Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


-MAVZU. SOHAGA OID TAQDIMOT NUTQI


Download 245.54 Kb.
bet56/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

8-MAVZU. SOHAGA OID TAQDIMOT NUTQI


Reja:
1. Sohaga oid taqdimot yaratish qoidalari.
2. Taqdimot nutqi.
3. Taqdimot nutqi etikasi.
4. Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari.
III. Mustaqil о‘qib-о‘rganish uchun adabiyotlar:
1. Qudratov. T.Nutq madaniyati asoslari. T., 1993
2. Rasulov.R. Husanov.N. Mо‘ydinov.Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T., 2006
3. Rasulov. R. Mо‘ydinov. Q.Nutq madaniyati. T., 2004
4. Nosirov. P. О‘zbek nutq madaniyati. 2004
5. Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati – T.: O’qituvchi, 2007
IV. Tayanch sо‘z va iboralar:
Sо‘z matnning shakllanishi. Nutq madaniyati. Taqdimot nutqi, internet tili, og‘zaki nutq, yozma nutq;
Nazariy ma’lumot:
Ommaviy axborot vositalari
Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiganutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.
Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq).
3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling