Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

Investitsiya jarayoni 


O‘QUV MATERIALLARI 
16 
obyektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi; qo‘yilgan mablag‘larning kapital qiymati 
o‘sishiga aylanishi (ekspluatatsiyaga berilgan obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari shaklida); 
kapital qiymatining daromad (foyda) shaklida o‘sishi, ya‘ni investitsiyalashning oxirgi (so‘nggi) 
maqsadi amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, investitsiyalarning bosh va oxirgi nuqtalari tutashadi. Bunda yana ketma-
ketlik, bir-biri bilan yangi aloqa shakllanib: daromad (foyda) – resurslar – oxirgi natija, ya‘ni 
jamg‘arish jarayoni takrorlanadi. Demak, investitsiya faoliyatining mohiyatini tushunishda 
jamg‘arish (resurslar), investitsiya qo‘yish va ularning kapitallashuvi jarayonlarini ham birga olib 
qarash lozim.
Investitsiya faoliyati investitsiyalash va investitsiyalarni, mulkni ko‘paytirishning asosi 
hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga 
o‘tadi, ya‘ni jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), 
iqtisodiy yoki ijtimoiy samara (daromad, foyda) va kapitalni o‘stirish (jamg‘arma) shaklini oladi.
Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki, investitsiya jarayoni 
maqsadli, maqsadli harakatni namoyon etmaydi, balki, umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va 
mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati aniq maqsadga asoslangan bo‘lib, maqsadlarning turlariga 
qarab, turlicha yo‘nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo‘ladi. Investitsiya faoliyati biznes-
g‘oyalarni yaratish, ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash, investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa asoslarini aniqlash va 
ta‘minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi, mulkning yanada ko‘payshiga erishish 
hamda bu jarayonda ma‘lum subyektlar ishtirokini ta‘minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks 
ettiradi. Shu jihatdan investitsiya faoliyati investitsiya jarayoniga nisbatan kengroq tushuncha 
hisoblanadi. 
Qo‘yiladigan resurslarning turlariga qarab, investitsiya resurslari qo‘yidagi shakllarda bo‘ladi: 
– pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, aktsiyalar va boshqa 
qimmatli qog‘ozlar; 
– ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy 
boyliklar) hamda ularga doir huquqlar
– intellektual mulk obyektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, 
texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil 
etish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau; 
– yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan 
foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar; 
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar. 
Investitsiyalash maqsadlari ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan, texnik-
iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish rejalari kabi jihatlarga asoslangan, turli 
moliyaviy manbalar mablag‘lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks hujjatlar asosida 
shakllantiriladigan investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi.
G‘arb adabiyotida
23
investitsiyalashning eng keng tarqalgan to‘rt maqsadi keltiriladi: joriy 
daromadni ko‘paytirish; kelgusida yirik xarajatalar uchun mablag‘ jamg‘arish; pensiya fondlarida 
mablag‘ to‘plash; daromadlarni soliqqa tortishdan himoyalash. 
Keltirilgan ro‘yxatda investitsiyalash maqsadlarida manfaatlar ustuvorligi yaqqol va shu 
sababli uni sharhlashga zarurat yo‘q, deb hisoblaymiz.
Umuman olganda, investitsiyalash maqsadlarini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 
– yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; 
– ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatishini kengaytirish; 
– ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 
– davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni mahsulot va xizmatlar bilan ta‘minlash.
Bundan ko‘rinadiki, investitsiyalash maqsadlari turlicha bo‘lib, ular, oxir-oqibatda, mamlakat 
iqtisodiyoti taraqqiyotini ta‘minlash imkonini beradi.
23
Гитман Л.Дж., Джонк М.Д. Основы инвестирования. Пер. с англ. – М.: «Дело», 1997. – С. 144. 


O‘QUV MATERIALLARI 
17 
Investitsiya resurslarining taqchilligi sharoitida ustuvor yo‘nalishga ega bo‘lgan loyihalar 
qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda (fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, 
maorif va h. k.) ishlab chiqilishi lozim.
Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiya sohasida faoliyat ko‘rsatib, bu yerda ular 
tomonidan investitsiyalar amalga oshiriladi. Investitsiya sohasi tarkibiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
– kapital qurilish sohasi (bu soha buyurtmachi-investorlar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar, 
uskuna etkazib beruvchilar va boshqa tegishli tashkilotlar faoliyatini birlashtiradi); 
– innovatsiya sohasi (ilmiy-texnik va intellektual salohiyat amalga oshiriladi); 
– moliya kapitali muomalasi sohasi (qimmatli qog‘ozlar va boshq.); 
– investitsiya faoliyati subyektlarining mulkiy huquqlarini amalga oshirish sohasi.
Investitsiya loyihalarining ishlab chiqilishi turli tarmoqlarda olib borilishi mumkin. Masalan: 
1. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashda agrosanoat ishlab chiqarishini 
barqarorlashtirish va oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirish kabi investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi 
mumkin. Bu loyihalar don xo‘jaligini rivojlantirish va takomillashtirishga, chorva mollari 
mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlashda, sotishda, saqlashda yo‘qotishlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi lozim.
2. Mashinasozlik sohasida ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari 
energiyani kam sarf qiluvchi mashina va uskunalar bilan ta‘minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
3. Qurilish sanoatida investitsiya loyihalari, asosan, yakka tartibdagi va umumiy qurilish 
uchun kerak bo‘lgan sifatli va arzon qurilish materiallari bilan bozorni to‘ldirish, sanoat qurilish 
materiallari korxonalarini kam energiya sarf qiluvchi texnologiyalar bilan ta‘minlash va qayta 
qurollantirish, xom ashyo bazasini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
4. Aloqa va informatika tarmog‘idagi korxonalarda loyihalar, ko‘pincha, uni texnik qayta 
qurollantirish va elektr aloqa tarmog‘ini ta‘mirlash, yangi xizmat aloqalarini kengaytirish bilan 
bog‘liq bo‘ladi.
5. Kimyo sanoatidagi investitsiya loyihalari sanoatdagi raqobatbardosh yangi mahsulotlarni 
ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
6. O‘rmon kompleksidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yog‘ochni qayta 
ishlovchi korxonalarni yangi texnologiyalar bilan ta‘minlash hisobiga ularning ish unumini oshirish, 
o‘rmon xo‘jaligining ishlab chiqarish tarmog‘ini takomillashtirish va ekologiyaga ta‘sir etuvchi 
chiqindilarni pasaytirishdan iborat. 
7. Ekologiya tarmog‘idagi loyihalar sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining hozirgi va 
keyingi faoliyatlarini, ularning mulk shakllarini hisobga olgan holda, me‘yor va qoidalar asosida 
ekologik vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling