Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
4. Hujjatlarning tasnifi. Qayq etilganidek, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Ularning yo‘nalishi, mazmuni-maqsadi, shakli-hajmi va boshqa bir qator sifatlari ham turlicha hamda o‘ziga xos lisoniy xususiyatlar bilan belgilanadi. Shu bois, hujjatlarning bu kabi xususiyatlarini chuqur tasavvur qilish uchun dastavval ularning tasnifiga e’tibor berish lozim bo‘ladi.
Manbalarda hujjatlarning turlicha tasnifiy shakllari qayd etiladi. I.. Hujjatlar avvalo yaratilish o‘rniga ko‘ra 2ga bo‘lib tasnif qilingan. Bular ichki va tashqi hujjatlar hisoblangan. Ichki hujjatlar ma’lum bir muassasaning o‘zida tuziladi va mazkur muassasagina tegishli bo‘lib, o‘zi uchun amalda foydalaniladi. Muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan, aksincha muassasadan boshqa tashkilot va shaxslarga jo‘natiladiganlari esa tashqi hujjatlar sanaladi. Ular boshqa muassasa va tashkilotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. II. Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ham 2 ga bo‘linadi. Bular soda va murakkab hujjatlardir. Sodda hujjatlar muayyan bir masala uchun tuziladi. Murakkab hujjatlar bir necha masalalarni o‘z ichiga oladi. III. Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar 3 xil bo‘ladi. Bular quyidagicha tasnif qilinadi: a) xususiy (shaxsiy-individual); b) namunali (tipovoy); v) qolipli (trafaretli) hujjatlar kabi. a)xususiy (shaxsiy) hujjatlar.Bunday hujjat faqat bir shaxs yoki fuqaroga xos bo‘lib, o‘sha shaxs tomonidan tuziladi. Bu hujjatning o‘ziga xosligi shundaki, matnning betakrorligi, hamisha ham bir andozaga mos kelmasligi, mazmun bayoni erkinligi uning asosiy belgisidir. Masalan, ariza, shikoyatnoma (shikoyat xati), bildirishnoma (bildirgi), xizmat yozishmalari kabilar. b)namunali (tipovoy) hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. v)qolipli (trafaretli) hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan to‘liq holda bosma matnda ifodalangan) axborotlar va ma’lum qismi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, ya’ni ba’zi o‘rinlari qo‘lyozma shaklda yoziladigan axborotlar. Qolipli (trafaretli) hujjatlar yozilmaydi, balki to‘ldiriladi, ya’ni tegishli o‘rinlarigina qo‘lyozma shaklda to‘ldiriladi. Qolipli hujjat turi boshqa hujjatlarga nisbatan ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘li sanaladi. Chunki bu tur hujjat matnlarini bir xillikka olib kelishi va hujjatlarni tayyorlash uchun keyadiganvaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli (trfaretli) hujjatlar tarzida hozirgi paytda ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari kabi ko‘pgina hujjatlar qo‘llanilmoqda. IV.Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: a0tashkiliy hujjatlar; b)farmoyish hujjatlar; v) ma’lumotsimon-axborot hujjatlari; g) xizmat yozishmalari kabilar. a) Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnoma kabilar tashkiliy hujjatlar sanaladi. b) Farmoyish hujjatlari guruhga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi. v) Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchagina katta guruhni tashkil qiladi. Bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi faoliyati ham faol. Dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlar ana shu guruhga kiradi. g) Xizmat hujjatlari va yozishmalari. Ushbu hujjatlar muassasa xodimlarining biri yoki bir nechtasi hamda mansabdor shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi. Bunday hujjatlar qatorida xizmat yozishmalari ham kiradi. Ular mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa bilan bog‘liq turli masalalarga xos talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar ham aks etadi. Aslida xizmat hujjatlari bilan xizmat yozishmalari mazmunida farq bor, albatta. Shu bois ularni xizmat yozishmalari deb ataydilar. Xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida yuqorida qayd etilgan guruhlardan keyin alohida guruh sifatida ham tasniflanadi. Xizmat hujjatlari tegishlilik jihatidan rasmiy hujjatlardir. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling