Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Hujjat nusxalari va ularning o‘ziga xos xususiyati, farqlanish darajasi


Download 245.54 Kb.
bet63/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

5. Hujjat nusxalari va ularning o‘ziga xos xususiyati, farqlanish darajasini ham bilish muhim. Bu jihatga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi.: a) qoralama-asl nusxa uchun tuzilgan xomaki shakli; b) asl-asosiy nusxa; v) ko‘chirma (ikkinchi) nusxa, ba’zan dublikat (asl hujjatning muqobil nusxasi) ko‘chirmasi ham bo‘ladi. Aksar hujjatlar dastlab qoralama (xomaki, taxminiy) nusxada tayyorlanadi. Bu nusxa xodimlar taklifi va istaklari asosida tuzatilib, o‘zgarishlar kiritilib qayta ko‘chirilishi mumkin. Aytish mumkinki, o‘zgartirishlar kiritilgach, qoralama nusxa hujjat huquqiy kuchga ega bo‘lmaydi. Uning ko‘pchilik ma’qullagan yoki o‘zgartirishlar bilan qabul etilgan shakli asosiy hujjat- asl nusxa sanaladi. Asl nusxa har qanday hujjatning asli-birinchi rasmiy nusxasi sanaladi. Ana shu hujjatdan ko‘chirilgan shakli esa ko‘chirma nusxa sanaladi. Asl nusxaning qayta tiklangan yoki zarurat uchun aynan ko‘chirma shakli dublikat nusxa sanaladi. Ularni farqlash uchun odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga “ko‘chirma”, “dublikat” degan atamalar bilan belgi qo‘yiladi. Shuningdek, hujjatchilikda aynan-asliy (faksimil) va erkin nusxa kabi farqlanuvchi shakllar ham mavjud. Aynan nusxa asl nusxaning barcha
Hujjatlarni tayyorlash uchun umumiy qoidalarning asosiylari 6.39-72 raqamli Davlat yagona standarti (GOST) da qayd etilgan. Ana shu Davlat yagona standartiga ko‘ra, tashkiliy – farmoyish hujjatchiligi, ya’ni tashkiliy, farmoyish ma’lumotsimon-axborot hujjatlari va xizmat yozishmalari zaruriy qismlar (rekvizitlar) ni o‘z ichiga olmog‘i lozim. Mazkur Davlat yagona standartida tashkiliy farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining quyidagidek to‘liq ro‘yxati belgilangan:
Respublikaning gerbi;
Vazirlik yoki idoraning nomi;
Muasassa, tashkilot yoki korxonaning nomi;
Tarkibiy tarmoqning nomi;
Hujjatning shakliga xos raqam;
Tashkilot yoki korxonaning alomati (emblemasi);
Tashkilotga xos raqam (kod);
Mukofot tasviri;
Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), pochta va telegraf adresati, teletayp raqami, bankdagi hisob-kitob raqami;
Hujjat turining nomi;
Sanasi;
Shartli raqami;
Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola;
Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi;
Hujjatdan foydalanishni cheklovchi belgi (“Maxfiy”, “Xizmat doirasida foydalanish uchun ” kabi);
Hujjatni oluvchi shaxs (adresat);
Tasdiqlash ustxati;
Munosabat belgisi (rezolyutsiya);
Matn sarlavhasi;
Nazorat haqidagi qayd;
Matn;
Ilova mavjudligi haqidagi qayd;
Imzo;
Kelishuv ustxati;
Rozilik belgisi;
Muhr;
Nusxani tasdiqlanishi haqidagi qayd;
Ijrochining familiyasi va telyefon raqami;
Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘ma jildiga yo‘naltiriliganligi haqidagi qayd;
Hujjatdagi ma’lumotlarni bosma shaklda ko‘chirilganligi haqidagi qayd;
Hujjatni kelib tushganligi haqidagi qayd.
Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qayd etilgan talablardan zaruriylari e’tiborga olinadi. Bu zaruriy qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta’minlash uchun qo‘llanadi. Shu narsa ham muhimki, ayni zaruriy qismlarning hujjatda joylashtirilishida qat’iy tartib mavjud. Zaruriy qismlarning qat’iy tartib asosida joylashishidagi ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhim. Mazkur 31 ta zaruriy qismning o‘ntachasi nisbatan ko‘p hujjatda qo‘llaniladi.
Hujjat muallifi (muasassa nomi rahbarning yoki shaxsiy hujjatning imzosi, ism-sharifi), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd kabilar asosiy zaruriy qismlardir. Amaliy mashg‘ulotlarda mazkur zaruriy qismlarning qo‘llanishi va ularning har bir hujjat turida joylashish tartibi bilan bog‘liq xususiyatlar batafsil tahlil etiladi.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling