Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Ish yuritishning shakllantirilishi va takomillashishida asosiy omillar
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
3.Ish yuritishning shakllantirilishi va takomillashishida asosiy omillar.
Ish yuritishni shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim masala hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Jumladan, o‘zbek tilida hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada bilish zarur bo‘ladi. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman, faoliyati munshiylik bilan bog‘liq har bir kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizicha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekanlar. Ish yuritish o‘zbek tilida olib borilar ekan, agar mazkur xodimlar o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lmasalar, ular ish vaqtlarining hammasini – 100 foizini bu ishga sarflaganlarida ham ijobiy natijaga erishish qiyin. Afsuski, respublikamizda o‘zbek adabiy tilining rasmiy ish uslubi tilini o‘rganish bo‘yicha haligacha yetarli darajada ish qilinmagan. O‘zbek hujjatchiligidagi oqsoq o‘rinlardan biri hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Masalan, hujjatchilikning nomlanishi rus tilidagi “deloproizvodstvo” atamasini o‘zbek tilida “ish yuritish” tarjima qilingan holda qo‘llanilib kelinmoqda. Aslida tarixiy jihatidan qaraganimizda bu atamaning sharqona muqobili “munshiy” shaklda bo‘lgan. Sharq mamlakatlarida, jumladan, qadimiy Turkiston o‘lkasida (hozirgi O‘zbekiston hududlarida ham XIX asrlargacha) hujjatchilikda arabcha “munshiy” atamasi keng qo‘llanib kelingan. Buguna emas, bunday hol o‘zbek hujjatchilikda qabul etilgan “bildirgi” (bildirishnoma), “ma’lumotnoma”, “dalolatnoma”, “yo‘riqnoma”, “tavsifnoma” kabi o‘nlab atamalar borki, ba’zi tashkilotlarda bunga e’tiborsiz ravishda rus tilidagi “raport”, “spravka”, “akt”, “instruksiya”, “xarakteristika” kabi muqobillari qo‘llanilib kelinmoqda. V.G.Belinskiy aytganidek, o‘z tilida muqobili mavjud bo‘lgani holda chet so‘zini qo‘llash sog‘lom didni haqorat qilishdir. Xullas, hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda o‘zbek tilining asosiy qonuniyatlariga e’tibor berish lozim. Shuningdek, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida, muqobili topilmasa, sharqona muqobilda shakllantira boorish, umuman, iloji boricha hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab toppish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling