Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

 
3.6. Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya 
siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko‟chishini hisobga olish. 
Mamlakatda investitsiya faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan, tashqi iqtisodiy, investitsiya 
faoliyatini tartibga soladigan, chet el investitsiyalari va investorlarining huquqlari va manfaatlari 
himoyasini 
kafolatlaydigan 
bir 
qator 
qonunlar 
qabul 
qilingan, 
investitsiya 
muhiti 
takomillashtirilmoqda va qo‘shma korxonalar hamda firmalar tashkil qilish bo‘yicha izchillik bilan 
faoliyat yuritilmoqda. Bu yo‘nalishdagi g‘oyat muhim vazifalardan biri kapital qo‘yilmalarning 
samarali yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Bunda o‘zaro manfaatlar, sheriklarga davlat kafolatlari 
berish; valyutaning erkin almashtirilishiga erishish, bank, transport, telekommunikatsiya 
infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatdan eksportni valyuta bilan tartibga solishning qulay 
sharoitlari joriy qilinganligi hisobiga olinadi.
Hozirgi bosqichda chet el kapitalini milliy 
iqtisodiyotga kiritishda mavjud ikki strategiyadan (import o‘rnini bosuvchi, eksportni 
kengaytiruvchi) birini – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni eksportni kengaytiruvchi 
mahsulotlar ishlab chiqarishga qo‘yishni tanlash kerak. Mahsulotlar eksportini kengaytirish siyosati, 
bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o‘z 
navbatida jo‘shqin iqtisodiy faoliyatga undaydi. 
Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash 
sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko‘chib yurishi, xalqaro 
raqobatning paydo bo‘lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo‘lib, 
qaytmas jarayon hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o‘zga 
iqtisodiyotga muayyan muddatga bog‘lash bo‘lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan 
farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va 
natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi. 
Kapitallarning mamlakatlar bo‘ylab ko‘chib yurishidagi asosiy xarakatlantiruvchi motiv - 
ularni safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Ishlab chiqarishni chet ellarga 
chiqarishning kuchayishi, chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotga kirib kelishini 
iqtisodiyotlar rivojlanishini jadallashtiradigan jarayon tarzida baholash kerak. Chet el 
investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning zaruriy va muhim 
manbai bo‘lgani holda, o‘zi bilan birga, juda ko‘p payqaladigan va sezilmaydigan aktivlar, turli-
tuman texnologik, axborot, moliya oqimlarini, menejment malakalarini, jahon bozorlaridagi ish 
tajribalarini va boshqalarni olib kiradi. Ularga mamlakatlararo harakatlanish, ya‘ni ko‘chib yurish, 
faoliyat yuritishning huquqiy shart-sharoitlarini almashtirish, qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish 
va aniq maqsadlar xos. Demak, chet el investitsiyalari migratsiyasini milliy investitsiya siyosatini 
olib borishda va ularni amalga oshirishda albatta hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ularni jalb qilish 
importyor mamlakat byudjetiga soliq, ijara va boshqa tushumlarni ko‘paytiradi. Ular yangi ish 
o‘rinlarini tashkil qilishga, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, jahon bozorlarida o‘rnashib 
olishga yordam beradi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqib kelishini rag‘batlantirish, mamlakat 
qonunchiligini takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanishning uzoq 
muddatli maqsadli dasturiga muvofiq amalga oshirilishini talab etadi. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni yangi loyihalarga jalb etish va O‘zbekiston mintaqalarida xususiy sektorni 
yuksaltirish, ayniqsa qishloq hududlarida qo‘shma korxona tashkil qilish yo‘nalishlarida amalga 
oshirilishi bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biridir. 
Ma‘lumki, jahondagi biron-bir davlat xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiyotga 
hamda iqtisodiyot rivojiga erisholgan emas. Shuning uchun ham bu ish bizning iqtisodiy 
siyosatimiz ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Biz bu siyosatni quyidagi tamoyillar asosida 
qurmoqdamiz: 
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 


O‘QUV MATERIALLARI 
31 
- Respublika iqtisodiyotiga kapital mablag‘larni jalb etishni ta‘minlovchi huquqiy asos, 
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish; 
- jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni etkazib beruvchi hamda xalq 
xo‘jaligining zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko‘maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga 
nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish; 
- mablag‘larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq eng 
muhim ustuvor yo‘nalishlarga sarflash. 
2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH dollariga teng 
investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan 
qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda
26

Xorijiy sarmoyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda oldindan belgilanib olingan 
tamoyillarga asoslangan holda investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi vujudga 
keltirildi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etildi. Imtiyozlar va rag‘batlantirish 
omillari belgilandi: 

ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30 foizni tashkil 
etadigan korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan 
ikki barobar kamroq to‘lash huquqi berildi; 

Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan besh 
yil muddatga ozod etildi; 

xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalar 
daromadining 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismi soliqdan ozod etildi; 

o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga olib ketish imkoniyati berildi; 

O‘zbekiston hududida qo‘shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan 
korxonalarning ustav fondiga hissa qo‘shish uchun mol-mulkni chetdan boj to‘lovlarisiz olib kirish 
ruxsati berildi; 

jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, xorijliklarning davlat mulkini xususiylashtirish 
jarayonida, shu jumladan ko‘chmas mulkning keng miqyosda sotilishida bemalol ishtirok etishlarini 
ta‘minlash; 

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanish va ularni 
tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish belgilandi. Bular bilan birgalikda xorijiy 
investorlarga ularning mol-mulklarini davlat ixtiyoriga olish va musodara qilishdan xalos etish 
uchun kafolatlar berildi. Ularning o‘z faoliyati natijasida olgan foydasini va boshqa pullarni chet 
ellarga o‘tkazishlariga, olingan foydani respublika hududida qayta investitsiya tarzida ishlatish, 
respublika banklarida schyotga va unda har qanday valyutada cheklanmagan miqdorda mablag‘ga 
ega bo‘lish imkoniyati kafolatlandi. 
26
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar 
strategiyasini ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling