Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ichki 
jamg‘armalar darajasidan ko‘proq miqdorda kapital jamg‘arish, to‘lov balansini qo‘llab-quvvatlash 
va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi 
mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar alohida korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish va 
kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini 
takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib 
beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita ta‘sir ko‘rsatish orqali ichki bozorni 
rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tarkibiga:
– ishlab chiqarish (asosiy va aylanma) fondlari, ularni kengaytirish, qayta qurish va qayta 
qurollantirishga qo‘yiladigan iqtisodiy resurslar;
– ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma xarajatlari (bino va inshootlar, uy-joylar);
– pul qiymatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar (qimmatli qog‘ozlar, patentlar, texnik va 


O‘QUV MATERIALLARI 
18 
texnologik yangiliklar, loyihalar va boshqa intellektual mulk obyektlari)ni kiradi.
Real investitsiyalar qo‘yidagi elementlardan iborat:
– asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar;
– yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar;
– nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalari)ga investitsiyalar;
– moddiy aylanma mablag‘lari zaxiralarini to‘ldirish xarajatlari.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalashda 
investorlarning 
bevosita 
o‘zlari 
investitsiya 
qo‘yilmalarini u yoki bu investitsiya obyektlariga kiritadilar. Bu faoliyatni investitsiyalanayotgan 
obyekt haqida chuqur ma‘lumotga ega bo‘lgan va investitsiyalash mexanizmlarini bilgan 
ixtisoslashgan investorlar amalga oshiradilar. 
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiya-larning ahamiyati yuqorligi ularni 
keng ko‘lamda jalb etishga, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan talabni 
oshiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad shartnoma 
ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo‘lishga, boshqarish tajribasini egallashga, 
sotish bozorlarini o‘rganishga, tashkiliy bilimlarni egallash va boshqalarni o‘zlashtirishga qaratiladi. 
Bunda eng muhimi jahon bozoriga o‘z mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi 
bo‘lishdir. 
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, milliy iqtisodiyotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish 
va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral 
resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur‘atlari, iqtisodiy 
barqarorlik omillari bilan bog‘likdir. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xorij kapitalining uzoq muddatga joylashtirilishini, 
investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsiyadorlik kapitaliga to‘la ega bo‘lishi yoki 
kamida 10 foizi xo‘jalik faoliyatining ta‘sirchan nazorat qilinishini ta‘minlashini anglatadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar: 
– investorga investitsiya kiritilayotgan obyekt ustidan nazorat qilish huquqini beruvchi ishlab 
chiqarishga sarflangan uzoq muddatli xorijiy qo‘yilmalarni; 
– pirovard maqsadi foyda ko‘rinishida daromad olishga qaratilgan tadbirkorlik kapitalining 
ustuvor shaklini; 
– xususiy kapitalga asoslangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni; 
– xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan obyekt ustidan to‘liq egalik qilishini; 
– xorijiy investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan obyekt ustav kapitalining 10 %dan 
kam bo‘lmagan qismi ustidan nazorat o‘rnatishini; 
– xorijiy investorning investitsiya kiritayotgan obyektlarni boshqarishda samarali 
qatnashishini; 
– mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatish hamda korxona ustidan nazorat xuquqini 
qo‘lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakatini qamrab oladi va 
namoyon etadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning O‘zbekistonga kirib kelishi qisqa vaqt ichida 
mulkchilikning turli shakllari tashkil topishiga ko‘maklashdi, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurish, 
nufuzli tarmoqlarning barpo etilishini ta‘minladi. Eng muhimi, iqtisodiyotning baynalmilallashuvini 
va xalqaro bozorga o‘z mahsulotlarini olib chiqishini va u erda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta‘minladi. 
Buning oqibatida eksport hajmi va salohiyati o‘sishi va respublikamizning to‘lov balansining tobora 
ijobiylashib borishiga erishildi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirishga qulay sharoitlar yaratishda, 
birinchi navbatda, kapitalning mamlakatlararo ayirboshlanishidan, qo‘shimcha aniq va noaniq 
risklarga duch kelish ehtimollaridan va kapital oqimining vaqtli qiymati kontseptsiyasidan kelib 
chiqqan holda ish yuritish kerak. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida jami 
qo‘shimcha risklar orasida valyuta riski ajralib turadi. Hukumat kafolati bilan olinadigan kreditlar 
va qarzlar rolini hisobga olgan holda investitsiya muhitini va investitsiya faoliyatini davlat 


O‘QUV MATERIALLARI 
19 
tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida keskin chora-tadbirlar ko‘rilishi 
talab etiladi, unga mintaqalar iqtisodiyotining ustuvor sohalarida soliq imtiyozlaridan foydalanish 
bilan erishish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga keng jalb etish 
bilan ekologik toza va ilg‘or texnologiyalar, eng yangi texnika va uskuna-jihozlarni joriy qilish, 
mehnatni oqilona tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini jadal 
rivojlantirishga erishish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ularni jalb 
qilish va foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan uzoq muddatli hududiy, maqsadli dasturlarga muvofiq 
tashkil etish zarur. Bunday dasturlarda ustuvor sohalar, ilmtalab va kapitaltalab tarmoqlar 
belgilanib, ularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ishtirokchilarining huquq 
va majburiyatlarini aniq belgilash bilan bog‘liq tadbirlar nazarda tutilishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi respublikamizda xususiylashtirish 
jarayonlarini tashkil etish bosqichlari bilan bog‘liq bo‘ldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarning oqimlari, eng avvalo, O‘zbekiston iqtisodiyotida qo‘shma korxonalarning barpo 
etilishiga asos soldi hamda xorijiy va qo‘shma korxonalari barpo etilishiga zamin yaratdi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kapital qabul qiluvchi mintaqa iqtisodiyotida bevosita 
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga safarbar etiladi. Ushbu investitsiyalar mavjud bo‘lgan 
korxona yoki boshqa xo‘jalik yuritish subyektlarining aktsiyalari nazorat paketini xarid etish yoki 
o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yo‘llari bilan safarbar etiladi. O‘zga iqtisodiyotga 
kirib kelish shaklidan qat‘iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘z egalariga investitsiya 
obyektlarini boshqarishda samarali ishtirok etish, o‘z mamlakatlari tashqarisida bo‘lgan va 
kapitallari safarbar etilgan korxona va firmalar ustidan nazorat o‘rnatish kabi imkoniyatlarni yaratib 
beradi. 
Kapital jalb qiluvchi mamlakatlarning ishlab chiqarish sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarning kiritilishi va uning o‘sib borishi, bu davlatlarning iqtisodiy qoloqlikdan tezroq 
qutulishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini 
anglatib, bunda investor investitsiyalash obyektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish 
va moliyalashtirish manbalarini bevosita o‘zi aniqlaydi. Bilvosita investitsiyalash investitsiya yoki 
moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir (masalan, qimmatli qog‘ozlar xarid qilish).
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalashda kapital faoliyat yuritayotgan korxonalarni texnik qayta 
qurollantirish, ta‘mirlash va yangi korxonalarni barpo etishga yo‘naltiriladi. Bu holatda korxona-
investor mablag‘ qo‘yayotganda o‘zining ishlab chiqarish kapitalini ko‘paytiradi, ya‘ni asosiy 
ishlab chiqarish fondlarini va uning amal qilishi uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larini oshirib 
boradi. Asosiy fondlar va aylanma mablag‘larga investorlar tomonidan qo‘yiladigan barcha turdagi 
boyliklar real investitsiya deb tushuniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar orqali ishlab chiqarish 
korxonalari quriladi, harakatdagi korxonalar texnik qayta qurollantiriladi va umuman, asosiy 
fondlar takror ishlab chiqariladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling