Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

1.2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning 
tasniflanishi.
 
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun 
alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi. 
Birinchidan, qo‘yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. 
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va 
nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. 
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lib, 
ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘z 
mablag‘lari bilan birga qarzga olingan mablag‘lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag‘ 
olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag‘lari ajratayotgan bank bajaradi. 
Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini 
(NIOKR) 
amalga 
oshirish, 
yangi 
mahsulotlarning 
namunalarini 
yaratishga 
sarflarni 
mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou 
berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarni 
ko‘pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.
Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning 
firma ustidan nazorat va ta‘sir doirasi belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha 
ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi 
belgilariga ko‘ra tasniflangan: qo‘yilma obyektlariga ko‘ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga 
qarab; investitsiyalash davri bo‘yicha; mulkchilik shakllari bo‘yicha; hududiy belgisi bo‘yicha (1.1-
rasm). 
15
Z. Bodie, A. Kane, A. Marcus. Investments.−10th Edition. McGraw-Hill Education, New York, 2014. р. 1. 
16
Кэмпбелл Р. Макконелл, Станли Л. Брю. Экономикс, принципы, проблемы и политика. 2-том. – М.: 
«Республика», 1992. – С. 388.
17
Мертенс А.В. Инвестиции: курс лекций по современной финансовой теории. – Киев: Киевское 
инвестиционное агенство, 1997. 71 стр.


O‘QUV MATERIALLARI 

Rus iqtisodiy adabiyotlarida
18
portfel (aktsiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli 
qog‘ozlarga, shuningdek, boshqa korxonalarning aktivlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar) va real 
(faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni ta‘mirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi 
korxonalar barpo etishga yo‘naltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday sharoitda 
investor-korxona mablag‘ kirita turib, o‘zining ishlab chiqarish kapitalini, ya‘ni asosiy ishlab 
chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni ko‘paytiradi 
(oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o‘zining moliyaviy kapitalini, ya‘ni 
qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko‘paytiradi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling