Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

2-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va 
asosiy bosqichlari 
Reja: 
2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo‘nalishlari. 
2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari. 
2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari. 
Tayanch iboralar: investitsiya jarayoni, multiplikatsion samara, investitsiya loyihasi, biznes 
reja, ustav kapital, investitsiya loyihasining hayotiylik davri 
2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va 
yo‟nalishlari 
Ma‘lumki, investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin 
almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo‘ladigan ketma-ket 
harakatlarning majmuini anglatadi. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qaerdan 
yoki nimadan boshlanadi? Yoki qaerdan «start» oladi? Biz, ko‘pchilik iqtisodchilarning 
investitsiyalashning asosini jamg‘armalar tashkil qiladi, degan fikriga qo‘shilamiz. Shu nuqtai 
nazardan olib qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg‘arma tashkil qiladi. Bundan 
ko‘rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg‘armalar bo‘lishi talab etiladi. 
Jamg‘armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo‘qqa chiqaradi va investitsiyalash to‘g‘risida 
so‘z yuritishning hojati ham bo‘lmaydi. Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni 
jamg‘arish jarayonini ham birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, 
investitsiya qilishdan oldin resurslarni jamg‘arish zarur bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida, bozor 
munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va 
bu jarayonda bir xo‘jalik subyektning resurslarni jamg‘arishi boshqalari uchun investitsiya 
qo‘yishdan iborat bo‘ladi, ya‘ni Xasanning daromadi, Xusanning xarajati bo‘ladi. Masalan, 
xo‘jaliklar, ko‘p hollarda, investitsiya qo‘yish uchun o‘z mablag‘lari etmaganda qimmatli qog‘ozlar 
chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg‘arishdir, ammo qimmatli qog‘ozlarni sotib 
oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni 
jamg‘arish va ularni qo‘yish bilan bog‘liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo‘ladi.
Investitsiyalarning g‘oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion
21
samaraga 
(hodisaga) sababchi bo‘ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko‘ra, investitsiya, iste‘mol 
va milliy daromad o‘rtasida barqaror bog‘liqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat 
boshlang‘ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning 
daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning 
daromadi bo‘ladi), bu, o‘z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish hajmining o‘sishini ta‘minlab 
beradi. 
Bir vaqtning o‘zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab 
chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko‘proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular 
yana qaytadan iste‘mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda 
ko‘proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini 
ta‘minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo‘lmasligi zarur, aks holda, 
pulni investitsiya qilgandan ko‘ra jamg‘arish qulay bo‘ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti 
ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Mazkur ko‘rsatkich daromad o‘sishi bilan investitsiya o‘sishi o‘rtasidagi 
bog‘lanishni ifodalaydi, ya‘ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi 
ham susayadi.
21
Multiplikator (ingl.) – ko‘paytiruvchi. 


O‘QUV MATERIALLARI 
15 
Daromad o‘sishining investitsiyaga ta‘sir doirasini ko‘rsatish maqsadida iqtisodchilar 
akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator
22
– investitsiyalar o‘sishining milliy daromadga 
nisbatini ifodalovchi koeffitsient bo‘lib, u joriy yildagi investitsiya o‘sishining o‘tgan yilgi milliy 
daromad o‘sishiga nisbati tarzida aniqlanadi. U daromadning o‘sishining investitsiya o‘sishiga 
ta‘sirini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiya jarayonining mohiyatini yoritganda uni jamg‘arish 
(resurlar), qo‘yish (xarajatlar) va foyda (daromad) olishdan iborat dinamik jarayonda olib qarash 
lozim. Investitsiya jarayonining asosida investitsiyadagi ketma-ketlik, ya‘ni resurslar (jamg‘arish) – 
investitsiya qo‘yish (xarajatlar) – foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishi ketma-ketligi 
yotishi kerak (2.1-rasm). Ammo, bu erda shu narsani e‘tiborga olish lozimki, daromad investitsiya 
jarayonida emas, balki ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi. Yaratilgan daromadning bir qismi 
iste‘mol qilinadi, qolgani jamg‘ariladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling