Mа`ruzа mаshg`ulоtlаrining tа`lim tехnоlоgiyasi


Download 50.53 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi50.53 Kb.
#1593033
1   2   3   4   5
Bog'liq
dars ishlanma

xususiyatlari”


Режа

    1. So‘fi Olloyor hayoti va ijodi manbalari

    2. Shoir lirikasi badiiyati

    3. “Sabot ul-ojizin” asari tahlili

    4. “Sabot ul-ojizin”- noyob badiiyat namunasi

    5. “Maslak ul-muttaqin” asari haqida

O‘quv mashg‘ulotining ta’limiy maqsadi: Talabalarga davr adabiy muhiti haqida bilim berish va shoir ijodini o‘rganish.


O‘quv mashg‘ulotining tarbiyaviy maqsadi: Janrlar taraqqiyotini tahlil qilish orqali talabalarda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Davr adabiy muhitining o‘ziga xos xususiyatdari haqidagi dunyoqarashini kengaytirish va rivojlantirish.
O‘quv faoliyati natijalari: So‘fi Olloyor hayoti va ijodining o‘rganishda adib ijodidagi etakchi g‘oyaviy badiiy xususiyatlari sharhlanadi.

  • shoir lirikasi badiiyati ochib beriladi.

  • “Sabot ul-ojizin” asari talqini yoritib beriladi.

  • “Sabot ul-ojizin”- noyob badiiyat namunasi ekanligi ko‘rsatib beriladi.

  • “Maslak ul-muttaqin” asari dalillab beriladi.



1-ilova




  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.

  2. Adizova I. O‘zbek mumtoz adabiyoti . – T.: Fan , 2009

  3. So‘fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. —T., 1990.

  4. So‘fi Olloyor. Sabot ul—ojizin. —T., 1991.

  5. Suvonqulov I. So‘fi Olloyor (hayoti va ijodi masalalari). -T., Fan, 1995.

  6. Raf idsinov S. So‘fi Olloyoming “Maslak ul-muttaqin” asari haqida. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1993. 2-son.

  7. Valixujaev B. Miyonkol adabiy muxitida So‘fi Olloyoming mavkei. “Muloqat” jurnali, 1996, 3-son.

  8. Sirojiddinov Shuhrat. So‘fi Olloyor ilohiyoti. 1-qism. -T., 2001.

  9. So‘fi Olloyor. Ko‘zing ibrat bila och. —Samarqand, 2002.

  10. Haqqul I. So‘fi Olloyor - mutasavvuf adib. Irfon va idrok. -T., 1998.








Har bir ma’ruza va amaliy mashg’uloti uchun 0,6 balldan 1 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi:


0,86-1 ball – “a’lo”
0.7-0.86 ball – “yaxshi”
0.6-0.7 ball – “qoniqarli”
0,5 ball – “qoniqarsiz”






Prezidentimiz IAKarimov "Ma’naviyati yuksak xalq buyuk davlatdir", degan edilar. Elning ma’naviyatini yuksaltiradigan, kamolga etkazadigan eng kuchli vositalardan biri esa adabiyotdir. Mustaqillik sharofati bilan millatga ma’naviy barkamollik baxsh etuvchi Hadisi shariflar, Ahmad Yassaviy, Huvaydo, Sо‘fi Olloyor kabi о‘nlab ijodkorlarimizning asarlari dasturlarga kiritildi. Ularni chuqur о‘rganib, yoshlar ongiga singdirish yо‘lga qо‘yildi.


Yurtimizning jahonga mashhur ulug‘ farzandlaridan biri Sо‘fi Olloyor 1644 yilda Samarqandning Minglar degan qishlog‘ida dunyoga keldi. Otasi Olloquli taqvodor kishi edi. О‘g‘lining bilim olishiga e’tibor beradi. Olloyor dastlabki ta’limni masjid maktabida oladi. О‘n yoshlarida Buxoroga borib Jо‘ybor shayxlari huzurida о‘qiydi. U eda о‘n besh yil mobaynida turli ilm va kasblarni о‘rganadi. Buxoroda uylanadi. Muhammadsodiq, Amina, Halima degan farzandlari bо‘lganligi haqida ma’lumot bor.
Olloyor 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir bо‘lib ishlaydi. Bir necha yiddan sо‘ng Buxoro ulamolaridan shayx Navrо‘zga murid bо‘ladi. Tariqat yо‘liga kiradi. U shayx qо‘lida 12 yil tahsil oladi. Sharq mamlakatlarida mashhur olim, karomatlar kо‘rsata oluvchi vali darajasiga kо‘tariladi.
Sо‘fi Olloyor dini islom qonun-qoidalarini, tasavvuf ta’limoti mohiyatini, gо‘zal insoniy axloq mezonlarini yorituvchi bir qancha asarlar yaratgan. "Maslak ul muttaqin", "Sabot ul-ojizin", "Murod ul-orifin", "Maxzan ul-mute’in" kabi asarlari shular jumlasidandir.





Download 50.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling