21-22 Mavzu:Nutqning turlari va funksiyalari.
Reja:
Nutqiy bayon etishning vujudga kelishi va tushunishi muammolari.
Ichki nutqning psixofiziologik tadqiq etish (A.N.Sokolov).
Nutqning paydo bo’lishi va tushunishini chuqur (semantik) va atroflicha (grammatik) strukturalari
"Transformasion” model va uni eksperimental tekshirish.
Til va nutqning rivojlanishi. Tilni o’rganish qoidalari.
Tilni rivojlanish sharxi. Tilning rivojlanish statistikasi va kritik bosqichlari.
Miya va til. Xayvonlarda intellektual xatti-harakatlar.
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o‘qituvchilar va murabbiylar);
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi (masalan: «Leksiya bo‘lmaydi», «Bugun bayram» — ta’sir qilishdan, ta’sir o‘tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi — intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam hayvonot olamidan farqli o‘laroqo‘zi xohamaliy, xohaqliy harakat bo‘lishidan qat’i nazar, uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi - bu kommunikatsiyadir.
Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o‘rna-tish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maq-sadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy top-shiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agardatil aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa, nutq esa aynan o‘sha jarayonning o‘zidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |