1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi.
2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi.
3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.
1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,
2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.
4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi.
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim:
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);
ixchamlik, harakatchanlik;
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);
moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi);
- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati).
Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |