Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar: Til, ijtimoiy funksiya, o‘zbek xalqining shakllanish tarixi, adabiy til taraqqiyoti, davrlashtirish, adabiy tili va sheva, o‘zbek adabiy tilining o‘rganilish tarixi.
Til ijtimoiy, doim o'zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Til faqat insonga xos hodisa bo'lib, insoniyatga tabiat tomondan ato qilingan buyuk ehsondir. Ana shu buyuk ehson kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo'lib, jamiyat uchun xizmat qiladi. Til faqat jamiyatda, odamlar jamoasi orasidagina mavjud, chunki til orqali insonlar o'z fikrlarini bildiradilar, fikr almashadilar, gaplashadilar. Til doimiy ravishda o'zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi hodisadir. Tilning taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog'liqdir. Jamiyat yo'q ekan, til ham bo'lmaydi va aksincha til bo'lmasa jamiyatda rivojlanish ham yo'q. Insoniyat uchun fikr almashish doimiy va hayotiy zaruratdir. Til jamiyatning asrlar davomidagi butun tarixi jarayonida shu jamiyatda yashovchi minglarcha avlodlar tomonidan yaratilgan bo'lib, jamiyat va uning a'zolari uchun baravar xizmat qiladi. Tilning adabiyot, san'at, umuman madaniyat kabi ijtimoiy hodisalardan farqi shundaki, ular ma'lum bir sinfning manfaatini ko'zlaydi, uning mafkurasini targ'ib qiladi, til esa jamiyatdagi barcha kishilar uchun bir xil xizmat qiladi. Til fikr bilan chambarchas bog'liqdir. Til ong kabi qadimdan mavjud. Fikr, ong paydo bo'lishi bilan til ham paydo bo'lgan. Bizning fikrlarimiz til (nutq) orqali ro'yobga chiqadi, boshqalarga anglashiladi, oydinlashadi. Ongimizdagi fikrlar oldindan tayyor holda mavjud bo'lmaydi, fikrlar so'z vositasida shakllanadi, so'z tushunchalarni ifodalaydi. Ammo ibtidoiy til tuzilish jihatidan sodda, mazmun jihatidan murakkab bo'lgan. Davrlar o'tishi bilan fikr, tushuncha rivojlangani sari til ham rivojlanib boradi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'zbek tili lug'at tarkibining beqiyos boyishi buning yorqin dalilidir. Ammo tilning grammatik qurilishi va tovush tizimi sekinlik bilan o'zgaradi.
Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Tilning asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o‘zaro bog‘lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisadir. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling