Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


-jadval  O‟zbekiston Respublikasida investitsiyalarni tartibga solish va jalb etish bilan


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular

3.1-jadval 
O‟zbekiston Respublikasida investitsiyalarni tartibga solish va jalb etish bilan 
shug‟ullanadigan rasmiy muassasalar 
 
Vazirlar Mahkamasining 
Investitsiyalar, innovatsion 
rivojlantirish, erkin iqtisodiy 
va kichik sanoat zonalari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish, turizm 
masalalari kompleksi 
Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi: 
-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el investitsiyalari 
bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish; 
-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil 
etish. 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi 
O‘zbekiston Respublikasi Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan 
loyihalar samaradorligini ko‘rib chiqadi. Investitsiya loyiha 
ekspertizasini o‘tkazadi. 
Investitsiyalar va tashqi 
savdo vazirligi 
-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari 
to‘g‘risida ma‘lumotlar bankini shakllantirish; 
-investitsiya muhitini o‘rganish; 
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatish; 
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij 
investorlariga yordam ko‘rsatish; 


O‘QUV MATERIALLARI 
23 
-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya 
loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring); 
-xorijiy investorlarga davlat ro‘yxatidan o‘tilganidan keyin yuridik 
shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishida yordam berish (tovar ishlab 
chiqaruvchilar palatasi bilan hamkorlikda). 
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya 
vazirligi va boshqa tegishli 
vazirliklar
Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish 
O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat raqobat Qo‘mitasi 
Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish 
jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish. 
Moliya Vazirligi 
Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish. 
Adliya Vazirligi 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatga olish. 
Tashqi ishlar vazirligi 
Xorijiy investorlarga va O‘zbekistonda ishlayotgan ajnabiy 
fuqarolarga vizalar berish. 
Ichki ishlar vazirligi 
Xorijiy investorlarni va O‘zbekistonda ishlayotgan ajnabiy 
fuqarolarni turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish. 
Davlat soliq qo‘mitasi 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish 
va ularning bojxona bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish 
Markaziy bank 
Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning o‘tkazilishini, 
valyuta mablag‘laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy bank 
Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati ko‘rsatish va loyihani 
moliyalashni amalga oshirish. 
O‘zbekinvest eksport-import 
milliy sug‘urta kompaniyasi 
Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan 
sug‘urtalash 
Davlat mulki qo‘mitasi 
huzuridagi qimmatli 
qog‘ozlar bozori faoliyatini 
muvofiqlashtirish va nazorat 
qilish markazi
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat 
qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga 
oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli 
qog‘ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga 
oshirish. 
Ushbu tizim subyektlari alohida holda faoliyat yurita olmasliklarini jadval ma‘lumotlaridan 
ko‘rishimiz mumkin. Ular bir-birining faoliyatini to‘ldirgan holda investitsion faoliyatni samarali 
muvofiqlashtirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari, birinchi navbatda, 
barcha xo‘jalik yuritish bosqichlarida jamg‘armalar o‘sishi sur‘atlarini rag‘batlantirish va iste‘mol 
darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunga, bizning nazarimizda, iqtisodiyotdagi 
yuridik va jismoniy shaxslardan, chet ellik investorlardan undiriladigan soliqlarni tartibga 
soluvchilik funktsiyasini amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Investitsiya faoliyatini 
taribga solish tizimi doirasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi funktsiyalarini kuchaytirish 
investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalari oqimini kengaytirish maqsadida, chet ellik investorlarni 
ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirgunlariga qadar barcha ko‘rinishdagi bojxona to‘lovlari, 
soliqlar, yig‘imlardan ozod qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni kiritishda imtiyozli soliqqa tortish tartibini alohida qo‘llagan holda ular ishlab 
chiqarish quvvatlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin amalga oshirish ma‘qul bo‘lar edi. 
Investtsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etishda 
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifasi – ularning maqbul 
nisbatlarini muvofiqlashtirish, hammasiga teng huquqiy sharoitlar va hayotda amalga oshirish 
uchun kafolatlar yaratib berishdan iboratdir.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling