Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

 
2.1-rasm. Investitsiya jarayoni 
Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish uchun mol-
mulklarning kapitallashuvini ta‘minlash maqsadida investorlarning resurslarni jamg‘arish va ularni 
turli shaklda qo‘yish bilan bog‘liq harakatlari yig‘indisi, deb tushunilishi kerak. Bu jarayon 
jamg‘arish (resurslar) – investitsiya qo‘yish (xarajatlar) – mol-mulk kapitallashuvi – iqtisodiy yoki 
ijtimoiy samara ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Albatta, bu holatda pul shaklida qo‘yilgan 
investitsiyalar mol-mulk kapitallashuvini anglatmaydiku?, degan savol tug‘ilishi mumkin. Shuni 
alohida qayd qilish lozimki, investitsiya jarayonining natijasida pul mablag‘lari, oxir-oqibatda, 
kapital mol-mulklarning kapitallashuviga olib keladi. Chunki, investitsiya qo‘yishdan maqsad 
daromad olish ekan, faqatgina mol-mulklarning kapitallashuvigina daromad olish uchun sharoit 
yaratadi. Shuning uchun ham pul mablag‘lari, aktsiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy shaklda 
investitsiya qilishdan maqsad mol-mulklarning kapitallashuvini ta‘minlash, ularni yangilash va 
zamonaviylashtirishdan iborat. 
Umumlashtiradigan bo‘lsak, resurslar, ularni qo‘yish va bu jarayon natijasida foyda 
(daromad) olish bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, investitsiya qilishdan oldin resurslar 
jamg‘ariladi, so‘ng ular foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olish maqsadida iqtisodiy va boshqa 
faoliyat obyektlariga joylashtiriladi. Resurslarsiz qo‘yish jarayoni bo‘lmaydi, resurslar qo‘yilmas 
ekan foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olish ham mumkin emas va shuningdek, resurslar 
qanday turda bo‘lishidan qat‘iy nazar ularning manbai daromaddir. 
Demak, yuqorida aytib o‘tilganidek, resurslar (jamg‘arish) – investitsiyalashning bosh 
nuqtasidir. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, shakllaridan qat‘iy nazar investitsiyalar kapitalni 
(resurslarni) jamg‘arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg‘arish investitsiya qo‘yishning asosi 
bo‘lib, u qo‘yiladigan investitsiyalarning hajmini ham belgilab beradi. 
Fikrimizcha, investitsiya faoliyatida investitsiyalarning ketma-ketligi 
va ularning 
o‘zgaruvchanligi, ya‘ni resurslar (qiymatliklar) – qo‘yish (xarajatlar) va investitsiya natijasida 
samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak. Agar samara olinmasa investitsiyalashga rag‘bat ham 
bo‘lmaydi.
Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo‘ladi: resurslarni kapital qo‘yilmalarga 
aylantirish (resurslarning kapitallashuvi), ya‘ni bunda investitsiyalar investitsiya faoliyatining aniq 
22
Akselerator (lot. asselero – tezlataman). 
Resurslarni 
jamg‘arish 
Investitsiya qo‘yish 
(xarajatlar) 
Resurslarning
kapitallashuvi 
yoki mahsulot 
ishlab chiqarish 
Foyda (daromad) 
olish yoki ijtimoiy 
samaraga erishish 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling