qoladigan natijaga erishishingiz mumkin. Mohir jurnalistlar xuddi shu usuldan foydalanib, o‘zini qiziqmagan qilib ko‘rsatib, „tajribali” suhbatdoshdan ham informatsiyani qo‘lga kiritadilar.
Hozirgi paytda zamonaviy tashkilotlar va ayniqsa xalqaro korxonalarga ishga hujjat topshirayotgan shaxslardan rezyume yuborishlarini talab qilishadi.
Rezyume fransuzcha so‘z bo‘lib, qisqacha izoh degan ma’noni bildiradi. Rezyume ishga hujjat topshirayotgan inson haqida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi va sharifi, ma’lumot darajasi, murojaat manzillari, tajribasi, qiziqishlari va hokazo. Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi. O‘zbek tilida bunday hujjat tarjimai hol va shaxsiy ma’lumotnoma deb ham atalishi mumkin, lekin uning shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir.
Rezyumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezyumega e’tibor qaratadi. YA’ni ishga hujjat topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun rezyume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezyume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi.
Agar rezyumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi. Rezyume iloji boricha bir varaqdan oshmasligi kerak. Har bir ishga alohida rezyume yozish maslahat beriladi. Rezyumeda asosan topshirilayotgan ishga taalluqli ma’lumotlarni berish kerak. Buning uchun topshirilayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab o‘rganib chiqing va tashkilotni o‘zini o‘rganishga harakat qiling.
Rezyumeda tug‘ilgan yil, jinsi va millatni yozish shaxsning o‘ziga bog‘liq. Ko‘plab tashkilotlar bunday ma’lumotni majburiy ko‘rmaydilar. Ba’zi kishilar rezyumega o‘z rasmlarini ham qo‘shadilar. Rasm qo‘yish ixtiyoriy. Agar ishga hujjat topshiruvchi talaba bo‘lsa unda kutilayotgan bitirish sanasini ko‘rsatishi kerak.Agar talabalik davrida qo‘shimcha tajriba orttirgan bo‘lsa, shuni ham yozish kerak.
Referat – mavjud matn yoki bir qancha matnlarni izohlovchi shakllaridan biri sanaladi. Shu boisdan, konspektdan farqli o‘laroq, referat yangi, muallif matn sanaladi. Ushbu holatda yangilik yangicha taqdim etish, materiallarni tartiblashtirish, har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirishda alohida mualliflik yondashuvi tushuniladi.
Shunday qilib, referatlashtirish o‘zida bir yoki bir qancha manbalarni turlashtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez qilishga asoslanib ma’lum bir savolni ifoda etishni mujassam etadi.

Referat – har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni o‘zida mujassam etadigan g‘oyalarni qisqacha yozma ko‘rinishdagi taqdimotidir.


( Referatning xususiyati:
- mufassal isbotlar, solishtirmalar, mulohazalar, baholarni o‘z ichiga olmaydi
- matnda yangi, muhim savollarga javob beradi.
Referat turlari
(Referat asosiy e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va dastlabki matnga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligini aniqlab beradi!
O‘quv fani bo‘yicha referat tayyorlash quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi:
O‘quv predmeti dolzarb nazariy masalalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga ushbu olingan nazariy bilimlarni ijodiy qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish.
Tanlangan kasbiy sohada xorij tajribalarini, mavjud sharoitlarda ularni amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlari va muammolarini o‘zlashtirish.
Tanlangan mavzu bo‘yicha har xil adabiy manbalarni (monografiya, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar va shu kabilar) o‘rganish qobiliyatini takomillashtirish va ular natijalari asosida tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil hamda bilimdon holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflar qilish.
Yozma ko‘rinishdagi ishlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
( Referat oddiy tarzda materiallarni ko‘chirish, bir yoki bir nechta manbalar materiallarini o‘g‘irlab ko‘chirish bilan hech qachon murosasa qilmaydi. Unda muallif tomonidan adabiyotni o‘rganish orqali o‘z fikrlari, qarashlari, xulosa va takliflari aniq tarzda ifoda etilishi lozim.
Taqriz - arabcha so‘z bo‘lib, “bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlsh” ma’nolarini beradi. Taqriz janrining bosh vazifasi - u yoki bu asarning tahlili orqali uning ilmiy jarayon va muallif ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash, unga xos bo‘lgan yutuq hamda kamchiliklarni isbotlash va baholashdan iborat. Taqriz badiiy yoki ilmiy asarlarga tanqidiy nuqtayi nazardan qarab beriladigan bahoning yozma bayonidir. U oddiy ilmiy maqolalardan tortib, dissertatsion ishlarga, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va monografiyalargacha bo‘lgan nashrlarni qamrab olishi mumkin.
Taqrizda himoyaga yoki nashrga tavsiya etilgan ishga atroflicha, batafsil munosabat bildiriladi, uning ijobiy va salbiy tomonlari xolisona ko‘rsatib o‘tiladi, himoyaga yoki nashrga tavsiya etilish yoki etilmaslik haqidagi munosabat aniq bayon etiladi. Dissertatsion ishlar himoyasini o‘tkazuvchi Ixtisoslashgan kengash yoki asarni bosib chiqaruvchi nashriyot bu kabi taqrizlarda aytilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, o‘z xulosalarini chiqaradi.
Taqrizning tarkibiy qismida uning qanday dissertatsion ish yoki nashrga tavsiya etilayotgan asar haqida gap borayotgani, taqriz degan so‘z (uning o‘rnida ayrimlar ba’zan mulohazalar so‘zini qo‘llaydi), keyin asosiy matn, uni yozgan kishining lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ismi, familiyasi, imzosi hamda yozilgan sana aks etadi. Imzo kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi.


Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling