Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

 
2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari 
Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va 
asosiy kapital qiymatini ko‘paytirish maqsadida investor tasarrufida bo‘lgan korxona aktivlari. 
Mohiyat jihatdan «qimmatli qog‘ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar), ya‘ni 
moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi»
24
.
Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad 
keltiruvchi obyektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta‘minlanadi. Ushbu 
bozor o‘zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy 
(portfel) investitsiyalar amal qiladi-ki, ular qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Moliyaviy investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
24
Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд. – М.: «Дашков и К
0
», 2006. – С. 14.


O‘QUV MATERIALLARI 
20 
2.2-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari 
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo‘lgan bo‘sh pul 
mablag‘laridan samarali foydalanishni ta‘minlaydi. Moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq 
muddatli investitsiyalarga ajratiladi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan 
ko‘p bo‘lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‘ozlar, ular, odatda, bozor 
(likvidli) qimmatli qog‘ozlari, deb ataladi. 
Hozirgi iqtisodiy sharoitda jalb etilgan mablag‘lar hisobiga investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog‘ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga 
amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bank kreditlari qarz mablag‘lari tarkibiga kiritilsa ham, bu 
manbani jalb qilingan mablag‘lar tarkibiga kiritish mumkin, chunki bank krediti investitsiya 
faoliyatini moliyalashtirish uchun chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi.
Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo‘llanilishi mumkin: pul, valyuta, kredit, qimmatli 
qog‘ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli 
qog‘ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini qondirishning eng samarali va keng tarqalgan 
usullaridan biri hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori, bir tomondan, iqtisodiyotning xo‘jalik subyektlari uchun 
moliyaviy ta‘minlanish manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aholi va xo‘jalik subyektlarining bo‘sh 
turgan mablag‘larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul mablag‘larini qayta taqsimlovchi 
mexanizmdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat 
yuritayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun turli shakldagi va hajmdagi investitsiyalar kerak 
bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari 
o‘rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini bajarmoqda. 
Jalb etilgan mablag‘lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim 
manbalaridan biri bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi. Bo‘sh turgan 
mablag‘larni aksiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat budjetiga yo‘naltirish qo‘shimcha mablag‘ga 
bo‘lgan ehtiyojni qondirishga olib keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag‘larini qayta 
taqsimlaydigan samarali iqtisodiy mexanizm kerak bo‘ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar 
harakatini ta‘minlab, iqtisodiy o‘sishga sharoit yaratadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling