7-MAVZU. MUTAXASSIS NUTQINING KOMMUNIKATIV SIFATLARI
Reja:
1. Kasbiy nutq haqida ma’lumot
2. Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi
3. 1. Nutqiy xatolar haqida tushuncha.
4. Nutqiy xatolar va uning turlari:
a) lug‘aviy-uslubiy;
b) morfologik-uslubiy;
d) sintaktik-uslubiy.
5. Xatolarni to‘g‘rilash va ularni oldini olish.
6. Nutqiy xatolarni to‘g‘rilash.
Mustaqil о‘qib-о‘rganish uchun adabiyotlar:
1. Qudratov. T.Nutq madaniyati asoslari. T., 1993
2. Rasulov.R. Husanov.N. Mо‘ydinov.Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T., 2006
3. Rasulov. R. Mо‘ydinov. Q.Nutq madaniyati. T., 2004
4. Nosirov. P. О‘zbek nutq madaniyati. 2004
5. Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati – T.: O’qituvchi, 2007
Tayanch sо‘z va iboralar:
Sо‘z matnning shakllanishi. Nutq madaniyati. Aniqlik, tо‘g‘rilik, ifodalilik va boshqa xususiyatlar. Sо‘zda va nutqda maqsadga erishish. Sinonim-ma’nodosh sо‘zlar. Frazeologizm ibora. Parafraza-tasviriy ifoda. Etiket-sifatlash.
Nazariy ma’lumot:
1. Nutq ma’lum bir sо‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki о‘qituvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi kо‘rinishidir. Nutq yetib borib, ta’sir kо‘rsatishi, har tomonlama yaxshi bо‘lishi uchun о‘z oldiga ma’lum talablar qо‘yadi. Bu talablar nutqning tо‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi tozaligi, tushunarli va maqsadga muvofiqligidir.
Har bir kasb egasi nutqining maqsadga muvofiqligi juda muhimdir. Mutaxassis nutqi maqsadga muvofiq bо‘lishini о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan notiq, albatta, nutqning yuqorida kо‘rsatilgan barcha kommunikativ sifatidan foydalana bilishi shart. Ta’sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vositalari hisoblangan metfora, metonimiya, sinekdoxa, о‘xshatish, etiket, takror va adabiy kо‘chimlarning, hamda maqol, matal, hikmatli iboralar, frazeologizmlarning ishlatilishi ham muhim rol о‘ynaydi. Nutqning komunikativ sifatlariga nutqning to’g’riligi, sofligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaliliyligi va tasirchanligi kiradi. Mutaxassis nutqining to’g’riligi uning adabiy til me’yorlariga mosligidir. Adabiy til me’yorlari ko’p tarmoqli bo’lgani uchun nutqning to’g’riligi ham bir qancha shartlarni o’zida qamraydi. To’g’ri nutq o’zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug’aviy so’z yasalishi Grammatik, uslubiy me’yorlarni mujassamlashtirgan bo’lishi lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to’g’ri nutq bo’la olmaydi. Mutaxassis nutqning to’g’riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Mutaxassis nutqi to’g’ri bo’lmasa boshqa komunikativ fazilatlari haqida ham gapirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |